Islohotlarning falsafiy asoslari

Islohotlarning falsafiy asoslari

O'quvchilarga / Falsafa
Islohotlarning falsafiy asoslari - rasmi

Material tavsifi

Islohotlarning falsafiy asoslari O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar quyidagi falsafiy asoslarga tayanadi: a) milliy ma'naviyat va ijodiy tafakkur - jamiyat ijtimoiy yangilanishining bosh omillari. Mustaqil O'zbekistonning ijtimoiy rivoji ehtiyojlari jamiyatda milliy ma'naviyatni, mamlakatning har bir fuqarosida ijodiy fikr qila olish qobiliyatini shakllantirish vazifasini kun tartibiga qo'ydi. Malumki, sho'rolar tuzumi davrida jamiyat hayotining muhim tamoyili deb etirof etilgan, xalqlar do'stligi atalmish, aslida soxta baynalmilalchilikdan nariga o'tmagan aqida milliy ma'naviyatni, uning ijobiyligini inkor etardi. ma'naviyatga esa, qo'pol moddiyunchilik falsafasi nuqtai nazaridan kelib chiqilib, ikkilamchi, yani amaliy jihatdan ikkinchi darajali hodisa, deb qaraldi. Endilikda bunday qusurlarga barham berilmoqda. Chunonchi, mustaqil O'zbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy rivoji ma'naviyat, uning milliyligi bilan uzviy bog'liqlikda tasavvur qilinmoqda. Shuni alohida qayd etish lozimki, agar istibdodiy tuzum davrida ma'naviyat moddiy, iqtisodiy rivojlanishning hosilasi, natijasi, deb qaralgan bo'lsa, bugunga kelib, biz, ma'naviyatni iqtisodiy ravnaqning nafaqat hosilasi, balki, uning dastlabki sharti sifatida ham idrok etmoqdamiz. Zero, biron-bir binoni qurmoqchi bo'lgan kishi, avvalambor, uning loyihasini (g'oyasini) pishirib oladi. Oddiy kulba qurishga imkoniyati bor oqil kishi, hech qachon, kosxona quraman, deb chiranmaydi. Bundan tashqari, ma'naviy imkoniyatlar darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, amalga oshirilajak ishlarning ko'lami shunchalik keng va ularning samarasi ham yuksak bo'ladi. ma'naviyat «daraxti» qanchalik chuqur «ildiz» otgan bo'lsa, mazkur daraxt shunchalik baquvvat va, demakki, «serhosil» bo'ladi. Axir, hayotimizdagi ko'plab g'am-g'ussalar, kelishmovchiliklar, salbiy illatlar, riyokorliklar, umuminsoniy axloq me'yorlarining buzilishi va hoka'zolarning tubida ayni dunyoqarashimizdagi qusurlarning ham yotganligini ko'rmaslik mumkin emas. Shu boisdan ham, mamlakatimiz yo'lboshchisi, istiqlolga erishgan dast-labki kunlardayoq, ko'zlanayotgan oliyjanob ezgu niyatlarga erishishimizning asosiy sharti - Vatanimiz fuqarolari dunyoqarashini tubdan o'zgartirishda, uni mutelik, boqimandalik kayfiyatlari kabi nuqsonlardan holi etishda ekanligini alohida takidladi. Zero, «Bozor munosabatlariga o'tishning o'z yo'lini tanlab olish aholining tafakkur va milliy-tarixiy turmush tarzini, xalq an'analari va urf-odatlarini har tomonlama etiborga olishga hal qiluvchi darajada bog'liqdir». Ko'rinib turganidek, inson hayotini unga munosib tarzda tashkil etish hal qiluvchi darajada ma'naviyatga, uning salohiyatiga bog'liq. Yuqorida keltirilgan fikrlar ma'naviyatning insonga suvdek, havodek zarurligini hamda madaniyatning milliy o'ziga xosligini tiklashga alohida etibor berilishi lozim ekanini ko'rsatadi. ma'naviyat, ayni paytda, turli xalqlar va mamlakatlar kishilarini qon qardosh qiladi. Ona diyorimiz - mustaqil O'zbekistonda qad ko'tarayotgan fuqarolik jamiyati va demokratik huquqiy davlat muhtasham binosini barpo etishga qaratilgan taqdirshumul islohotlar, jumladan, ularning muhim omili - mamlakat fuqarolari ongi, dunyoqarashidagi o'zgarishlar falsafasi davlatimiz rahbari I.A.Karimovning asarlari, ma'ruzalari, nutqlari va boshqa chiqishlarida izchil bayon etilgan. Ularning ham ibtidosi, ham intihosini ayni milliy ma'naviyat, ijodiy tafakkur masalalari tashkil etgan. Mazkur masalalarni biz uchun o'ta dolzarb muammolarga aylantirgan yana bir holat bor. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.54 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:08 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.54 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga