Islom - markaziy osiyoda

Islom - markaziy osiyoda

O'quvchilarga / Falsafa
Islom - markaziy osiyoda - rasmi

Material tavsifi

Islom - markaziy osiyoda Markaziy Osiyo o'zining geografik va geosiyosiy o'rni nuqtai nazaridan turli hamkorlik aloqalari tizimi kesishgan hududda joylashgan. U Kaspiy dengiz, Orol-Irtish suv havzalaridan to hozirgi Pokiston va Hindistongacha bo'lgan katta hududni egallagan mintaqada joylashgan bo'lib, tarixiy ildizi uzoq o'tmishga borib taqaladi. Ushbu o'lka xalqlari haqidagi yozma ma'lumotlar Yunon manbalari va miloddan avvalgi VI-IV asrlarga oid qadimgi Eron va Turk yozuvlarida uchraydi. Keyinroq yozilgan turli manbalarda esa mintaqa xilma-xil millat va dinlar markazi sifatida qayd etilgan. (6) Markaziy Osiyo xalqlari orasida qadimdan turli: buddaviylik, zardushtiylik, nasroniylik, moniylik kabi diniy ta'limot va qarashlar mavjud bo'lgan. Islom dinining Markaziy Osiyoga tarqalishi bevosita musulmonlarning ushbu hududlarga kirib kelishi bilan bog'liq. 643-644 yillardan boshlab dastavval Xurosondagi Nishopur, Obinahyor, Tus, Jom, Obvard va boshqa katta-kichik shaharlar zabt etilgan. Xuroson noibi Ubaydulloh ibn Ziyod boshchiligidagi qo'shin xalifa Muoviya raziyallohu anhuning farmoni bilan Buxoroga yurish qilib, Poykand va Romitanni egallaydi. Ammo Markaziy Osiyoning uzil-kesil zabt etilishi arab qo'mondoni Abu Hafs Qutayba ibn Muslim al-Bohiliy (660-715) tomonidan amalga oshirilgan. Qutayba ibn Muslim Iroq voliysi Hajjoj ibn Yusuf tomonidan Xuroson noibi etib tayinlangan edi, chunki umaviy xalifalar davrida Xuroson yerlari Iroq voliylari vositasida boshqarilardi. U 706-707 yillarda Jayhun daryosidan kechib o'tadi. 714 yil Qutayba Turkiy xoqonlikdan harbiy yordam kelishini kesib qo'yish maqsadida Shosh vohasiga qaytadi. O'sha yili asosiy yo'ldagi Isfijob (Sayram)ni egallaydi. 715 yil boshida esa Farg'ona podshosi o'z davlatini tashlab ketishga majbur bo'ladi. U o'sha yili Qashqargacha bo'lgan hududni zabt etadi. Mintaqada yangi siyosiy kuchning paydo bo'lishi oqibatida Markaziy Osiyo hududi ikkiga bo'lindi: birinchisi - Movarounnahr (Daryo orti) va ikkinchisi - Arodi at-turk (Turk, yani arablarga bo'ysunmagan hukmdorlar yerlari). Har ikkala hududda islomlashuv jarayonlari turlicha kechgan. (7) Shu o'rinda bir mulohaza: Sho'rolar davri nashrlarida islom dini mintaqaga Qutayba ibn Muslim va uning askarlari tomonidan 705-715 yillarda yoyilganligi, ungacha bu yerda musulmonchilik bo'lmaganligi kabi fikrlar qayd etiladi. Bu bir yoqlama yondashuvdir. Zero, qisqa o'n yil ichida bunday katta hududda yashovchi aholi orasida butunlay yangi ta'limotni yoyish mumkin emasligi shubhasizdir. Inchunin, insonning ruhi, ongi va qalbi bilan bog'liq diniy ta'limotning turli dunyoqarash hamda e'tiqodga ega omma orasida yoyilishi uzoq davom etadigan jarayondir. Manbalarda keltirilishicha, Qutayba ibn Muslimdan 70 yil avval chamasi sahoba Sad ibn Abu Vaqqos bu hududda islom diniga dastlabki davatiy faoliyatni olib borgan. U va uning safdoshlari targ'ibiy va tashviqiy faoliyatining samarasi o'laroq Shosh, Sayram, Forob kabi qator shahar va qishloqlar aholisi ixtiyoriy ravishda islomni qabul qilgan. Mashhur tasavvuf peshvosi hazrat Ahmad Yassaviy o'z Hikmatida Sad ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.18 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:08 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.18 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga