Islom axloqiy qadriyatlarning jamiyat taraqqiyotidagi o'rni. Islom axloqiy qadriyatlarning mohiyati hamda jamiyat hayotidagi o'rni. Har qanday jamiyat rivojlanish va taraqqiyot yo'lini tanlar ekan, o'z oldiga muayyan maqsadlar va vazifalarni qo'yadi. Zero, bu maqsad va vazifalar jamiyat, xalq, millat taraqqiyoti madaniy, ma'naviy, ta'limiy, tarbiyaviy va g'oyaviy jarayonlar uzviyligi asosida amalga oshishi o'z-o'zidan ayon haqiqatdir. Sog'lom avlodni tarbiyalash, erkin fuqaro, ozod insonni voyaga yetkazish ham ana shu vazifalar sirasiga kirib, bu masalani echmay turib, O'zbekistonnig buyuk kelajagini qurish mushkuldir. Zotan, har bir shaxs jamiyat ijtimoiy-siyosiy jarayonlarini o'zida uyg'unlashtiruvchi kuch sifatida, ma'naviy boy o'tmish merosdan ozuqa olib, buyuk kelajakka shaxdam qadamlar bilan borishi lozim. Bu jarayonda esa har bir jamiyat azosining oldida bir qancha vazifalar turadi. Ana shunday hayotiy zaruratga aylangan vazifalardan biri-xalqimizning boy tarixiy va madaniy merosini o'rganish, islom axloqiy qadriyatlarni tiklash, uning ijobiy tomonlarini hozirgi kunimiz hayotiga tadbiq qilish, undan unumli foydalana bilishimiz zaruratidir. Shuningdek, xalqimiz, ayniqsa yoshlarimiz ongi va qalbida «Biz kimning avlodlarimiz?», «Biz o'zimizning buyuk ajdodlarimizga loyiq hayot kechiryapmizmi?» kabi savollarga to'g'ri, mos javob berishi orqali ularni buyuk kelajak quruvchilariga aylantirishimiz kerak. Boy tariximiz qaridan bizlarga haligacha yo'lchi yulduz, mayoq vazifasini o'tayotgan ajdodlarimiz merosiga yana takror va takror murojaat etish, ularni ijodida kuylangan yuksak insoniy fazilatlarni egallashga o'rganishimiz kerak. Bu jarayonda esa xalqimizning umuminsoniy axloqiy qadriyatlarga to'la mos keladigan islom axloqiy qadriyatlarimiz asosida tarbiyalash jarayonini yanada yaxshilanishiga olib keladi. Istiqlol xalqimizga so'z va fikr erkinligi bilan bir qatorda ilgari ishlatilib kelgan ko'pgina islom axloqiy tushunchalarni hayotimizga qaytardi. Endilikda «axloqiy qadriyatlar», «mustaqillik», «islom axloqiy iftixor», «islom axloqiy g'urur» kabi ko'plab tushunchalar o'zining asl mazmuniga ega bo'lib bormoqda. Shuni alohida takidlash kerakki, bunday atamalarni qayta tiklanishi va ilmiy jamoatchilik va keng xalq ommasi orasida tez ommalashib ketishi, teran ildiz otishida Prezidentimiz I.A. Karimovning xizmatlari beqiyosdir. Uning asarlari va nutqlarida mustaqillik tufayli hayotimizning barcha jabhalarida ro'y berayotgan tub o'zgarishlar, jumladan, islom axloqiy qadriyatlarimiz, madaniyatimiz, urf-odat va an'analarimizning tiklanishi, islom axloqiy g'urur, islom axloqiy o'zligimizning anglashimizning tobora yuksalayotganligini faxr va iftixor bilan qayd qilinib kelmoqda. «Xalqimiz sarchashmalarining ko'zlari qaytadan ochilganligi, jahon madaniyati yutuqlariga zo'r hissa qo'shgan buyuk ajdodlarimizning madaniy va ma'naviy merosi nihoyatda teranligi va chuqurligi anglab olinganligi, har bir avlodning o'z o'tmishiga, olijanob islom axloqiy va diniy an'analariga hurmat bilan qarash, ularni asrab-avaylash ruhida tarbiyalanayotganligi, ayni choqda hozirgi zamon jahon sivilizatsiyasi va ularga oshno bo'lish zarurligi ravshan anglab etilganligi-mana shularning hammasi hayotbahsh bir zamindirki, bizning yangilanish va xalqimizning islom axloqiy o'zligini anglashini oshirish, aholining siyosiy yetukligi va faolligini kuchaytirish borasidagi siyosatimiz mana ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 05:50:57
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
33.65 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:08
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Mar 2024 [ 05:50 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
33.65 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:08 ]
Arxiv ichida: docx