Islom dini g'oyaviy tag'ibot vositasi sifatida. Tarixiy manbalarda ajdodlarimizning bitmas-tuganmas ma'naviy merosi va tarixiy an'analari asrlar davomida saqlab kelinganligi o'z ifodasini topgan. Qadriyatlar xalqimizning o'zligini anglab etishda, milliy g'ururini shakllanishida beqiyos xizmat qilishi mustaqil davlatimiz fuqarolarining ruhiy jihatdan istiqlol va istiqbol uchun fidoiylikka etaklashining sharti va kafolatidir. O'tmish merosni, islom dinini bilish hamda e'zozlash, ularni kelajak avlodlarga to'la-to'kis holda yetkazish maqsadga muvofiqdir. O'tmish qadriyatlariga, an'analariga va turmush tarziga befarq qaramaslik lozim. Chunki ma'naviy qadriyatlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlar kabi komil inson shakllanishining muhim omillaridan biridir. Buyuk mutafakkirlarimiz qaysi zamonda yashamasin, qaysi tilda asar yaratmasin, o'z elini, uning qadriyatlari, urf-odatlarini unutmaganlar, doimo millatni, milliy o'zlikni ulug'laganlarini yuqoridagi bobda ko'rib o'tdik.Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Mansur Moturudiy, Burhoniddin Marg'inoniy, Xoja Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Bahouddin NAQSHband, Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Bobur kabi buyuklar el-yurtimiz tarixini, madaniyatini, san'atini, qadriyatlarini, urf-odatlarini o'rganish va ularni keyingi avlodga yetkazish uchun qalam tebratganlar. Markaziy Osiyo, jumladan, O'zbekiston qadim-qadimdan hunarmandchiligi, pazandaligi, dehqonchiligi, ilm-fani, san'ati va islom dinii bilan olamga mashhurdir. Bolajonlik, mehmondo'stlik, odamgarchilik, ota-onaga hurmat, oilaviy birdamlik, oqibatlilik, qanoatlilik, muruvvatlilik xalqimizga xos odatlardir. Bu urf-odatlar, qadriyatlar xalqimizning qator insoniy fazilatlarida mujassamdir. Kishilarning o'z xalqi urf-odatlari va an'analariga amal qilmasliklari xalq qadriyatlarini bilmaslikka, ularning qadrsizlanishiga olib keladi. Qadriyatlarda milliy ruh, ma'naviyat, qadr-qimmat kabi insoniy fazilatlar o'z ifodasini topadi. O'z qadr-qimmatini bilish kishini xudbinlikdan asraydi, o'zini boshqalar tomonidan kamsitilishiga yo'l quymaydi, u faqat yaxshilik qilishni o'ylaydi. Bugungi kunda yoshlardagi umuminsoniy va milliy-axloqiy qadriyatlarga bo'lgan etiborini yanada yuksaltirish yuzasidan olib borilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish faoliyatimizning ustuvor yo'nalishlaridan birini tashkil etmoqda. Bu bejiz emas albatta, demokratik fuqarolik jamiyatini umuminsoniy va islom diniga bo'lgan etiborini yuksaltirmasdan turib qurib bo'lmaydi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov bu haqida shunday deydilar; «Biron-bir jamiyat ma'naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma'naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o'z istiqbolini tasavvur eta olmaydi»1. Mustaqillik tufayli yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalash shaxsning milliyligiga bevosita aloqador bo'lgan fazilatlarni singdirish tamoyilidan kelib chiqib belgilandi. Merosimiz durdonalaridan kelajak avlod tarbiyasida foydalanish, ularni yoshlar hayotiga tadbiq qilish orqali bolalarda davr talabi asosida axloqiy, estetik, mehnat va jismoniy fazilatlarini takomillashtirish mumkin. ma'ruza va amaliy darslarda, odob saboqlarida, sinfdan tashqari tadbirlarda, tarbiyaviy soat va muloqot dars mashg'ulotlarida, ma'naviyat kunlarini rejalashtirganda ma'naviy qadriyatlarimizdan foydalanish orqali yoshlar o'qishini, tafakkurini, bilim olishga qiziqishini rivojlantirish, ularda o'tmish milliy merosimiz, islom diniimizga chuqur hurmat hissini uyg'otish mumkin. Milliy mustaqillik davrida biz yoshlarimizga saboq berar ekanmiz, ularni o'zligini anglashga o'rgatar ekanmiz, merosimiz, qadriyatlarimiz, mutafakkirlarimizning odob-axloq to'g'risidagi ta'limotlaridan ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 05:50:57
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.91 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:08
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Mar 2024 [ 05:50 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.91 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:08 ]
Arxiv ichida: docx