Islomda vatanga muhabbat Vatan mehri tushunchasi. Vatan mehri avvalo, insonning o'z oilasi, uyi, mahallasi hamda tug'ilib o'sgan yurtiga mehr-muhabbatidir. Vatanga muhabbat yuksak insoniy fazilatlardan ekani ko'p zikr etiladi. Bu haqda: Vatanni sevmoq imondandir deyilgan hikmatni esga olish kifoya. Vatanni sevish insonga xos tabiiy tuyg'u bo'lgani uchun islom uni imonning bir bo'lagi deb qaraydi. Mashhur sahobalardan Bilol raziyallohu anhu Madinaga hijrat qilib, o'zlarining aziz va muqaddas diyorlarini eslab sherlar o'qirdi. Bu ham, albatta, har bir insonning qalbida Vataniga, tug'ilib o'sgan diyoriga muhabbatli bo'lishi tabiiy ekanini anglatadi. Islomda Vatanga muhabbat. Islom - insonparvar din. U barcha insoniy tuyg'u va qadriyatlarni ulug'laydi va kishilarni shunga o'rgatadi. Mana shunday tuyg'ulardan biri mehr-oqibat, sog'inch va muhabbatdir. Ular, avvalo, ota-ona, aka-uka, yor-birodarlar bilan bog'liq. Boshqacha aytganda, ularning barchasi inson tug'ilib o'sgan uyi, mahallasi, qishlog'i, bir so'z bilan aytganda Vatan degan tushunchada mujassamlashgan. Vatan atamasi aslida arabcha so'z bo'lib, ona yurt manosini anglatadi. U keng manoda biror xalq vakillari jamuljam yashab turgan, ularning ajdodlari azal-azaldan istiqomat qilgan hududni anglatadi. Tor manoda kishi tug'ilib o'sgan uy, mahalla, qishloq nazarda tutiladi. Ibn Xaldun Vatan - bu insonning tug'ilib o'sgan yeri, uning go'daklik chg'gidanok, mehr qo'ygan o'chog'idir, - deb ta'rif bergan. Bir insonni o'z Vatanidan badarg'a qilish, majburlab chiqarib yuborish og'ir gunohligi muqaddas kitoblarda (15) takidlanadi. Jumladan; Quroni karimda: Eslang, sizlardan Bir-birlaringizning qoningizni to'kmaysiz, o'zlaringizni (bir-biringizni) yurtingizdan badarg'a qilmaysiz, - degan ahdingizni olgan edik, - deyiladi (Baqara, 84). Ko'rinadiki, Vatandan badarg'a qilish qatl qilishdan keyingi eng og'ir gunohlardan ekan. Payg'ambar Muhammad alayhissalom Makkadan Madinaga hijrat qila turib, Makka chegarasiga etganlarida orqalariga qarab: Ey, tug'ilgan ona yurtim, agar o'z qavmim meni majbur qilmaganida, seni tark etmas edim, - deya noilojlikdan ko'chib ketayotganlarini izhor qilganlar. Imom Buxoriy al-Jomi as-Sahih to'plamida keltirilgan bir hadisda shunday deyiladi: Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaga kelganlarida Abu Bakr bilan Bilol isitmalab qolishdi. Men ularning huzuriga kirib: Ey, padari buzrukvor (yani Abu Bakr), ey Bilol, o'zingizni qanday his qilmoqdasizlar?, - deb so'radim. Abu Bakr isitma zo'riqqanda: Uyimda bo'lsaydim jon chiqar mahal, Poyabzal ipidin yaqindir ajal, - der, Bilol esa isitma biroz pasayganda, yig'lab: Taqdirim ne erur, bilmasman, e voh, Boshimga ajaldan kelurmu sipoh? Bir kecha bo'lsa ham, ona vodiyim, Qo'ynida yotsaydim, mehribon Alloh! Qonib ichsam erdim, shaffof suvlarin, Qaniydi, tashlasam, unga bir nigoh! - der edilar. Men bu haqda janob Rasululloh sallallohu alayhi va(16)sallamning oldilariga borib aytganimda, U zot: Yo Alloh! Bizga Madinani Makka singari yoqimli, undan ham ortiqroq mazfub etgil! Yo ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 05:50:57
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.24 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:08
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Mar 2024 [ 05:50 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.24 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:08 ]
Arxiv ichida: docx