Islom moziyda va bugun

Islom moziyda va bugun

O'quvchilarga / Falsafa
Islom moziyda va bugun - rasmi

Material tavsifi

Islom: moziyda va bugun Islom dini VII asr boshida Arabiston yarim orolining g'arbiy qismidagi Hijoz o'lkasida insonlarni baxt-saodatga etaklash uchun yuborilgan eng oxirgi samoviy ta'limotdir. Bu haqda Quroni karimda shunday xabar qilinadi: Bugun dinlaringizni takomiliga etkazdim. (4) Sizlarga islomni din bo'lishiga rozi bo'ldim (Oli Imron, 84). Alloh taolo insonlarning afzali bo'lmish Muhammad alayhissalomni Payg'ambar etib tanladi va O'zining kalomi - Quroni karimni U zotga nozil qildi. Muhammad alayhissalom insoniyatni yagona Allohga e'tiqod qilish, o'zaro samimiylik va ahllikda turmush kechirish hamda ezgu amallar qilishga chaqirdilar. Dastlab Makka, Madina va uning atrofiga yoyilgan islom ko'p o'tmay Shimoliy Xitoydan Ispaniyagacha, Kavkaz ortidan Hind okeanigacha bo'lgan ulkan hududda tarqaldi. Fath etilgan ushbu hududlarda barcha sohada o'zaro yaqinlashuv va tajriba almashinuvi yo'lga qo'yilib, rivojlanish sari qadam tashlandi. IX-XII asrlar tarixda islom gullab yashnagan davr deya qayd etilib, unda nafaqat ilm-fan rivoji, balki farovon hayot tarzi, barqarorlik, osoyishtalik, shuningdek, yuqori darajali madaniy shakllanish yuz berdi. Jahon tarixida bu davr Sharq Renessansi degan nom oldi. Bugungi kunda islom son jihatidan jahon dinlari o'rtasida ikkinchi o'rinni egallab, unga e'tiqod qiluvchilar kun sayin ortib bormoqda. XX asr boshida musulmonlar soni dunyo aholisining 12 foizini tashkil qilgan bo'lsa, XXI asr boshiga kelib 25 foizdan ortdi. Ayni paytda insoniyatning qariyb to'rtdan biri, taxminan 1,6 milliardi islom diniga e'tiqod qiladi. Bundan 60 foiz aholi Osiyoda (1 milliardga yaqin), 20 foizi Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada (300 milliondan ziyod) istiqomat qilmoqda. (5) Odatda, islom dini, uning ta'limoti yoki Muhammad sallallohu alayhi vasallamning yo'li deyilganda musulmon aholining deyarli 90 foizini tashkil etayotgan sunniylik nazarda tutiladi va bu, o'z navbatida, Ahli sunna yo'nalishini tashkil etuvchi hanafiy, shofeiy, molikiy, hanbaliy fiqhiy mazhablari hamda ashariy va moturidiy aqidaviy ta'limotlarini o'z ichiga oladi. Hozirda dunyo bo'ylab ko'plab xalqaro islomiy tashkilot, bank, oliygoh, ilmiy muassasa, akademiya, xayriya jamg'armalar faoliyat olib bormoqda. Jumladan, Islom Konferensiyasi tashkiloti (IKT), Islom Olami Robitasi (IOR), xalqaro islom axborot Agentligi, xalqaro fiqh akademiyasi kabilar dunyodagi eng nufuzli tashkilotlar sirasiga kiradi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.03 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:08 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.03 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga