Kishilik jamiyati tarixida va hozirgi davrda ma'naviy tahdidlarning namoyon bo'lish shakllari hamda xususiyatlari Hozirgi vaqtda mafkuraviy vositalar orqali o'z ta'sir doirasini kengaytirishga intilayotgan siyosiy kuchlar va harakatlar tobora keskinlashib bormoqda. Muayyan millat, jamiyat, davlatning tinchligi va barqarorligiga qarshi qaratilgan, siyosiy va konstitutsion tizimni zaiflashtirish va buzishga yo'naltirilgan, fuqaro va jamiyat xavfsizligiga tahdid soluvchi mafkuraviy tajovvuzlar keskinlashmoqda. Bunday tajovvuzga qo'l urayotgan yovuz kuchlar o'z jirkanch maqsadlariga erishish uchun har qanday usullardan, odamlarning diniy, milliy hissiyotlari, hayotda mavjud bo'lgan ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklaridan, shuningdek, zamonaviy texnika, telekommunikatsiya vositalaridan ustalik bilan foydalanishga harakat qiladilar. Bugungi kunda ularning aholining malum bir qatlamlari, ayniqsa, yoshlarning qalbi va ongini o'zlariga maqul bo'lgan g'oya bilan egallashlari yani buzg'unchi g'oyalar, diniy ekstremizm, axloqsizlik g'oyalarini singdirish kabi g'arazli maqsadlari xalqqa ayon bo'lib bormoqda. G'arazli maqsadlarga erishish uchun mafkuraviy kurashda eng avvalo bo'lib tashla va hukmoronlik qil, degan qadimiy tamoyilga amal qilinayotganini ham ko'rishimiz mumkin. Uni ro'yobga chiqarishning birinchi yo'li mamlakat ichida ijtimoiy parokandalikni keltirib chiqarishga uri nishdir. U jamiyat hayotining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy sohalarida o'ziga xos ko'rinishda namoyon bo'ladi. Bu tamoyil o'zining chuqur tarixiy ildiziga ega ekanligini ko'rishimiz mumkin. Miloddan oldingi IV asrda yashagan xitoylik faylasuf va harbiy qo'mondon Sunn Tszining kurashda g'olib bo'lish uchun: Siz raqib mamlakatdagi barcha yaxshi narsalarni buzing, ayniting; Raqib davlat rahbariyatini obro'sini to'king, qulay paytda ularning jamiyat oldida sharmandasini chiqaring. Bu ishda o'sha mamlakatdagi eng past, maraz odamlar bilan sheriklik qiling; Raqib mamlakat odamlari orasida kelishmovchmilik, janjal chiqaring; Yoshlarni keksalarga qarshi gij-gijlang; Hukumatni yaxshi ish yuritishiga har qanday yo'l bilan qarshilik ko'rsating; Dushmaningizning an'analarini qadrsizlantiring, xudolariga ishonchini sindiring», - degan fikrlari ham buni tasdiqlaydi. Ana shunday buzg'unchi va tajovvuzkor g'oyalar bugungi kunda oradan 2600 yil o'tib ham insoniyat oldidagi global muammo sifatida turibdi. Begona g'oyalarningn mamlakatga kirib kelishi va fuqarolar o'rtasida tarqalishi katta xavf, salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligini etiborga olib, Abu Nasr Forobiy o'zining Fozil odamlar shahri asarida qimmatli fikrlarni bildirib o'tgan: Jaholatdagi shaharlar, (aholisini) maqsadlarini ko'zlaydigan (obro'-izzatga, mol-dunyoga, boylikdan rohatlanishga intiladigan) odamlar esa alohida toifadir. Bunday odamlar fozillar shahrida hali maqsadlar bilan yashash taqiqlanganini ko'rib, u yerdagi (adolatli) qonunlarni buzishga, haqiqatga aloqador narsalardan uzoqlashishga, (bu qonun - qoidalar, tasavvurlarni) buzib aks ettirishga urinadilar. Ular bunga ikki yo'l bilan erishadilar: U yuqorida aytilgan bahsli o'rinlarni o'zlaricha taxmin qiladilar, ikkinchidan, soxta donolik va aldov yo'liga o'tadilar. Ular jaholat va tuban maqsadlariga erishuviga hech kim to'sqinlik qilmasligi uchun shunday yo'ldan boradilar. Bunday odamlarni fazilatli shaharlar jamoasiga qabul qilmaslik kerak. Farobiy fikridan axloqsizlik g'oyalarini targ'ib etish, ma'naviy ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 05:50:57
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
34.4 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Mar 2024 [ 05:50 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
34.4 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:09 ]
Arxiv ichida: docx