Vaqf mulklarining tugatilishi Sovet hukumati 20-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab vaqf mulklarini tugatishga doir siyosat olib bordi. Farg'ona oblastidagi vaqf yerlari 25434 desyatinani tashkil qilgan. Faktlar shundan dalolat beradiki, islohotga tayyorgarlik davridagi yerni hisobga olish ishlari natijasi haqidagi ma'lumotlar amaldagidan ancha kam bo'lgan. Masalan, dastavval hisobga olingan davlat, vaqf, egasiz, milliylashtirilgan yerlar 30572 desyatinani tashkil etgan. Farg'ona oblastida yer - suv islohotini o'tkazish natijasida davlat, vaqf va boshqa yerlar 239607 tanob yoki 400 desyatinaga yaqin yerlar, yersiz va kam yerli dehqonlarga bo'lib berish uchun tashkil qilingan davlat yer fondiga qo'shildi. Ko'rinib turibdiki, vaqf va davlat yerlari miqdori dastlabki yerlar hisobi natijasidan 10 ming desyatinaga ko'p bo'lgan. Buxoro Xalq Sovet Respublikasidagi yalpi daromad 1921 yildan 1924 yilgacha bo'lgan davrda 175.507 oltin rubl miqdorini tashkil qilgan. Ularning hisobidan sarf xarajatlar quyidagi tarzda amalga oshirilgan: - 380 nafar o'quvchisi bo'lgan 6 ta diniy madrasalar ta'minoti, xususan, Ko'kaldosh, Tursun-Dajak, Govkushon, Murg'ob, Devon-begi va Juy-Jarlarga va 15 ta mudarrisga maosh to'langan; - Mahkama-Shariya diniy boshqarma 8 ta shtat birligini saqlash uchun maosh ajratilgan; - Xo'ja Parso madrasasida ,Doril-Tajavot ning 38 o'quvchiga mo'ljallangan diniy maktabida, 1 mudarris, 1 texnik xizmatchi xizmat qilgan va u yerdagi o'quvchilarga vaqflar mablag'idan peshin va tushlik berilgan; -Ismani-Xo'ja madrasasidagi Doril-Gajizin Quronni o'rganayotgan 60 qorixonaga har biriga oyida 10 rubl miqdorida vaqflar hisobidan nafaqa berilib borgan; - 105 ta eski usul maktablarini qisman ta'minlash uchun ; - bo'lim apparatini ta'minlash uchun; - diniy vaqflar hisobidan nafaqalar berib borish uchun imomlarga-220 kishi, muazzinlikka- 231 kishi, xatiblarga- 97 kishi, qorilikka-700 kishi, mutavallilikka- 400 kishi, masnavaxonlikka -15 kishi, mudarrislikka-45 kishi tayinlangan. Bu shaxslarga bir oyda 900 rublgacha mablag' sarf qilingan; - 131 madrasaning binolarini qisman ta'mirlash uchun mablag'lar sarf etilgan. 1923 yilning boshidan BXSR Bosh vaqf boshqarmasi eski tarkibi almashtirilib, vaqflar masalasidagi ishlar ko'proq sovet tartibiga moslashtirila boshlandi. Vaqf mulklarni topish va ularni hisobga olish choralari ko'rildi, mulklarni ishlatishning tegishli tartibi o'rnatildi. Vaqflar haqida vaqtli Nizom va mulklarni ishlatish tartibi ishlab chiqildi. ma'rifiy ishlarga mablag'ning katta qismi ajratildi. Vaqf idoralari xodimlari-apparati 50 foizga qisqartirish amalga oshirilib, eng yaxshi xodimlarni tanlash yo'li bilan shaxsiy tarkib xodimlari sifatida ancha yaxshilandi. Respublika partiya tashkiloti yer-suv islohoti jarayonida vaqf erlarini davlat yer fondiga kiritish va kambag'al dehqonlarga bo'lib berishga qaror qilgan edi. Sovet organlari partiya tashkilotlari ko'rsatmalaridan kelib chiqqan holda islohotni amalga oshirdilar. 1923 yil 19-20 iyunda Turkiston ASSR Sovetlarining XI sezdi bo'lib o'tdi. Unda XKS va oblast ijroiya komitetlari qarorlarining ijrosi muhokama qilingan. Bu ishni amalga oshirishda Bosh vaqf ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 05:50:57
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
30.87 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:10
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Mar 2024 [ 05:50 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
30.87 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:10 ]
Arxiv ichida: docx