Yoshlar ma'naviyatini va ijtimoiy faolligini yuksaltirishda milliy qadriyatlar omili. Bugun yurtimizda tinchlik va barqarorlik hukm surayotganiga qaramay, bundan buyon ham mustaqillikni asrab-avaylash, himoya qilish va mustahkamlash ustivor maqsad bo'lib qolaveradi. Bu, bir tomondan, mustaqillik biz uchun, avvalo, o'z taqdirimizga o'zimiz egalik qilish huquqi, kelajagimizni o'z qo'limiz bilan barpo etish, yurtimiz boyliklaridan faqat xalqimiz va vatanimiz manfaati yo'lida foydalanish huquqini bergani O'zbekiston yoshlari ham ana shu oliy nematdan barhamand bo'layotgani bilan bog'liq bo'lsa, ikkinchidan, mustaqillik yillarida ana shu muqaddas qadriyat va milliy an'analarga tayangan holda yashash huquqini ham berdi. Uni saqlab qolish uchun mustaqillikni asrab-avaylash kerak bo'ladi. Malumki, mustaqillikgacha milliy o'zlikni anglashga bo'lgan tabiiy intilish johilona inkor etilar edi. Navro'z, Ramazon, Qurbon hayiti kabi muqaddas milliy bayramlar taqiqlangan edi. Amir temur, Imom Buxoriy , Imom Termiziy, Ahmad Farg'oniy, bahouddin NAQSHband, Hoja Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro kabi ajdodlarimizning, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho'lpon, Mahmudxo'ja Behbudiy kabi milliy- ozodlik harakati fidoiylarining nomlarini xalqimiz xotirasidan o'chirib tashlashga harakat qilinar edi. Bugun mustaqillik tufayli ularning nomlari, milliy- ma'naviy qadriyatlarimiz tiklanib, o'zligimizni chuqurroq anglab bormoqdamiz. Bugun yoshlar o'z milliy tarixini o'rganmoqda. Ona tili, madaniyat, urf- odat va an'analarining qayta tiklanib borayotgani ularni o'zligini anglashga shart- sharoit yaratib berayotgani ham muhim yutiqdir. Bugun yoshlar shunchaki milliy-ma'naviy qadriyatlarini o'rganib qolayotgani yo'q. Ular dunyo xalqlari erishgan yutuqlardan bahramand bo'lmoqda. Xorijiy davlatlarda o'qish, bilim olib, fan- texnika yutuqlari, ilg'or texnologiyalarni egallab jamiyatimiz ijtimoiy hayotiga joriy etish imkoniyatiga ega bo'lmoqdalar. Malumki, 2008 yilda mamlakatimizda 18yoshgacha bo'lgan yoshlar 10 million 360 ming nafarni yoki umumiy aholining taxminan 40 foizini, 30 yoshgacha bo'lganlar esa- 17 million 80 ming nafarni yoki 64 foizni tashkil etgan edi. O'z-o'zidan ayonki, aholimizning aksariyat qismini tashkil etadigan yoshlarimizning hali- beri echilmagan muammolariga etiborimizni jalb etish, ularni hayotimizda haqiqatdan ham hal qiluvchi kuchga aylantirish masalasi jamoatchiligimizning diqqat markazida turibdi. Zero, yurtboshimiz qayd qilganlaridek: Oldimizda nihoyatda muhim, kelajagimizni hal qiluvchi yangi vazifa turibdi. Bu fazifa erkin fuqarolik jamiyatining ma'naviyatni shakllantirishda, boshqacha aytganda, ozod, o'z haq-huquqiniyaxshi taniydigan, boqimandalikning o'zi uchun or deb biladigan, o'z kuchi va aqliga ishonib yashaydigan, ayni zamonda o'z shaxsiy manfaatlarini xalq, Vatan manfaatlari bilan uyg'un holda ko'radigan komil komil insonlarni tarbiyalashdan iborat . Malumki, tarbiya inson shaxsi ma'naviyatini, e'tiqodini, o'zini anglash, yon-atrofga bo'lgan munosabatini shakllantirishga qaratilgan jarayondir. Shunday ekan, ushbu jarayon mutanosibligini ta'minlashda ta'lim- tarbiya ishini uyg'un tarzda olib borish lozim bo'ladi. ta'lim orqali yoshlar haytida o'z o'rinlarini topishda malum bir kasb- hunarni o'rganish bilan birga, o'zlarini bo'lajak hayotga tayyorlab boradilar. Xalqning ma'naviyati va madaniyati, uning ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 05:50:57
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.35 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:10
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Mar 2024 [ 05:50 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.35 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:10 ]
Arxiv ichida: docx