Bolsheviklarning vaqf mulklarini cheklashga doir siyosati. Sovet hokimiyati yillarida vaqf mulklarining holati

Bolsheviklarning vaqf mulklarini cheklashga doir siyosati. Sovet hokimiyati yillarida vaqf mulklarining holati

O'quvchilarga / Falsafa
Bolsheviklarning vaqf mulklarini cheklashga doir siyosati. Sovet hokimiyati yillarida vaqf mulklarining holati - rasmi

Material tavsifi

Bolsheviklarning Vaqf Mulklarini Cheklashga Doir Siyosati. Sovet Hokimiyati Yillarida Vaqf Mulklarining Holati Sovet hokimiyatining dastlabki yillarida vaqf to'g'risida huquqiy hujjat qabul qilinmadi. Har qaysi idora vaqf mulkiga o'zi bilganicha ish tutdi, vaqf sohasida boshboshdoqlik boshlandi. Vaqflarni boshqarish vazifasi yuklangan Milliy ishlar bo'yicha xalq komissariati vaqf mulklarini musodara qilish yo'lini tutdi. Komissariat vaqflarni amalda boshqarmadi. Vaqf mulklar sovet idoralari tomonidan talon-taroj qilindi. 1920 yildan boshlab Turkistonning direktiv ko'rsatma beruvchi oliy organlari vaqf masalasi bilan yaqindan shug'ullandilar. 1920 yil 26 fevralda Turkiston Respublikasi Markaziy Ijroiya Komiteti qaroriga ko'ra vaqf Maorif halq komissarligi tasarrufiga berildi. Maorif halq komissarligi kollegiyasining 1920 yil 6 martdagi majlisida vaqf bo'limi tuzish masalasi muhokama qilindi. Kollegiya o'z qarori bilan vaqf bo'limi tashkil qildi, mudirlik vazifasini vaqtincha kollegiya azosi Munavvar Qori Abdurashidxonovga yukladi va unga vaqf bo'limi mudirligiga nomzod topish topshirildi. Munavvar Qori Abdurashidxonov tavsiyasi bilan Maorif halq komissariati qoshidagi vaqf bo'limi mudirligiga Bashirulla Xo'jaev tayinlandi. Maorif halq komissariati «Vaqflarni boshqarish to'g'risida muvaqqat Nizom» ishlab chiqdi. Muvaqqat nizomda vaqflarni boshqarish tartibi, qoidalari, yo'l-yo'riqlari bayon etilgan. Nizomda ko'rsatilishicha, vaqflarni idora qilish uchun Maorif halq komissariati qoshida Markaziy vaqf bo'limi tashkil qilinadi. Sirdaryo, Samarqand va Farg'ona viloyatlari halq maorif bo'limlari huzurida viloyat vaqf bo'limlarini tuzish ko'zda tutiladi. Viloyatlarning uezdlarida halq maorifi bo'limlari qoshida vaqf bo'linmalari tashkil qilinadi, deb muvaqqat nizomda ko'rsatilgan edi. Madrasa, masjid va boshqa diniy tashkilotlar vaqf mulklarini bevosita boshqarish ikki kishidan iborat kollegiya bilan birga mutavalliga yuklangan. Mutavallini saylash vaqf tashkilotining turar joyida mahalliy vaqf bo'linmasi vakili tomonidan vaqfnomaga asosan o'tkazilishi belgilangan. Har bir mutavalli inventar daftari tutib unga barcha vaqfnomalarni yozib qo'yishi va har bir vaqfnomada ko'rsatilgan vaqf mulklarini to'la sanab o'tishi shart edi. Vaqf mulklaridan tushgan mablag'ni musulmon aholisining madaniy - ma'rifiy va xayr-ehson ishlariga sarflanishi kerak edi. Turkiston Markaziy Ijroiya Komitetining 1920 yil 26 fevraldagi qarorida vaqf mulklari daromadidan qanday maqsadlarda foydalanish to'g'risida aniq ko'rsatma berilmagan edi. Turkiston hukumatining vaqfga tegishli keyin qabul qilingan qarorlarida bu masalaga ozroq bo'lsada aniqlik kiritdi. 1920 yil 14 apreldagi RKP (b) MK Turkiston o'lka komitetining yer masalasi bo'yicha tezislarida shunday deyilgan: «Vaqf yerlari ziroat komissariati ixtiyoriga beriladi. Bu erlardan tushadigan daromadlar maorif komissariatiga boriladi va musulmon aholisi orasida madaniy - ma'rifiy ishlar olib borish uchun foydalaniladi. 1920 yil 19-25 sentyabrda bo'lib o'tgan Turkiston Respublikasi Sovetlarining IX sezdi Turkiston o'lka komitetining tezislari asosida yer masalasi bo'yicha tezislar qabul qildi. Sezdning bu hujjatida: «Vaqf yerlari madaniy-ma'rifiy maqsadlar uchun foydalaniladi yoki umumiy asosda yer tuzishga tortiladi» deb ko'rsatiladi. Sezdning bu qarori o'ta ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.45 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:05 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.45 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga