Buyuk allomalar merosida axloqiy qadriyatlar muammosi. Sharq qomusiy olimlari merosida axloqiy qadriyatlar

Buyuk allomalar merosida axloqiy qadriyatlar muammosi. Sharq qomusiy olimlari merosida axloqiy qadriyatlar

O'quvchilarga / Falsafa
Buyuk allomalar merosida axloqiy qadriyatlar muammosi. Sharq qomusiy olimlari merosida axloqiy qadriyatlar - rasmi

Material tavsifi

Buyuk Allomalar Merosida Axloqiy Qadriyatlar Muammosi. Sharq Qomusiy Olimlari Merosida Axloqiy Qadriyatlar. IX-XV asrlar Markaziy Osiyo xalqlarining madaniy-ma'naviy, ijtimoiy-siyosiy, islom axloqiy, falsafiy, diniy ta'limotlari rivojlanishida keskin o'zgarishlar, tub burilishlar yuz berdi. Bu madaniy jonlanish va yuksalish jamiyat hayotining barcha sohalariga kirib bordi, ma'naviy hayotni qamrab oldi. Ana shu davrlarda Markaziy osiyo xalqlari dunyo madaniyati taraqqiyotining eng oldingi, yetakchi saflarida turish darajasiga ko'ratila oldi. Markaziy Osiyoning jahon madaniyati taraqqiyotining yirik o'choqlaridan biriga aylanishi xuddi shu paytlarga to'g'ri keladi. IX asrning ikkinchi yarmidan ravnaq topa boshlagan, X -X11 asrlarga kelib esa mislsiz natijalar bergan,buyuk madaniy yuksalish va taraqqiyotning shart-sharoitlari, asosiy sabablari, manbalari, hal qiluvchi qator omillari bor ediki, ularni o'rganish, ilmiy tadqiq qilish va baholash rivojlangan o'rta asrlarda islom axloqiy va umuminsoniy axloqiy qadriyatlarga bo'lgan munosabatni ko'rsatib berishga yordam beradi. Madaniyat va ma'naviyatning jadal suratlar bilan taraqqiy etib borishini hayotiy zaruriyatga aylantirgan asosiy sabablardan biri - Markaziy Osiyo xalqlarining Erk, Adolat, Haqiqat, Mustaqillik uchun arab va mo'g'ul bosqinchilariga qarshi olib borgan kurashlaridir. Markaziy Osiyoda chet el bosqinchilari hukmronligining tugatilishi va islom axloqiy mustaqil davlatlarning barpo etilishi natijasida feodal ishlab chiqarish munosabatlarining, ichki va tashqi savdo aloqalarining, hunarmandchilikning rivojlanishi, ilm-fan va madaniyatning, falsafaning ravnaq topishi islom axloqiy qadriyatlarning tiklanishi va takomillashib borishiga keng sharoit yaratildi. Bu davrda mamlakat ichidagi o'zaro urushlar kamaydi. Buxoro, Urganch, Marv, Shosh, Samarqand va boshqa yirik shaharlarda hunarmandchilik, kosibchilik ancha taraqqiyotga erishdi. Bularning hammasi o'z o'rnida madaniyat va fanning rivojlanishiga olib keldi. Jamiyat taraqqiyoti o'rtaga qo'ygan talablar hamda mavjud shart-sharotit tufayli IX-XV asrlarda Markaziy Osiyoda, shunigdek, Yaqin va o'rta Sharq mamlakatlarida ilm-fan va madaniyat chinakamiga gurkirab yashnadi, bu davr Renessans-Uyg'onish davri nomini oldi. Uyg'onish davri mutafakkirlari o'zlarining qomusiyligi-bir paytning o'zida ham faylasuf, ham musiqashunos, ham matematik, ham mantiqshunos, sotsiologi, filolog, ham tarixchi va tabiatshunos, xullas, fanning barcha sohalarida yetukligi bilan ajralib turadilar. Bu siymolarning yana bir o'ziga xos jihatlari - bir paytning o'zida deyarli barcha mutafakkirlar bir necha tillarni mukammal bilagaliklari, bir necha tildagi manbalardan foydalana olganliklari, tarjimalar qila olganliklaridir. Bu esa o'z o'rnida islom axloqiy va umuminsoniy axloqiy qadriyatlarning uyg'unlashtirish jarayonlarini jadallashtirishga olib keldi. Buyuk mutafakkirlar tomonidan chuqur ilmiy asoslangan ilmiy g'oya va ta'limotlar faqat ular yashab ijod etgan davr uchungina emas, balki kelajakni oldindan bashorat qilish, tabiiy, ijtimoiy vaqea va jarayonlarni oldindan aytib bera olish nuqtai nazaridan ham bebahodir. Donishmand bobolarimizning ilmiy-falsafiy ta'limotlari tor islom axloqiy qobiqqa o'ralib qolgan emas, balki ham islom axloqiy, ham umuminsoniy, umumbashariy ahamiyatga ega bo'lgan ta'limotlardir. Yana shu narsa diqqatga sazovorki, Sharq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 30.78 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:05 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 30.78 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga