G'aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar hukmronligi davrida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayot

G'aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar hukmronligi davrida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayot

O'quvchilarga / Falsafa
G'aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar hukmronligi davrida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayot - rasmi

Material tavsifi

G'aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar hukmronligi davrida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayot Ismoil Somoniydan keyin samoniy hukmdorlar orasidan har jihatdan yetuk, yuqori darajada siyosat yurgizadigan arbob etishib chiqmadi. Buning oqibatida samoniylar o'z ichki, yani sulolaviy imkoniyatlaridan ko'ra ko'proq mavjud siyosiy muhit qonuniyatlariga bog'liq bo'lib qolganlar. O'z navbatida siyosiy muhitni esa lashkarboshilarsiz tasavvur etib bo'lmasdi. Binobarin 961 yili somoniy hukmdor Abdumalik o'limidan so'ng vazirlar taxtga marhumning o'g'lini o'tqazadilar. Bunga, manba tili bilan aytganda, «Somoniylar xonadoni uchun maqtovga loyiq, xizmatlar qilib kelgan hamda noiblik va lashkarboshilik yo'lini tutgan» Alptegin qarshilik qiladi. Shu tariqa davlat arkonlari va Alptegin o'rtasidagi muxoliflik kuchayib avjiga chiqadi. Buning natijasida esa lashkarboshi Buxoroni tark etadi. Xatto shundan keyin ham ziddiyatlar tugamay, oxirida Alptegin va Buxoro qo'shinlari o'rtasida to'qnashuv sodir bo'lib, buxorolik lashkarlar mag'lubiyatga uchraydi. Somoniylar xonadoni va Movarounnahr bilan aloqani uzgan Alptegin Fazna viloyatida o'z hukmronligini o'rnatadi. Uning vafotidan (963) so'ng G'aznada navbati bilan Amir Ishok, ibn Alptegin, Amir Bilgategin, Amir Piriy, Amir Sabukteginlar hukmronlik qiladilar. G'azna shahrini Xurosonning siyosiy markaziga aylanishi X asrning ikkinchi yarimiga to'g'ri keladi. G'aznaviylar davlatining asoschisi Sabuqtegin bo'lib, bu davlat uning o'g'li Mahmud G'aznaviy davrida musulmon olamining eng kuchli davlatlaridan biriga aylandi. Chunonchi, uning hukmronligi davrida (998-1030) Xorazm, Xuroson, Seyiston, Kobul, G'azna, Shimoli Hindiston kabi viloyatlar va makonlar g'aznaviylar izmida bo'lgan. Mahmudning o'limidan so'ng uning o'rniga taxtga o'g'li Masud o'tiradi. Binobarin, Masud davri (1030-1041) asosan Mahmud say-harakatlari bilan ko'lga kiritilgan natijalarni saqlab qolish yo'lidagi urinishlar yillari bo'ldi, desak to'g'ri bo'ladi. Birinchidan, 1034 yili Xorazm g'aznaviylar ta'sir doirasidan chiqadi. Ikkinchidan esa Xurosonda boshqa bir siyosiy sulola - saljuqiylarning kuchayib borishi ham xuddi shu Masud davriga to'g'ri kelgan. 1035 yilgi kelishuvga binoan Masud saljuqiylarga (Yabg'u, Tug'ril, Dovud boshliq, qabilalarga) Niso, Farova, Dehiston viloyatlarini maskan va yaylov sifatida berishga majbur bo'ladi. Baqt o'tishi bilan kuch-qudrat orttirgan saljuqiylar 1038 yili Nishopurni egallaydilar. Shu yilgi Saraxs atrofidagi Masud bilan jangda mag'lub bo'lishlariga qaramay, ko'p o'tmay 1040 yili Marv sakson killometr masofadagi Dandanakan degan joyda saljuqiylar hukmdori To'g'rulbek tomonidan uzil-kesil tor-mor etiladi. Natijada Xuroson ko'ldan ketadi. Chunonchi, mag'lubiyatga uchragan Masud G'aznaga qochib kelgandan so'ng, ko'p o'tmay fitnachilar tamonidan o'ldiriladi. Taxtga ukasi Muhammad o'tiradi. Biroq Masudning o'g'li Madud (1041-1048) taxt uchun bo'lgan jangda engiladi hamda o'ldiriladi. Garchand Madud o'z xonadonining ilgargi mavqeini tiklashga uringan bo'lsada, buning udasidan chiqolmagan. O'z navbatida o'zining asta sekinlik bilan qudratini yo'qotib borgan G'aznaviylar davlati XII asrning oxirlarida Afg'oniston hududlarida tashkil bo'lgan yangi davlat - g'uriylar tomonidan butunlay tugatildi. Aniqrog'i, 1186-yilda g'uriylar sulolasidan bo'lgan G'iyosiddin Muhammad qo'shini Panjob ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 41.72 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:07 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 41.72 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga