Global va mintaqaviy mafkuraviy g'oyalarning rivojlanish tendensiyalari

Global va mintaqaviy mafkuraviy g'oyalarning rivojlanish tendensiyalari

O'quvchilarga / Falsafa
Global va mintaqaviy mafkuraviy g'oyalarning rivojlanish tendensiyalari - rasmi

Material tavsifi

Global va mintaqaviy mafkuraviy g'oyalarning rivojlanish tendensiyalari Globallashuv jarayonlari eng ilg'or, yangi texnologiyalar asosida ishlab chiqarish, tezkor zamonaviy kommunikatsiya va aloqa vositalari orqali axborot sohasining rivojlanishi va odamlarning boshqa faoliyatlari uchun ham qulay sharoit yaratib, bu borada cheklanmagan imkoniyatlarga yo'l ochmoqda. Ammo, globallashuv jarayonlarining hozirgi dunyoda bir qator ixtilof va ziddiyatlarni keltirib chiqarayotgan jihatlari ham mavjud. Bular qatorida, avvalo, madaniyat va uning bosh tomirini tashkil etgan ma'naviy-axloqiy qadriyatlarga bo'lgan munosabat jiddiy etiborni talab etadi. Shu jihatdan globallashuvga butun dunyoni qamrab olgan madaniy inqilob, deya ta'rif berish ham mumkin. Bugungi kunda ular har qayday mamlakat, xususan, O'zbekiston uchun olg'a harakat qilishning samarali sharti, jamiyat ma'naviy-axloqiy sog'lomligining kafolati, kuchli davlat sifatida jahon hamjamiyatida munosib o'rin egallashiga bo'lgan umid tayanchini tashkil etadi. Shu o'rinda savol tug'iladi. Globallashuv faqat tarixiy taraqqiyot mantig'i bilan bog'liq tabiiy jarayonmi yoki uni kimningdir irodasi ham boshqaryaptimi? Bugungi kunda kuchli, yetakchi davlatlar qatoriga asosan G'arb davlatlari kirishi hamda ikki qutbli dunyo barham topishi bilan ular yakka hukmronlikka intilayotgani malum. Rus olimi V.L.Inozemtsev bu borada shunday yozadi: Globallashuv, aslini olganda, ko'klarga ko'tarib maqtalayotgan umuminsoniy qadriyatlarga tayanuvchi yagona tamaddunning shakllanish jarayonini emas, balki mutlaqo o'zga holatni - jamiyatning g'arbona modelining ekspansiyasini va dunyoning ana shu modelga moslashishini ifodalaydi. Bugun globallashuv deb atashayotgan jarayonni, g'arblashtirish, deya aniqroq ifodalash mumkin. Albatta, G'arb ilm-fani yutuqlaridan foydalanish, yangi zamonaviy texnologiyalarini o'zlashtirish, bu borada hamkorlik qilish mumkin va zarur. Ammo, modernizatsiyalash yo'lida G'arb madaniyatini va qadriyatlarini ham to'liqligicha o'zlashtirishga harakat qilgan mamlakat qator muammolarga duch kelganligi tarixdan malum. Bunday tajriba natijasida o'zining qaysi madaniyatga mansubligi haqida aniq tasavvurga ega bo'lmagan, o'zligini anglashdan mahrum bo'lgan jamiyat, ichki ziddiyatlarga to'la davlat shakllanadi. Shuning uchun, minglab yillik tarixga ega bo'lgan davlatlar madaniy o'ziga xoslikni saqlagan holda, davlat va jamiyatni modernizatsiyalash yo'lini tanlagan va g'arblashmay turib taraqqiyotga erishmoqda. Lekin, bu G'arb davlatlarini qoniqtirmasligi aniq. Jahon iqtisodiyoti va siyosatida hakamlikni davo qilayotgan kuchli davlatlar dunyoga egalik qilishning eng nozik va shu bilan birga eng kuchli vositasini ham ishga solmoqda. Bu madaniyat sohasidagi gegemonlikka intilish. Globallashuvning zamonaviy liberallari demokratiya, inson huquqlari kabi muqaddas qadriyatlarni niqob qilib olib, xalqlarni mahalliy manfaatlari, azaliy qadriyatlari, axloq normalari va an'analaridan izchillik bilan uzoqlashtirish siyosatini qo'llab-quvvatlamoqda. Milliy madaniyat o'rniga umumjahon madaniyati sifatida taqdim etilayotgan ommaviy madaniyat ko'rinishidagi bu madaniyatni amerikacha yashash tarzi, daromadni maksimal ko'paytirish g'oyasiga sadoqat asosida shakllangan, Makdonald yoki Koka-kola singari kompaniyalar ramzida o'z ifodasini topgan iste'molchilik madaniyati deb nomlash mumkin. Shu o'rinda istemol, iste'molchi bilan iste'molchilik madaniyati, iste'molchilik kayfiyati tushunchalari o'rtasidagi chegarani belgilash kerak ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.7 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:07 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.7 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga