Globallashuv va ma'naviy tahdidlar masalasini tadqiq etishning muammolari. Globallashuvning mazmun-mohiyati

Globallashuv va ma'naviy tahdidlar masalasini tadqiq etishning muammolari. Globallashuvning mazmun-mohiyati

O'quvchilarga / Falsafa
Globallashuv va ma'naviy tahdidlar masalasini tadqiq etishning muammolari. Globallashuvning mazmun-mohiyati - rasmi

Material tavsifi

Globallashuv Va ma'naviy Tahdidlar Masalasini Tadqiq Etishning Nazariy-Metodologik Muammolari. Globallashuvning Mazmun-Mohiyati Har bir davrning mazmun -mohiyatini, rivojlanish qonuniyatini to'g'ri anglab va tushunib etishda eng muhimi davrning mazmunini belgilab beruvchi jarayonlarni, tushunchalarning mazmunini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda hayotimizda ijtimoiy, siyosiy, madaniy va ma'naviy sohalarda keng qo'lanilayotgan globallashuv tushunchasi ko'plab siyosatchi, faylasuf olimlarni qiziqtirib kelmoqda. Chunki jamiyat taraqqiyoti bevosita ana shu jarayonni to'g'ri anglash bilan bog'liq ekanligi kundan-kunga ravshan bo'lib bormoqda. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, ushbu tushunchaning mazmun -mohiyatini va uni kelib chiqish sabablarini falsafiy tahlil etish bevosita biz tanlagan mavzuning mazmunini yoritishda muhim ahamiyatga egadir. Zero, globallashuv tushunchasini bilmasdan turib, bu jarayonda ma'naviy tahdidlarga qarshi kurashning mazmuni haqida fikr bildirish mantiqqa ziddir. Prezidentimiz tabiri bilan aytganda, bugun biz tez suratlar bilan o'zgarib borayotgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o'ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz. Davlat va siyosat arboblari, faylasuflar va jamiyatshunos olimlar, sharhlovchi va jurnalistlar bu davrni turlicha ta'riflab, har xil nomlar bilan atamoqda. Kimdir uni yuksak texnologiyalar zamoni desa, kimdir tafakkur asri, yana birov yalpi axborotlashuv davri sifatida izohlamoqda. Albatta, bu fikrlarning barchasida ham malum manoda haqiqat, ratsional mag'iz bor. Chunki ularning har biri o'zida bugungi serqirra va rang-barang hayotning qaysidir belgi-alomatini aks ettirishi tabiiy. Ammo ko'pchilikning ongida bu davr globallashuv davri tariqasida taassurot uyg'otmoqda. Bunday ta'rif, ko'p tomondan masalaning mohiyatini to'g'ri ifodalaydi. Nega deganda, hozirgi paytda yer yuzining qaysi chekkasida qanday bir voqea yuz bermasin odamzot bu haqda dunyoning boshqa chekkasida zudlik bilan xabar topishi hech kimga sir emas. Ana shunday globallashuv fenomeni haqida gapirganda, bu atama bugungi kunda ilmiy-falsafiy, hayotiy tushuncha sifatida juda keng manoni anglatishini takidlash lozim. Globallashuv atamasi dastlab XX asrning 80-yillari boshlarida iqtisodiy sohada sodir bo'lgan o'zgarishlarni yuzaga keltirgan omil sifatida amerikalik olim T. Levittning 1983 yilda Garvard biznes revyu jurnalida elon qilgan maqolasida qo'llanilgan edi. Unda aytilishicha, Globallashuv - transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli - tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayoni Uni o'rganish jarayoni esa Roland Robertson tomonidan 1985 yili uning jahonni yagona bir butun qilish maqsadiga qaratilgan obyektiv jarayonlarning majmuasi sifatida aniqlangan davridan boshlangan. Bu tushunchaga ana shu paytdan boshlab to hozirgacha turlicha qarashlar davom etib kelmoqda. Aksariyat ko'pchilik ilmiy tadqiqotlarda globallashuvni lotin tilidagi globus shar, fransuz tilidagi global umumbashariy so'zlari bilan ta'riflaydilar. Respublikamiz olimlari hamkorligida nashr etilgan Falsafa qomusiy lug'atida Global (umumbashariy) muammolari tushunchasi berilgan. Unda bu tushuncha (fransuzcha global eng umumiy) o'z ko'lami, qamrovi jihatidan xilma-xil va butun yer shariga, insoniyatga dahldor bo'lgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 37.97 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:07 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 37.97 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga