Jahon sivilizatsiyasida G'oyaviy-Mafkuraviy Yangilanishlarning Kontseptual Talqinlari. Hozirgi Davr xalqaro Munosabatlarning G'oyaviy-Mafkuraviy Tasnifi Dunyo o'zgarishlari mazmuni umumiy yondashuvlarga, murosa va hamjihatlikka erishishga davat etuvchilar bilan xususiy haqiqat tarafdorlari, yani faqat o'z manfaatlari yo'lida kurashuvchilar o'rtasidagi bahs-munozara keskinligining tobora ortib borishi bilan izohlanmoqda. Insoniyat yakdil fikr qilish, umumiy say-harakatlarga erishish, siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy ziddiyatlarni faqat yalpi bartaraf etish uchun kurashish zarurligining zamon taqozosi ekanligini tobora ravshanroq anglamoqda. Butun dunyoda yuz berayotgan globallashuv, yani, umumiylashuv jarayonlarining mushtarak qismi sifatida namoyon bo'layotgan g'arbona demokratlashuv sharq xalqlari hayotiga muayyan qiyinchiliklar orqali tomir otmoqda. Bu yo'lda xar bir davlat o'ziga xos murakkabliklar davrini o'tashiga, bazan esa kutilgan natijalarning mutlaqo teskari holatlariga ro'para bo'lib qolishiga ham to'g'ri kelmoqda. Agar demokratiyaning asosiy talablaridan bo'lgan inson haq-huquqlarini teng ta'minlash va uni adolatli himoyalash zarurati an'anaviy buddaviylik diniga sig'inuvchi mamlakatlarda, xususan, Yaponiya, Koreya, Malayziya, Tailand singari davlatlarda bir qadar silliq kechayotgan bo'lsa, islom qonunlari barqaror bo'lgan Sharq mamlakatlarida bu jarayon jiddiy kataklizmlar, siyosiy bo'hronlar, og'ir yo'qotishlar hisobiga amalga oshirilmoqda. Ayni chog'da takidlash zarurki, hayot rivoji qonuniyatlarining beto'xtov amal qilishi hamma yerda ham o'zgarishlar muqarrarligini qayta-qayta tasdiqlamoqda. Eng muhimi mazkur o'zgarishlarni umumjahon globallashuv jarayonlarining uzviy jihati sifatida anglash darajalarining turli xilda ekanligi muammoning samarali echilishiga asosiy to'siq turib qolmoqda. G'arbdagi moddiy, real manfaatlar ustuvorligi qadriyatidan farq qilib, Sharq xalqlari uchun bosh qadriyat ma'naviy omillar, ayniqsa inson shani, obru-etibori, nafsoniyati, oriyati, vijdoni hisoblanib kelgan. ma'naviy talablar esa o'z-o'zidan qadriyatlar qatorini mutanosiblashtirishni, birining ketidan mantiqiy ravishda ikkinchisini qo'yishni taqozo etgan. Hususan otaga ehtirom, ona ezozi, aka va uka hurmati, qavmu-qarindoshlar totuvligi, qo'ni-qo'shnilar ahilligi qadriyatlar sifatida muayyan ketma-ketlikda, qadrlanish darajasiga ko'ra ierarxik shaklda hayotdan o'rin olib kelgan. Sharq xalqlari turmush tarzi murakkablikliklari to'g'risida o'lmas obidalar yozib qoldirgan qadimgi Xitoy mutafakkiri Konfutsiy dunyo barqarorligi faqat moddiy boyliklarning teng taqsimlanishigagina emas, balki umum tomonidan etirof etilgan tengsizliklarga tayanishga bevosita bog'liq ekanligini takidlaydi. Biz bugun yalpi tenglik uchun kurash harakati muayyan ma'naviy qadriyatlarning narxi pasayishi, insoniylik, ezgulik singari tamoyillar ahamiyatining susayishiga olib kelganligidan qatiy nazar, g'arb mamlakatlari uchun umumiy yuksak taraqqiyotga erishish imkoniyatlarini tug'dirganligini etirof etmay ilojimiz yo'q. Ayni chog'da yalpi tenglikka erishish jarayonlari oqibatida odamlararo munosabatlardagi iliqlik, ma'naviy qadriyatlarning narxi pasayishi, samimiyat, ezgulik, hamdardlik singari tamoyillarning hayotdagi ahamiyati susayishiga olib kelganligini ham unutmasligimiz zarurdir. Bugungi g'arb dunyosi uchun individualizm, egoizm, konformizm, marginallik, shafqatsizlik xususiyatlarining shaxs sifatlariga aylanib qolayotganligini ommaviy axborot vositalari tashvishlanib qayd etmoqda. Taraqiyot ehtiyoji xalqlarda milliy g'oyani katta ijtimoiy siyosiy zarurat darajasiga chiqazadi. Milliy g'oyaning bosh maqsadi ham odamlarni umumiy maqsadlar yo'lida birlashtirishdan ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 05:50:57
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
29.6 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:07
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Mar 2024 [ 05:50 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
29.6 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:07 ]
Arxiv ichida: docx