Integratsiya jarayoni tushunchasi, uning mohiyati va mazmuni

Integratsiya jarayoni tushunchasi, uning mohiyati va mazmuni

O'quvchilarga / Falsafa
Integratsiya jarayoni tushunchasi, uning mohiyati va mazmuni - rasmi

Material tavsifi

Integratsiya siyosiy munosabatlar va integratsiya jarayonini tadqiq etishning nazariy-metodologik asoslari. Integratsiya jarayoni tushunchasi: mohiyati va mazmuni Integratsiya -juda keng manodagi tushuncha. Bugungi kunga kelib kishilar integratsiya jarayonining mohiyatini yaxshi anglashi, zarur. Integratsiya nima?-«Integratsiya»-lotincha «integration» so'zidan olingan bo'lib, «integr» to'liq yaxlit, bir butun degan manolar anglatadi; Integratsiya-o'zaro bog'langan holda rivojlantirish, bir butun qilib birlashtirmoq, yaxlit holga keltirmoq deganidir. Integratsiya turli xil qism va elementlarni bir butunlikka birlashtirish jarayonidir. Integratsiya jarayonlari tashkillashtirilgan sistemalarda bo'lishi mumkin - bu holda ular sistema butunlik darajasini va tashkillashtirilgan darajasini ko'taradi. Integratsiya jarayonlari oldin bog'lanmagan elementlarni biriktirish asosini hamda shakllangan sistemalarda ham yuz berib, natijada sistemani bir butunligi va tashkillanish darajasi oshishiga, element va tarkibiy qismlar o'rtasida aloqadorlikka murakkablashuviga olib keladi. Bir butunlikka birikkan tarkibiy qismlar turli xil darajada avtonomlikka ega bo'ladi. Gerbert Spenser (1820-1903) falsafasida sochilgan, sezilmaydigan holatning ichki jarayonlarini sekinlashuvi natijasida zichlashishi va seziladigan darajaga o'tishi tushunilsa, dezintegratsiya - buning aksi, yani zich joylashgan narsaning harakat tezlashishi natijasida sochilgan holatga o'tishidir. Spenser integratsiya» so'zini, ko'pincha, agregatsiya tushunchasi bilan teng manoda qo'llaydi. Uning ta'limotiga ko'ra, Quyosh sistemasi, sayyoralar, organizm, millat rivoji integratsiya va dezintegratsiyaning birin-ketin o'rin almashinuvlari natijasidir. Yensh (1883-1940) psixologiyasida integratsiya deganda, ruhiy hayotning ayrim xususiyatlarini butun ma'naviy hayot majmuiga ta'sir qilishi tushuniladi. Smendning davlat to'g'risidagi ta'limotida integratsiya deganda davlatning, uning faoliyati shakllarining o'zaro ta'siri natijasida doimiy yangilanib turishi anglanadi. Ijtimiy integratsiya individlar, guruhlar, tashkilotlar va davlatlar o'rtasidagi tartibli munosabatni mavjudligini anglatadi. Integratsiya jarayonini tahlil qilishda u Bilan bog'liq sistema yoki sohaning murakkabligi etiborga olinadi. Misol sifatida jamiyatda integratsiyalashuv, tsivilizatsion integratsiyalashuv, fanda integratsiyalashuv va h.k. Jamiyat yoki ayrim davlatlarning integratsiyasi majburiy o'zaro manfaat yoki maqsad, intilish, qadriyat kabilar asosida joriy etiladi. Hozirgi davrda davlatlararo integratsiyalashuvlar jarayonlari rivojlanmoqda. Integratsiya - obyektiv hayotiy jarayon. Globallashayotgan hozirgi hayotning integratsiyalashuv jarayonida mustaqillikni saqlab qolish dolzarb vazifaga aylanmoqda. Bu esa xalqaro hamkorlikda quyidagi prinsiplarga qatiy amal qilishni taqazo etmoqda: 1.Integratsiyalashgan birlashmalarga faqat tomonlarning tengligi asosida qo'shilish lozim (hatto siyosiy-iqtisodiy potentsial turli-tuman bo'lgan taqdirda ham); 2. Milliy manfaatlar deklaratsiyasiga asoslanish, ularning mintaqaviy va boshqa manfaatlar oldida ustuvorligi; 3. Ishtirok etishning ixtiyoriyligi va u yoki bu ittifoqni tanqid qilish imkoniyati mavjudligi. Hozirgi davrning muhim xususiyatlaridan biri - kishilarning ongi va qalbini egallash uchun kurashning kuchayganligidir. Qonli urushlar, harbiy yurishlar, iqtisodiy iskanjaga olish o'rniga endi tobora ko'proq ma'naviy -mafkuraviy vosita, qurol va maxsus texnologiyalar kullanmoqda. Odamlarning tafakkuri, ongi, dunyoqarashini egallashga urinishlar ko'proq ma'naviyat maydonida amalga oshirilmoqda. Boshqa hudud va xalqlarni o'ziga qaram qilish uchun endi ochiqdan-ochiq ko'rish va sezish qiyin bo'lgan vositalar, xususan, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.04 KB
Ko'rishlar soni 166 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:08 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.04 KB
Ko'rishlar soni 166 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga