Hanafiy mazhabi afzalligi Abu Hanifa. Hanafiy mazhabining asoschisi No'mon ibn Sobit rahmatullohi alayh - Abu Hanifa kunyasi va Imomi Azam laqabi bilan shuhrat qozongan zot bo'lib, mil. 699 yilda Ko'fada tavallud topgan. Bu zot tobeinlardan bo'lib, Payg'ambar alayhissalomning suhbatida bo'lgan Anas ibn Molik, Abdulloh ibn Abu Avf, Abu Amoma, Ibn Abbos kabi sahobai kiromlar bilan uchrashib, muloqotda bo'lgan. Abu Hanifa rahmatullohi alayh islom ilmlari rivoj topgan davrda yashagan. Ehtimol shu sabab ham yoshligidan boshlaboq ilm tahsil qilishga kirishgandir. Uning uchun o'z davrining eng ko'zga ko'ringan ulamolaridan dars olish va ilmiy munozaralar olib borishga imkoniyati mavjud edi. Ayni paytda kasb egasi o'lib, ipakchilik bilan shug'ullangan. Bu zotning shaxsiy fazilati, hayoti va ilmiy faoliyatiga bag'ishlangan manbalarda ilmiga amal qiluvchi olim, parhezkor obid, taqvodor zohid, Allohga imiy iltijo qiluvchi kamtarin banda sifatida ta'riflangan. Zero, diniy faoliyatda faqat ilmning o'zi kifoya qilmaydi: ilm bilan birga taqvo va Allohga imiy bog'liq bo'lish zarur. U zotning vafotidan so'ng g'assollik qilgan Hasan ibn Ammora yuvishni tamomlab, kafanlab qo'yilgan jasadiga qarab: Alloh sizni rahmat qilsin, mag'firat aylasin. O'ttiz yildan beri ro'zasiz yurmadingiz. Kirq yil yonboshingiz ko'rpa ko'rmadi. Sizdan keyin kelganlarni charchatdingiz. Qorilarni sharmanda qildingiz, - degan ekan. Abu Hanifa rahmatullohi alayhning ilm va taqvoda tengsiz ekanligini o'z zamonasi va undan keyingi davr ulamolari tomonidan samimiy etirof etilgan. Jumladan, Imom Shofeiy: Fuqaholarning barchasi fiqh borasida Abu Hanifaga muhtojdirlar- degan bo'lsa, Imom Molik u zot bilan bir qancha ilmiy bahslardan so'ng: Albatta, u buyuk faqihdir, - degan ekan. Darhaqiqat, Abu Hanifa rahmatullohi alayh buyuk faqih bo'lgan. Dastlab kalom ilmi bilan shug'ullanib, mutakallim sifatida ushbu sohada katta iqtidor va yuksak malakaga ega bo'lgan bo'lsa-da bu yo'ldan ko'ra fiqh ilmi va unga tegishli bo'lgan fanlarni o'zlashtirish orqali odamlarga xizmat qilish va ularning hayotiy muammolarini yechim topib berish yo'lini maqul ko'rgan. U zot hali biror shaxs amalga oshirmagan islom huqushunosligi yo'nalishi bo'yicha yangicha usulni joriy qilgan. Yani turli masalalarni yechishda Quron va Sunnadan so'ng qiyos va rayni asosiy mezon sifatida tanladi. Abu Hanifa rahmatullohi alayhning bu ijtihodiy yo'nalishi mohiyatini yaxshi tushunib yetmagan, dalillarni faqat zohiriy tomoniga qarab, ichki manolarni chuqur anglamagan bazi kimsalar shoshqaloqlikka yo'l qo'ygan. Vaholanki, u kishi tomonidan istehson va urfning hukmlar ishlab chiqishda dalil sifatida amaliyotga joriy qilishi ko'pchilikni lol qoldirgan hamda tutgan yo'lini barcha mashhur ulamolar tomonidan yuksak baholangan edi. Kashfuz-zunun muallifi Hoji Xalifa hanafiylik haqida quyidagi fikrni bildiradi: To'rt mazhab ichida birinchi o'rinda turadigan va haqiqatga yaqin bo'lgani, Abu Hanifa rahmatullohi alayh asos solgan mazhabdir. Negaki, ushbu mazhab ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 08:13:38
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.7 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:07
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Mar 2024 [ 08:13 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.7 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:07 ]
Arxiv ichida: docx