Ibn Sino falsafasi

Ibn Sino falsafasi

O'quvchilarga / Falsafa
Ibn Sino falsafasi - rasmi

Material tavsifi

Ibn Sino Falsafasi Yurtboshimiz istiqlolning dastlabki yillaridayoq ma'naviyatni yuksaltirishda tarixiy xotira, ajdodlar tarixini bilishning, milliy va axloqiy qadriyatlar hamda an'analarning, muqaddas dinimizning o'rni va ahamiyati katta ekanini takror-takror eslatib o'tgan. Shu bois ko'plab Sharq allomalarining yuzlab nodir va noyob asarlari o'zbek, ingliz, fransuz, nemis, yapon va boshqa xorijiy tillarda nashr etildi. YUNESKO homiyligida Sharq madaniyati, san'ati va tarixiga bag'ishlangan disklar chiqarildi. O'z asarlari bilan Movarounnahr diyorini dunyoga tanitgan qomusiy olim Abu Ali ibn Husayn ibn Abdulloh ibn Sino (980-1037) Sharq xalqlari orasida Sharaful-mulk va Shayx ur-rais kabi martabali unvonga sazovor bo'lgan buyuk shaxs hisoblanadi. Ma'lumotlarga ko'ra, bizgacha allomaning 242 ta asari yetib kelgan. Ulardan 80 tasi falsafa, ilohiyot sohasi va tasavvuf ta'limoti, 40 tasi tibbiyot, 19 tasi mantiq, 26 tasi psixologiya (ruhshunoslik), 23 tasi tabiatshunoslik, 7 tasi astronomiya, 1 tasi matematika, 2 tasi alximiya, 9 tasi axloq-odob, 4 tasi adabiyot va 8 tasi esa olimlar bilan ilm-fanning turli muammolariga taalluqli yozishmalardir. Alloma yaratgan asarlar jahon xalqlarining mulkiga aylandi. Uning Tib qonunlari, o'n sakkiz jilddan iborat Kitob ash-shifo, Kitob an-najot, Ruh haqida kitob, Ishorat va Tanbihat, Kurozai tabiat, (Tabiat durdonasi), Risolai tadbiri Manzin (Oilaviy baxt-saodatga erishish tadbiri haqida risola) va qator boshqa asarlari asrlar davomida turli soha mutaxassislarining diqqat-e'tiborini o'ziga jalb qilib kelayotgani ham fikrimizning dalilidir. Ilm bilan xulq-atvor, sa'y-harakatlarning o'zaro birligi insoniy donishmandlik, komil inson darajasiga eltadi. Olimning Tadbiri manzil risolasida inson tabiati azaldan axloqli yoki axloqsiz bo'lmaydi, degan g'oya mavjud. Kishidagi xususiyatlar ijtimoiy hayotda sekin-asta shaxsiy va o'zgalar tajribasi, ajdodlar an'analari, urf-odatlar, rasm-rusumlar, ta'lim-tarbiya, o'zgalarning ma'naviy-axloqiy ta'sirida o'zida ijobiy axloqiy fazilatlar, xislatlarni shakllantiradi yoki o'zida mavjud salbiy mayllar sababli xudbin kayfiyatlarga beriladi. Tadbiri manzil risolasi bugungi kunda ham o'z qimmatini yo'qotmagan. Ommaviy axborot vositalari Sharq allomalarining takrorlanmas nodir asarlaridan namunalarni, ta'lim-tarbiya bobidagi yaxshi xulq, ma'naviy barkamollik sirlari kabi mavzularni muntazam yoritib bersalar, maqsadga muvofiq bo'lardi. Qomusiy olimimiz o'zining Qush hikoyatida Ey haqiqiy birodarlar! Odamlarning botiri kelajakdagi mushkulotdan qo'rqmaydi. Kamolga yetishdan chetlangan kishi odamlarning eng qo'rqog'idir, - deb yozadi. (Falsafiy qissalar 1980. 72-bet). Shuningdek, alloma inson axloqiy kamolotining cheksiz imkoniyatlariga komil ishonch bilan qaraydi. Lekin uning ro'yobga chiqishi inson va jamiyatning real imkoniyatlariga bog'liqdir, deydi. Kimki o'z kamchiliklarini isloh qilishni, komil inson (inson ul-komil) darajasiga yetishni dildan istasa, o'z xarakteriga xos salbiy sifatlarni yaxshi bilib olishi zarur, degan fikrni bildiradi. Ibn Sinoning durdona asarlarida insoniy axloqiy qiyofaning shakllanishida ko'p ma'no, hikmatlar, didaktik hikoyalar, dono maslahatlar, o'gitlaridagi saxovatpeshalik, olijanoblik, vatanparvarlik hissi haqidagi maslahatlar bugungi kunda ham o'z qimmatini yo'qotgan emas. Yana ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 53.96 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:07 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 53.96 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga