Islom Karimov Sog'lom avlod va uning kamoloti haqida

Islom Karimov Sog'lom avlod va uning kamoloti haqida

O'quvchilarga / Falsafa
Islom Karimov Sog'lom avlod va uning kamoloti haqida - rasmi

Material tavsifi

Prezident Islom Karimov Sog'lom avlod va uning kamolati haqida. Biz mustaqilligimizning ilk yillaridanoq sog'lom avlod tarbiyasini eng ustuvor vazifa deb belgiladik. Barkamol avlodni tarbiyalash masakasini davlat siyosati darajasiga ko'tardik. Mustaqil Vatanimizning birinchi ordeni Sog'lom avlod uchun deb atalgani, Sog'lom avlod uchun xalqaro jamg'armasi^ tuzilgani buning tasdig'idir. Bir so'z bilan aytganda, oldimizga ko'ygan barcha maqsadlarimizning, siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayotimizda, davlatimiz, jamiyatimiz qurilishida amalga oshirilayotgan o'zgarishlarning, ezgu tuyg'ularimizning mano-mohiyati sog'lom avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish emasmi? Kadrlar tayyorlash milliy dasturimizni ishlab chiqqanimiz va hayotga tatbiq etayotganimizdan maqsad ham aynan shu emasmi? Aziz do'stlar! Biz sog'lom avpod deganda nimani tasavvur kilamiz? Sog'lom avlod g'oyasi orqali biz oldimizga qanday maqsadparni ko'yamiz? Sog'lom avlod deganda, shaxsan men, eng avvalo, sog'lom naslni, nafaqat jismonan baquvvat, shu bilanch birga, ruhi, fikri sog'lom, iymon-e'tiqodi butun, bilimli, ma'naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tushunaman. Buyuk davlatni faqat sog'lom millat, sog'lom avlodgina qura oladi. Aslida Olloh taolo inson zotini tabiatan sog'lom, mukammal yaratadi. Lekin, afsuski, avvalo odam bolasining o'zi, qolaversa, nosoz muhit bu mukammallikni buzadi, Odamzot ko'p joyparda, taassufki, nafs, kibru havo, jaholatga berilib, o'zini o'zi turli balolarga giriftor qiladi. Hech shubha yo'q: sog'lom avlod orzusi ajdodlarimizdan bizga o'tib kelayotgan, qon-qonimizga singib kettan muqaddas intilishdir. Agar ota-bobolarimizning turmush tarziga, tafakkuriga nazar solsak, ular nasl-nasab, etti pushtning tozaligiga, avlodning sog'ligiga juda katta etibor berganini ko'ramiz. Lekin sog'lom avlod tarbiyasi oson ish emas. U xar bir inson, har bir oila, butun jamiyatdan jiddiy etibor va uzluksiz mehnat talab qiladi. Faqat jismoniy jihatdan baquvvat bo'lgan odamni tarbiyalash unchalik qiyin emas. Ammo uni ham jismoniy, ham -ma'naviy jihatdan kamol toptirish g'oyat murakkab vazifa, ayniqsa, bugungi kunda mafkuraviy kurashlar goh oshkora, goh pinxona tus olgan hozirgi nozik, qaltis sharoitda, tahlikaly zamonda bu masala yihoyatda dolzarb ahamiyatga ega. Muhtaram yurtdoshlar! Bu hayot juda tez - boshdagi do'ppini bir aylantirguncha o'tadi-ketadi. Shu qisqa fursatda inson xalq uchun, Vatani uchun, o'z farzandlari va kelgusi nasllar uchun savobli ishlar qilib ulgurishi kerak. Olijanob xapqimizning ezgu tasavvur va tushunchasiga ko'ra, har bir odam dunyoga kelib, uchta xayrli ishni ado etishi lozim. Birinchisi, sog'lom va oqil farzand tarbiyalab voyaga ekazish. Ikkinchisi, o'z oilasi, farzandlari uchun imorat qurish. Uchinchisi, kelajakni o'ylab, yaxshi niyat bilan daraxt o'tqazish. Bu insoniy intilishlarda millatimizning barkamol avlod haqidagi orzu-umidlari o'z aksini topgan. Qisqasi, o'zbekning hamma orzu-havaslari, hayotining mazmunida farzandlarining kelajagi, baxtu saodati bilan bog'liq maqsadlarni ko'ramiz. Xalqimiz azaldan bo'y-basti kelishgan, botir va polvon o'g'londarni qilichdek yigit deb ezozlagan, ular bilan g'ururlangan. Sohibqiron Amir Temur: bobomiz: Askarlari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.09 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:08 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.09 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga