Fuqarolik jamiyati institutlarini shakillantirishda Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari kontseptual tamoyilining o'rni va ahamiyati O'tgan asrning 80-yillar oxiri - 90-yillar boshida totalitar tuzumdan endigina xalos bo'lgan, o'z mustaqilligini qo'lga kiritgan O'zbekistonda yangi jamiyat va davlatni bunyod etish islohotlarini jahon tajribasining qanday yo'lidan borishi hali aniq va ravshan emas edi. Lekin, mamlakat rivojining bosh yo'li tanlandi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq Prezident I.A. Karimov quyidagi maqsadni ilgari surdi: Respublikada sobitqadamlik bilan xalqchil adolatli jamiyatni bunyod etish - bosh vazifadir Yangilangan jamiyatning siyosiy va davlat tuzilishi insonga uning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini erkin tanlab olishini kafolatlashi kerak. Xalqimiz tarixi, dunyoqarashi, ma'naviyati, milliy manfaatlari va milliy an'analarini chuqur anglagan mamlakat Prezident I.A. Karimov Mustaqil O'zbekiston xalqining manfaatlari va orzu-istaklaridan kelib chiqib, fuqarolik jamiyati va demokratik prinsiplarni o'zida mujassam etgan siyosiy tizimni tashkil etishga qodir bo'lgan Konstitutsiya qabul qilishga boshchilik qildi. Respublikada fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishning siyosiy va huquqiy kafolatlari qisqa muddatlarda yangi Konstitutsiya va boshqa qonunlarda o'z ifodasini topdi. Natijada fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun huquqiy asoslar tug'ildi. O'zbekistonda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish islohotlari eng murakkab va mashaqqatli sinovlarni kutmoqda edi. Chunki, mamlakatda eskidan meros bo'lib qolgan davlatchilik an'analari va totalitar jamiyat asoratlari hali saqlanmoqda edi. Shuningdek, xalqning ham hali yangi jamiyat qurish va uni tashkil etishga doir tajribasi kam, ruhiyati va siyosiy madaniyati esa fuqarolik jamiyati to'g'risidagi tasavvurlardan ancha uzoq edi. Ana shunday sharoitda Prezident I.A. Karimov tomonidan O'zbekistonda fuqarolik jamiyati, huquqiy davlat va bozor munosabatlariga o'tish davrining nazariy asoslari ishlab chiqildi. Albatta, ular mamlakat tarixiy rivojlanish an'analari, demokratik prinsiplar va xalq dunyoqarashi, qolaversa, mamlakat milliy manfaatlarini o'zida ifoda etar edi. XX asrning 80-yillari oxiriga kelib, O'zbekiston hali o'z Milliy Mustaqilligini elon qilmagan bir paytda fuqarolik jamiyatini qurish bilan bog'liq o'zgarishlar ro'y bera boshlagan edi. Respublika rahbariyatining jamiyatda ko'ppartiyaviylik tizimini joriy etish, davlat va hukumatdan mustaqil bo'lgan jamoat birlashmalari tuzulmalarining erkin faoliyat ko'rsatishi uchun huquqiy shart-sharoitlar yaratishga bo'lgan intilishi kuchaygan edi. Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirishning asosiy kafolati, yani ularning huquqiy asoslarini yaratish maqsadlarida 1991 yilning 15 fevralida O'zbekiston Oliy Kengashi O'zbekiston Respublikasida jamoat bir-lashmalari to'g'risidagi qonunni qabul qildi. Mazkur qonun Respublikada faoliyat yuritib kelayotgan jamoat birlashmalari faoliyatini tubdan isloh qilishga, ularni sobiq yakkahokim mafkuradan poklanishiga, shuningdek, jamoat birlashmalari tizilmalarini davlat va hukumat tizimidan ajratishga huquqiy shart-sharoitlar yaratib berdi. Respublika ijtimoiy-siyosiy hayotida birinchi marta mazkur qonunda jamoat birlashmalarining maqsadlari xalqaro va demokratik mezonlar asosida ta'riflab berildi: Jamoat birlashmalari fuqarolik siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy, huquqiy hamda erkinliklarni ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 08:13:38
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
36.21 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Mar 2024 [ 08:13 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
36.21 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:09 ]
Arxiv ichida: docx