Maktab va madrasalar faoliyatiga chek qo'yilishi Musulmon Sharqida ilm-fan va ma'rifat maskanlari bo'lmish-madrasalar tarixi bir necha asrlar qariga borib taqaladi. Movarounnahr hududidagi ilk madrasa tarixchi Narshaxiyning ma'lumotiga ko'ra, X asr boshlarida Buxoroda barpo etilgan Farayj madrasasi bo'lgan. Diniy va dunyoviy bilimlar o'qitiladigan madrasalarda talabalar azaldan uch bosqichda tahsil olganlar: 1.Adno (boshlang'ich); 2.Avsat (o'rta) ; 3. Alo (yuqori). Madrasalarda islom falsafasi, arab tili grammatikasi, mantiq, astronomiya, falsafa, fiqh, adabiyot, tarix, tabobat fanlari o'qitilgan. Bundan tashqari Abu Ali Ibn Sino, Jaloliddin Rumiy, Sadiy, Bedil, Navoiy, Fuzuliy kabi alloma va mutafakkirlar asarlari ham o'qitilgan. Turkiston mahalliy aholisi savodxonligi va ma'naviy ehtiyojlari uchun zarur hisoblanmish madrasalar sovet hukmronligi davriga kelib, turli tazyiq va cheklashlarga duchor bo'la boshladi. 1918 yilning 23 yanvarida RSFSR XKS tomonidan elon qilingan Cherkovni davlatdan, maktabni cherkovdan ajratish haqida gi dekret ham madrasalarning faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Barcha madrasalarda diniy fanlarning o'qitilishi taqiqlab qo'yildi. Dekret elon qilingandan keyin madrasalar va ulardagi o'quvchilarning soni ham kamayib bordi. Bir vaqtning o'zida madrasalar ustidan ikki komissarlik, yani Millatlar xalq komissarligi va Maorif xalq komissarligi bevosita nazorat tartibini o'rnatdi. 1918 yildan Millatlar xalq komissarligi madrasalar faoliyatini bevosita nazorat qilishni boshladi. 1918 yil may oyidan avgustiga qadar Millatlar xalq komissarligining shu soha yuzasidan faoliyat ko'rsatishi bo'yicha Nizomi ishlab chiqildi. Komissarlikda madaniy-oqartuv bo'limi tashkil etildi. Madaniy-oqartuv bo'limi faoliyat dasturi va nizomi ishlab chiqilib, ilova qilinayotgan nusxalari, Millatlar ishlari bo'yicha oblast komissarliklariga ijro uchun yuborildi. Oblast komissariatlaridan madrasalar soni, xizmatchi va o'quvchilar, vaqf mulklari, eski usul maktablari haqida ma'lumot berish talab etilgan. Mahalliy aholining savodsizligini tugatish uchun, oblast komissarlariga, eski usul maktablarida mullalarni (muallimlarga) tovushli o'qitish usuliga o'tishini, hamda bu maqsadda arab imlosidagi tasvirli alifbolarni, shuningdek, tovushli usul bo'yicha yangi darsliklarni olishi tavsiya etildi. 1923 yil boshlarida Turkiston (Sirdaryo, Farg'ona, Samarqand) da yaqin madrasalar mavjud bo'lib, ularning har birida o'rtacha 10-15 o'quvchi tahsil olgan. 1923 yildan Turkistondagi barcha eski maktablar qatori madrasalarning ham isloh qilinishi boshlangan. Buning uchun dastur ishlab chiqilgan. U Diniy maktablarni (maktab va madrasalarni) qayta tashkil etishning qisqa loyihasi va shu maktablarning 1923-1924 o'quv yili uchun dasturi deb nomlangan. Uning ikkinchi bo'limi Madrasalar islohoti deb nomlangan. Ushbu dastur asosida 1923 yil 1 sentyabrdan Turkiston ASSR dagi madrasalar isloh qilingan. 1924 yil 1 aprelidan boshlab isloh qilingan maktablar xalq ta'limi yagona mehnat maktablari dasturining I bosqichiga o'tkazilgan. 1925-1926 yillarda Buxoro okrugidagi vaqf bo'limi faoliyatini uning 1927 yil aprelda Bosh vaqf boshqarmasiga bergan hisoboti ma'lumotlaridan ko'rish mumkin. Hisobot ma'lumotlariga ko'ra, Buxoro okrugida 1925 yilda 14 maktab, 26 ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 08:13:38
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
28.72 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Mar 2024 [ 08:13 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
28.72 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:09 ]
Arxiv ichida: docx