Ma'naviy tahdidlarni oldini olishning dolzarb vazifalari

Ma'naviy tahdidlarni oldini olishning dolzarb vazifalari

O'quvchilarga / Falsafa
Ma'naviy tahdidlarni oldini olishning dolzarb vazifalari - rasmi

Material tavsifi

ma'naviy tahdidlarni oldini olishning dolzarb vazifalari. Mafkuraviy tahdidlarni oldini olishda institutsional asosdagi faoliyatni takomillashtirish. Bugungi kunda butun dunyo xalqlarini tashvishga solgan terrorizm, diniy ekstremizm va boshqa global xavf-xatarlar orasida yana bir ko'zga tashlanmas xavf, yot g'oyalarning millatga va milliylikka tahdidi ham paydo bo'ldiki, o'tmishi baquvvat, ildizlari chuqur, dunyo hamjamiyatida o'z o'rni va mavqeiga ega bo'lgan xalqlar bu xavfning ayanchli oqibatlar keltirishini darhol anglagan holda unga qarshi tegishli choralar ko'rmoqda. Mannaviy tahdidlarga qarshi kurashdagi asosiy vazifa xalqimizning ongi va qalbiga milliy g'oyani singdirish orqali ularda mafkuraviy immunitetni hosil qilish kerakligi haqida biz yuqorida takidlab o'tgan edik. Darhaqiqat, bu vazifani amalga oshirishda mafkuraviy tarbiyaning o'rni katta. Mafkuraviy tarbiya esa jamiyatda, avvalambor, oila, maktabgacha bolalar muassalari, maktablar, litsey-kollejlar, oliy o'quv yurtlari, ommaviy axborot vositalari, jamoat tashkilotlarining birgalikdagi faoliyatini taqazo qiladi. Shuni alohida takidlash lozimki, mafkuraviy tarbiya ta'sirida shakllantirilgan mafkuraviy immunitet ma'naviy tahdidlarni oldini olishda va yoshlarni uning ta'sirida himoya qilishda muhim omil hisoblanadi. Ayni vaqtda ma'naviy tahdidlarga qarshi kurashda institutsional asosda faoliyatni tashkil etish samarali natija berishi shubhasizdir. Turli ijtimoiy guruhlar, oila, mahalla, milliy-madaniy markazlar, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, xalqning intelektual salohiyatini yuksaltirishga yo'naltirilgan ta'lim-tarbiya tizimining qonuniy huquqiy asoslari va dasturlari; ommaviy axborot vositalari; umuman, jamiyat miliy g'oyasini shakllantirish va uni xalq ishonch e'tiqodiga aylantirishning ma'naviy-ma'rifiy kompleksi asosida olib boriladigan mafkuraviy tarbiya orqali ma'naviy tahdidlarni bartaraf etishda samarali natijaga erishish mumkin. Bu omillarning har biri ma'naviy tahdidlarni oldini olishda, milliy g'oyani keng jamoatchilik ongiga singdirishda muhim o'rin tutadi. 2006 yilning 25 avgust kuni Prezidentimiz I.Karimov tomonidan imzolangan Milliy g'oya targ'iboti va ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish to'g'risidagi PQ - 451- son Qarorining bosh maqsadi ham asosan yot g'oyalarning oldini olishga qaratilgnan bo'lib, uning milliy qadriyatlarimizni, urf-odatlarimizni saqlash va yoshlarimizni uning ta'siridan asrab-avaylashdagi ahamiyati beqiyosdir. Chunki yangi asr boshidanoq yoshlarimiz ongiga begona turmush tarzini targ'ib etish orqali ularni milliyligidan o'zligidan begonalashtiradigan axborot xurujlariga, bizga mutlaqo yot bo'lgan aksilmafkuraviy targ'ibotga qarshi kurashni tashkil qilish hayotiy ehtiyojimizga aylanib bormoqda. Demokratiya shiori ostida kirib kelayotgan g'oyalarning mag'ziga etibor qaratadigan bo'lsak, hatto ota-ona va farzandlar o'rtasida shakllangan o'zaro mehr-oqibatni chetga surib qo'yuvchi Ota-onang keksaysa nima qilipti, shunga ham bosh qotirib o'tirasanmi, ana, qariyalar uyi bor, olib borib qo'y. Yashayveradi-da, - qabilidagi bizning qadriyatlarimizga mos kelmagan maslahatlarni uchrashi, ularni demokratiya, erkinlik sifatida qayd etilishi milliy ma'naviyatimizni parokandalikka olib keluvchi ma'naviy tahdidlarning bir ko'rinishidir. Bizda azaldan ota-onani hurmat qilish, ular keksayganda holidan xabar olish eng katta savob ish sifatida qaralib kelingan. Ota o'tirgan tomning ustiga chiqishni gunoh bilish, ota-ona keksayganda etti ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 45.75 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 45.75 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga