ma'naviy tahdidlarning oldini olishda mafkuraviy tarbiyaning o'rni. Dunyoda g'oyaviy hamda informatsion xurujlar, turli mafkuraviy, ma'naviy tahdidlar avj olayotgan bugungi kunda yoshlarimiz ma'naviyatini yuksaltirish, tafakkurida sog'lom dunyoqarash asoslarini shakllantirish muhim ahamiyatga egadir. Buning eng samarali usuli mafkuraviy tarbiyani to'g'ri tashkil etishdir. Ilmiy adabiyotlarda qayd etilishicha: Mafkuraviy tarbiya - inson, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat dunyoqarashini shakllantirishga, ularni muayyan maqsadlarni ifoda etadigan g'oyaviy bilimlar bilan qurollantirishga yo'naltirilgan jarayon. Jamiyatdagi har bir ijtimoiy kuch yoki aholi qatlamlari o'z manfaat va maqsad-intilishalrini ifoda etuvchi g'oyalar tizimini yaratgach, boshqa guruhlarni ham o'z g'oyalar ta'siriga tortishga harakat qiladi. G'oyalar adolatli va haqqoniy bo'lib, ko'pchilikning talab-ehtiyojlariga mos kelsa, bu sohadagi tarbiya vositalari ta'sirchan, tarbiyachilar esa faol va fidoiy bo'lsa ko'zlangan maqsadga erishiladi. Jamiyat, xalq hali o'z manfaatlarini anglab yetmagan, o'z mafkurasini shakllantirib, maqsad sari safarbar bo'lmagan hollarda begona va zararli g'oyalar ta'siriga tushish ehtimoli ortib boradi. Bu esa g'oyaviy tarbiyani yo'lga qo'yish, sog'lom mafkura tamoyillarini aholi ongi va qalbiga muttasil singdirishni dolzarb vazifaga aylantiradi. Aslida shaxs tarbiyasining muhim yo'nalishi - bu g'oyaviy tarbiyadir. Bu inson ongi va tushunchalari tizimida hayot haqidagi falsafiy, siyosiy, huquqiy, diniy, estetik, axloqiy, badiiy, kasbiy qarashlarni maqsadli shakllantirish jarayonidir. Har qanday tarbiya jarayoni oxir-oqibat, o'z maqsad va mohiyatiga ko'ra g'oyaviy tarbiyadir. Chunki oilani olamizmi, bolalar bog'chasinimi, mahalla, maktab, kollej, litsey, universitet yoki akademiyani olamizmi - hammasida beriladigan ta'lim va tarbiya jarayonlari talaba va tinglovchilar dunyoqarashini kengaytirish, ularning ongini ilmiy asoslangan bilimlar bilan boyitish hamda jamiyat uchun, uning ravnaqi uchun kerak bo'lgan sifatlarni kamol toptirishga yo'naltirilgan bo'ladi. Bu ishlar bolaning dunyo haqidagi, olamning rivojlanish qonuniyatlari, insoniy munosabatlar borasidagi o'ziga xosliklar, axloq tamoyillari, go'zallik haqidagi tushunchalarini kengaytirishga xizmat qiladi. Bu - tom manoda mafkuraviy tarbiyaning asosiy poydevoridir. Shuning uchun mafkurasiz inson, mafkurasiz guruh, millat, xalq, jamiyat bo'lishi mumkin emas. Mafkuraviy tarbiya insonning ijtimoiy hayot haqidagi muayyan bilimlar, baholar va ular zamirida yuzaga keladigan maqsadlar tizimi sifatida chiqishi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham, mafkura shaxsning ijtimoiy tasavvurlari, bilimlari, qadriyatlari tizimi, hayotiy mo'ljallarining shakllanishiga kuchli darajada ta'sir ko'rsatadi. Shunday ekan, mafkuraviy tarbiya, yani shaxs jamiyat hayoti, uning taraqqiyot qonunlarini, kuzatilayotgan hodisa, jarayonlarni nechog'li to'g'ri va to'liq tushunishi, o'rinli va adolatli baholashi, qanday maqsadlarni ko'zlab faoliyat olib borishi masalasi ma'naviy tahdidlarning oldini olishda eng dolzarb va ahamiyatli bo'lib hisoblanadi. Har qanday mafkuraviy tarbiyaning maqsadi -jamiyatning har bir azosi va ular timsolida har bir ijimoiy qatlam, guruhning trabiyaviy darajasini ta'minlashdir. O'zbekiston sharoitida mafkraviy tarbiyannig asosiy vazifasi - xalqimizning ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo'lidagi asriy ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 08:13:38
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
36.18 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Mar 2024 [ 08:13 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
36.18 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:09 ]
Arxiv ichida: docx