Ma'naviy tarbiya jarayonida milliy qadriyatlarning ahamiyati

Ma'naviy tarbiya jarayonida milliy qadriyatlarning ahamiyati

O'quvchilarga / Falsafa
Ma'naviy tarbiya jarayonida milliy qadriyatlarning ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

ma'naviy tahdidlarga qarshi kurashishda yoshlar ma'naviyatini va ijtimoiy faolligini yuksaltirish masalalari. ma'naviy tarbiya jarayonida milliy qadriyatlarning ahamiyati. ma'naviy yetuk va barkamol insonni tarbiyalashda xalq ma'naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng o'rganilishi, milliy an'analarimizning saqlanishi va mazmunan boyishi, shuningdek madaniyat va san'at, ilm- fan, ta'lim tarbiyaning har tomonlama rivojlanishi alohida kasb etadi. ta'lim- tarbiya orqali mustaqil fikrlaydigan, erkin, bilimli, bir so'z bilan aytganda, barkamol shaxsni voyaga yetkazish asosiy maqsad qilib belgilanadi. Yurtboshimiz I.A.Karimov O'zbekiston Respublikasida huquqiy demokratik jamiyat qurish muammolari xusussida so'z yuritar ekan, qonun ustivorligini ta'minlash, shaxs, oila, jamiyat, va davlatning huquq va manfaatlari muhofazasini kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyati va ongini oshirish, fuqarolarni qonunga bo'ysunish va xurmat ruhida tarbiyalash- bu rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan chinakam demokratik, huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishning nafaqat maqsadi, balki uning vositasi, eng muhim sharti hisoblanadi, deb takidlaydi. Milliy qadriyatlar- tarbiyaning eng ta'sirchan quroli. Undan oqilona foydalanish, farzandlarimiz ongida vatanparvarlik, rostgo'ylik, xalq-parvarlik tuyg'ularini shakllantirish bugungi kun talabi. Axloq- avvalo, inson va adolat tuyg'usi, iymon, halollik degani. Insonning insonligi, ma'naviy - axloqiy jihatdan barkamolligi, pokligi milliy qadriyatlarning qadriga etishi bilan belgilanadi. Milliy qadriyat quyidagi axloqiy tarbiya tushunchalaridan iborat : barkamol inson ota- onasi, farzandlari, qarindoshlari, butun oila a'zolari, qo'ni -qo'shinlari, mahalla- ko'y, xamqishloqlari va butun mamlakat xalq farovonligi haqida qayg'uradi; tevarak atrofni o'rab olgan insonlar unga kerak bo'lganidek, u ham atrofdagilarga kerakli inson bo'lishga intiladi; milliy qadriyatlarni ezozlaydi va ularga sodiq bo'lib qoladi; milliy qadriyatlar asosida odob-axloq, fel- atvor, tarbiyani yoshlarning ongiga singdirdi; ota-bobolarimizdan qolgan ma'naviy- madaniy merosni qadrlaydi; Vatanni sevib, himoya qiladi, yoshlarni harbiy- vatanparvarlik ruhida tarbiyalaydi. ma'naviy- axloqiy tarbiya, madaniyat to'g'risida so'z borar ekan, VII-XIX asrlarda Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan qomusiy olimlar o'z asarlarida inson ma'naviy va tafakkur dunyosini boyitishga, insoniyat ongini, madaniy-ma'rifiy qarashlarini o'stirishga alohida etibor qaratganlariga amin bo'lamiz, Ular o'z asarlari bilan sharqona odob- axloq talablari asosida komil inson, adolatli jamiyat va davlatni shakllantirishning ma'naviy asosini yaratishga muvaffaq bo'ldilar. O'zbekistondek ona zaminimiz jahonga ne- ne buyuk mutafakkirlar va qomusiy allomalarni etishtirib bergan. Ular- xoh tibbiyotchi va dorishunos, xoh riyozotchi va falakshunos, hox tarixchi va fiqix, xoh tilshunos va munaqqil (naql qiluvchi), xoh adib va shoir, xoh tasavvuf ilmining mashxur namoyandasiyu davlat arbobi bo'lsin yetuk ilmiy asrlar yaratganlar.Ulug' bobokalonlarimizdan Muhammad Muso al- Xorazmiy, abu nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Bahouddin NAQSHband, HojaAhmad Yassaviy, Mirzo Ulug'bek, az Zamaxshariy Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur, Abdulla Avloniy va boshqa alloma- mutafakkirlarning shuningdek, jadichilarning ismlarini va ular tomonidan ta'lim - tarbiyaga oid ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 40.42 KB
Ko'rishlar soni 138 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 40.42 KB
Ko'rishlar soni 138 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga