Markaziy Osiyo allomalarining ilm-fan rivojiga qo'shgan hissalari

Markaziy Osiyo allomalarining ilm-fan rivojiga qo'shgan hissalari

O'quvchilarga / Falsafa
Markaziy Osiyo allomalarining ilm-fan rivojiga qo'shgan hissalari - rasmi

Material tavsifi

Markaziy osiyo allomalarining ilm-fan rivojiga qo'shgan hissalari VII-XVI asr jahon ilm-fani va madaniyati rivojida Markaziy Osiyo allomalarining o'rni beqiyos. Qadimgi islom manbalarida hozirgi Markaziy Osiyo - Movarounnahr va Xuroson nomlari bilan qayd etiladi. (8) Buxoro, Samarqand, Nasaf, Koson, Shosh, Farg'ona, Marv, Gurganj, O'zgan kabilar katta shaharlar sifatida tilga olinadi. Mazkur shaharlarning aksari mamlakatimiz hududida joylashgan bo'lib, ayrimlari hozirda ham o'z qadimiy nomi bilan ataladi. Jahon ilm-fan taraqqiyoti rivojiga beqiyos hissa qo'shgan qutlug' ona diyorimizdan ilm-fanning barcha sohalari, jumladan, islomiy ilmlarda ham jahonga dong taratgan buyuk allomalar etishib chiqqan. Vatanimiz tarixining o'chmas sahifalari ana shunday buyuk va mo'tabar zotlarning hayotlari bilan chambarchas bog'liqdir. Shu bois Vatanimizning O'zbekiston - buyuk allomalar yurti deya atalishi ayni haqiqatdir. Yurtimiz muhaddislari. Islom dini Arabiston yarim oroli hududidan tashqarida yoyilishi barobarida hadis ilmi ham rivojlana bordi: Makka, Madina, Misr, Iroq, Xuroson, Movarounnahr o'lkalarida hadisshunoslikning alohida markazlari vujudga kela boshladi. Ayniqsa, Markaziy Osiyo hududida birinchilardan bo'lib hadis markazlari shakllanib ulardan ko'plab muhaddislar etishib chiqdi. Mashhur to'qqizta hadis to'plamidan ettitasining jamlovchisi ushbu o'lka muhaddislaridir. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Nasaiy, Imom Dorimiy va Imom Abu Dovuddek muhtaram zotlar islom olamida dong'i ketgan muhaddis peshvolar sifatida etirof etiladilar. Yana Abd ibn Xumayd Kashshiy, Muhammad ibn Abd, Sahl ibn Shazoviy Buxoriy, Bakr ibn Mirzabon, Muhammad ibn Salom Poykandiy, Muhammad ibn Yusuf Poykandiy, Abdulloh ibn Muhammad Musnadiy, Ibrohim ibn Ashas, Muhammad ibn Abd ibn Omir Samarqandiy, Salmon (9) ibn Isroil ibn Jobir Xo'jandiy, Muhammad ibn Muso ibn Huzayl Nasafiy, Muhammad Shoshiy, Muhammad Shamidizakiy, Muhammad Tolibiy, Nosir Obidiy, Ibrohim Ayshoniy, G'olib G'ushdoniy, Muhammad Furoviy, Muhammad Farmankiy, Abdulloh Kogoniy, Muhammad Kogoniy kabi o'z davrining yetuk allomalari sanalgan bobokalonlarimiz ham muqaddas zaminimiz farzandlaridir. Yurtimiz aqida (kalom) maktabi ulamolari. Malumki, Ahli sunna val jamoa mazhabi aqidasini ikki yirik yo'nalish: moturidiylik va ashariylik tashkil etadi. Imom Abu Mansur Moturidiy hazratlari (vaf. 944-945 y.) tomonidan asos solingan moturidiya ta'limoti hanafiylik yo'nalishidagi musulmonlarning aqidaviy qarashlarini o'zida mujassamlashtirgan. O'rta asrlardagi g'oyat xatarli va tahlikali bir vaziyatda o'z hayotini xavf ostiga qo'ysa-da, avlodlarga ibrat bo'larlik ma'naviy jasorat namunasini ko'rsatgan bu mo'tabar zotning islom olamida Musulmonlarning e'tiqodini tuzatuvchi degan yuksak sharafga sazovor bo'lgani uning ulkan aql-zakovati va matonatidan dalolat beradi. Umuman olganda, yurtimizdan etishib chiqqan ilohiyotchi olimlar ushbu sohada alohida mavqega egalar. Abul Qosim Hakim Samarqandiy, Imom Abu Lays Buxoriy, Abul Muin Nasafiy, Abu Hafs Nasafiy, Alouddin Samarqandiy, Abu Shakur Solimiy Keshiy, Alouddin Asmondiy, Og'a Shirvoniy, Sirojiddin O'shiy rahmatullohi alayhimlar islom olamida yirik ilohiyotchi ulamolar qatoridan munosib o'rin olganlar. Mufassirlarimiz. Diyorimizda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.5 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.5 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga