Mazhabga ergashish saodat ko'prigidir Malumki, muqaddas dinimizda xoh aqidaviy, xoh fiqhiy masalalarda bo'lsin o'zaro ixtilofga tushib, turli firqa va guruhlarga bo'linish qoralanadi. Chunonchi, Quron oyatlari va hadisi-shariflar mo'min- musulmonlarni o'zaro birlik, hamjihatlik va mehr-oqibatga targ'ib qilib, uning aksi bo'lgan ixtilof, parokandalik, tartibsizlik kabi ittifoqni parchalovchi omillarni qoralagan. Shubhasiz, har bir musulmon Quron va Sunnani tushunish, undan mustaqil hukm olish uchun etarli bilim va salohiyatga ega emas. Bunday holda u faqatgina shaxs kamoloti, xalq farovonligi va jamiyat ijtimoiy barqarorligini ko'zlab hukm chiqaruvchi mujtahidlarga ehtiyoj sezadi. Shu manoda mujtahid ulamolar tomonidan Quron va Sunna ko'rsatmalari asosida fiqhiy mazhablarga asos solinishi bu - musulmonlar birligi va o'zaro hamjihatligini ta'minlashda muhim omil vazifasini bajardi. Mazkur ijtihodiy uslub shariat ko'rsatmalariga rioya qilishda musulmonlar uchun qulayliklar tug'dirish bilan birga Quron va Sunnaga amal qilishda Ahli sunnaga zid bo'lgan adashishlikdan ham saqlaydi. Malumki, islomda ixtilof aqidaviy va fiqhiy yo'nalishlarga bo'linadi. Aqidaviy ixtilof Alloh taologa e'tiqod qilishdagi turli-tumanlilik bo'lib, musulmonlar ichki birligining zaiflashuvi; har xil toifalarga bo'linib ketishdek salbiy oqibatlarga sabab bo'lgan. Buning oqibatida xorijiy, mo'taziliy, qadariy, jabariy va murjiiy kabi ko'plab toifalar vujudga kelgan. Fiqhiy ixtiloflar esa ibodat; ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy munosabatlarga mazhablar tomonidan turlicha yondashuvni anglatadi. Bunday holat aslo nuqson yoki ixtilof manbai sifatida talqin etilmaydi. Aksincha, islom shariatining zamon va makonga moslashuvchanligi unga e'tiqod qiluvchilar uchun keng imkoniyatlar tug'diradi. Masalan, biror-bir manzilga etish uchun turli tomonlardan borish imkoni bo'lsa, nisbatan eng yaqin va qulay yo'l tanlanadi. Musulmon kishining biror-bir mazhabga ergashishini ham aynan shunga qiyoslash o'rinlidir. Islom ulamolarining ittifoqiga ko'ra, dinning asliga taalluqli bo'lgan aqidaviy masalalarda taqlid qilish aslo mumkin emas. Buning aksi o'laroq fiqhiy masalalarda esa, biror-bir mazhabga ergashish, yani taqlid qilish lozim deb qaralgan. Zero, mazhab - oddiy insonlar uchun chigal va tushunarsiz bo'lgan fiqhiy masalalarni osonlik bilan hal etib unga amal qilish imkonini yaratadi. Usulul-fiqh ulamolari: Taqlid - shariatga amal qilishda dalilni bilmagan shaxsning uni bilgan va yechimini bergan shaxs fikrini anglamasdan qabul qilib, amal qilishidir, - deya ta'riflaganlar. Demak, muqallid, yani taqlid qiluvchi ijtihod qilish darajasiga yetmagan shaxs bo'lib mujtahidning fatvosiga amal qiladi. Mutlaq mujtahid bo'lmagan kishi uchun mujtahid olimlaridan biriga taqlid qilishi o'rinli. Hatto musulmon shaxs bazi fiqhiy masalalarda mujtahid bo'lsa ham, o'z ijtihodi ila aniqlay olmaydigan masalalarda taqlid qilishi kerak bo'ladi. Zero, Alloh taolo Nahl surasi 43-oyatida aytadi: Bas, agar bilmasangiz, zikr ahlidan so'rang. Bu o'z navbatida Alloh tomonida biron masala yechimini bilmagan shaxs uni yechishga qodir bo'lgan mujtahiddan so'rashini buyurishi dinda taqlid qilishga ko'rsatma berilganligiga dalil bo'ladi. Sahoba ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 08:13:38
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.33 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Mar 2024 [ 08:13 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.33 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:09 ]
Arxiv ichida: docx