Millatlararo totuvlik g'oyasi milatlararo munosabatlarni takomillashtirish omili

Millatlararo totuvlik g'oyasi milatlararo munosabatlarni takomillashtirish omili

O'quvchilarga / Falsafa
Millatlararo totuvlik g'oyasi milatlararo munosabatlarni takomillashtirish omili - rasmi

Material tavsifi

Millatlararo totuvlik g'oyasi milatlararo munosabatlarni takomillashtirish omili Millatlararo totuvlik va bag'rikenglik g'oyalari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qayd etilgan muhim qoidaga asoslanadi: O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va, ijtimoiy mavqeidan qati nazar, qonun oldida tengdirlar. Aynan barcha fuqarolarning bir xil huquq va erkinliklarga ega ekanligi haqidagi qoidaga alohida etiborni qaratish lozim. Zero, bunda millatlararo totuvlikni ta'minlash g'oyasini amalga oshirish uchun fuqarolik asosiy mezon sifatida olingani ahamiyatlidir. Bu barcha millat va elat vakillarini bir huquq va erkinliklarga ega bo'lishini kafolatlash orqali ularning totuvligini ta'minlashni anglatadi. Bu g'oya jamiyatda yashab, yagona maqsad yo'lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub bo'lgan kishilar o'rtasida o'zaro hurmat, do'stlik va hamjihatlikning ma'naviy asosidir. Millatlararo totuvlik g'oyasi jamiyat rivojida muhim ahamiyatga ega:1) turli milatga mansub bo'lgan fuqarolar o'rtasida bir-biriga nisbatan ahil bo'lishga, hurmat bilan qarashga davat etadi. Bu esa turli millat vakillarining bir-birlarini kamsitish yoki o'zaro loqaydlik bilan qarashdek nosog'lom illatlarning oldini oladi; 2) mamlakatda yashayotgan har bir millat vakilining istedodi va salohiyatini to'la ro'yobga chiqarish uchun shart-sharoit yaratadi; ularning erkinligini, teng huquqliligini ta'minlashga xizmat qiladi; 3) millatlararo totuvlik bor joyda jamiyatda barqarorlik mavjud bo'ladi, chunki bu g'oya o'zaro hamjihatlikni ta'minlab berishga xizmat qiladi. Turli millat vakillarini o'z mamlakati, Vatan oldida turgan ezgu maqsadlar sari safarbar etadi. O'z navbatida millatlararo totuvlikni amalga oshirish barcha millat va elat vakillarining tillarini hurmat qilish, urf-odatlari va an'analarini e'zozlashni, o'zligini saqlab qolish va rivojlanishi uchun sharoit yaratib berishni talab etishini unutmaslik kerak. Sho'rolar davrida millatlararo totuvlik g'oyasi shunchaki bir shiorga aylangan edi. Amalda esa, turli millatlar o'rtasida munosabatlarga o'zaro nifoq solish, milliy kamsitish, milliy til, urf-odat va an'analarga nisbatan bepisandlik bilan qarash, ularning rivojlanishiga erkinlik bermaslik siyosati makkorona tarzda amalga oshirilgan. Mustaqillik sharoitida bunday amaliyotga chek qo'yildi. Leonid Levitin o'zining O'zbekiston tarixiy burilish pallasida nomli kitobida O'zbekistondagi ko'p millatlilik omili bilan bog'liq ayrim muammolarga etiborini qaratadi. U yozadi: Milliy o'zlikni anglash darajasining oshishi va uning siyosiylashuvi hozirgi davrda jahon hamjamiyati rivojining qonuniyatlaridan biridir. Shu sababli polietnik (ko'pmillatli) davlatlarda mamlakatga nom bergan millat bilan oz sonli elatlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar mazkur davlatlar ichki siyosiy barqarorligi va milliy xavfsizligining, ulardagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot dinamikasining hal qiluvchi shartlaridan biridir. Muallif davom etib yozadiki, mustaqillikka erishilgan davrda O'zbekistonda mamlakatga nom bergan millatning aholi umumiy tarkibidagi ulushi (73,6 foiz) bo'yicha faqat Turkmanistondan (74, 4 foiz) keyinda bo'lib, Tojikiston (62,3 foiz), Qirg'iziston (54 foiz) dan va ayniqsa Qozog'iston (41,7 foiz) dan ancha ustun ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.82 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.82 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga