Millatlararo totuvlik tushunchasining mazmuni

Millatlararo totuvlik tushunchasining mazmuni

O'quvchilarga / Falsafa
Millatlararo totuvlik tushunchasining mazmuni - rasmi

Material tavsifi

Millatlararo totuvlik tushunchasining mazmuni Milliy istiqlol mafkurasininig asosiy g'oyalari va millatlararo totuvlik tushunchasi bir-biri bilan uzviy bog'liq. Bu bog'liqlikni shunda ko'ramizki g'oya, maqsadlar nafaqat ayrim insonlar, muayyan ijtimoiy guruh, ijtimoiy qatlam, davlat, jamiyatning ehtiyojlari, maqsad muddaolari, manfaatlarini, orzu intilishlarini o'zida ifoda etibgina qolmasdan, shu jamiyatda yashayotgan, turli millat va xalqlarning manfaatlariga, ularning o'zaro munosabatlariga bevosita ta'sir ko'rsatadi. O'zbekiston mamlakatining maqsadlariga nisbatan shu mamlakatda yashayotgan har bir millat vakili befarq emas. Shu manoda millatlararo hamjihatlikni, o'zaro totuvlikni anglab olish talab etiladi. Muammoni bevosita tahlil etishni avvalo g'oya, mafkura, jamiyat, ijtimoiy taraqqiyot, millat, millatlararo hamjihatlik, millatlararo totuvlik tushunchalarining mano mazmunini ochishdan boshlash kerak. «Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tomoiyillari» nomli risolada Insoniyat tarixi-g'oyalar tarixi degan ibora ishlatilgan. Shu iboraning o'zida g'oya tushunchasiga ham ta'rif berilgan: G'oya-inson tafakkurining mahsuli, milliy g'oya millat taffakurining mahsulidir. Milliy g'oya-inson va jamiyat hayotiga mano-mazmun bahsh etadigan, uni ezgu maqsad sari etaklaydigan fikrlar majmuidir. Ko'rinib turibdiki, milliy g'oyaga millat tafakkurining mahsuli sifatida qaralmoqda. Shu o'rinda ayrim mulohazalarni bildirish mumkin. Birinchidan, bunday yondashuvga muayyan manoda qo'shilish mumkin, chunki u millat fikri, tafakkurining mahsuli sifatida to'g'ri. Shu manoda turli millat nomlari bilan bog'liq holda ham milliy g'oyani tushunish mumkin. Bizningcha, shu atamani ko'p millatli davlatga yoki jamiyatga tatbiqan qaraganda qanday bo'ladi degan savol tug'ilishi tabiiy. Bundan tashqari o'zaro muloqotlarda ham shu savol ko'pchilikni, xususan, boshqa millatga mansub bo'lganlarni ko'proq qiziqtirmoqda. Ayrim hollarda milliy istiqlol g'oyasi bu faqat o'zbeklarning milliy g'oyasimi yoki boshqa millatlarga ham daxldormi?-degan tarzda qo'yiladi. Ikkinchidan, milliy istiqlol g'oyasining mazmunini tushunishda, bugun sof bir millatli davlatlarni topish qiyin ekanini, ayni paytda, ko'p millatlilik omilini, ularni ham shu mamlakat, Vatanga daxldorligini alohida qayd etish lozim; Uchinchidan, mamlakat muayyan millatning nomi bilan atalishini, demak, shu mamlakatning milliy tarkibida ustuvor ulushga ega bo'lgan, tarixan yashab kelgan va yashab kelayotgan, tub xalqlar, millatlarni ham nazarda tutadi va O'zbekiston xalqi atamasining ishlatilishida o'ziga xos mano bor. Malumki, O'zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 8-moddasida O'zbekiston xalqini, millatidan qatiy nazar, O'zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi degan qoida mustahkamlab qo'yilgan. Masalaga shu jihatdan yondoshilsa, milliy istiqlol g'oyasi tushunchasining ikki muhim jihati namoyon bo'ladi va uning mano mohiyatini to'liqroq tushunish imkoniyatini beradi. Demak, milliy istiqlol g'oyasi, bu bir tomondan, o'zbek millati tarixi, ma'naviy qadriyatlariga tayanishni anglatadi; ikkinchi tomondan, milliy istiqlol g'oyasi, O'zbekiston jamiyatining mafkurasi sifatida undagi milliy so'zi faqat bir millatni emas, balki butun bir mamlakatni , O'zbekiston jamiyati, O'zbekiston xalqining maqsad va intilishlarini, qarashlarini o'zida mujassam etishini bildiradi. Ko'rinib turibdiki, shuning uchun milliy istiqlol g'oyasini bir tomonlama ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.56 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.56 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga