Milliy g'oya targ'iboti. Mafkuraviy tarbiya tushunchasi. Muayyan guruh, xalq, jamiyatni mafkuraviy ta'sir doirasiga tortishga urinishlar hamma vaqt bo'lgan. Tarixga nazar tashlasak, bu jarayon jamiyat rivojlana borishi bilan birga chuqurlashib borganini, yangi texnik va texnologik tizimlarning yuzaga kelishi natijasida g'oyaviy ta'sir o'tkazish imkoniyatlarining kengayishi, uslub va vositalarining takomillashuvi sodir bo'lganini ko'ramiz. Xususan, hozirgi davrda mafkuraviy ta'sir o'tkazish o'zining bir qator xususiyatlari bilan ajralib turishini ko'rish mumkin. Eng avvalo mafkuraviy ta'sir o'tkazish jarayoni tezkor va katta shiddat bilan kechayotganini qayd etish zarur. Abdulla Qahhor o'z xotiralarida o'zi o'sha vaqtda yashab turgan qishloq aholisi 1914 yilning sentyabrida boshlangan Birinchi jahon urushi to'g'risidagi xabarni to'rt oydan so'ng, 1914 yilning dekabrida eshitganini yozadi. Bugun esa kishilar dunyoning istalgan nuqtasida sodir bo'layotgan hodisalardan tezkor xabardor bo'lish imkoniyatiga ega. Dunyoning turli mamlakatlarida teleekran qarshisida o'tirgan kishilar 2001 yilning 11 sentyabrida Nyu-Yorkda sodir etilgan terrorchilik xurujini osmono'par egizak binolar yaqinida turgan odamlar bilan bir vaqtda kuzatish imkoniga ega bo'lgani ham buning yorqin misoli bo'la oladi. Yuqoridagi kabi tezkorlik muayyan mafkuraviy qadriyatlarni yashin tezligida ommalashtirish, tarqata olish imkoniyatini yaratgan, Yer yuzining turli burchaklarida dunyoga kelayotgan g'oyalarni millionlar dunyoqarashining uzviy qismiga aylantirayotgan matbuot, radio, televideniye, internet kabi hodisalarning taraqqiyoti tufayli sodir bo'lmoqda. Shu bilan birga, mafkuraviy ta'sir jarayoni oldingidan ham keng qamrov kasb etib bormoqda. Bu mafkuraviy ta'sirga ijtimoiy hayotning barcha sohalari, aholining turli qatlamlari tortilganida yaqqol ko'rinadi. Bu jarayon shunchalik kuchliki, bugungi kunda jamiyat hayotining biror bir sohasini mafkuraviy ta'sirdan tashqarida tasavvur qilish qiyin. Mafkuraviy ta'sirni amalga oshirishda alohida olingan tashkilotlar rolining keskin darajada oshishi ham kuzatilmoqda. Buni katta iqtisodiy resurslarga ega bo'lgan turli diniy ekstremistik harakatlarning butun bir mintaqalarda o'z ta'sir doiralarini kuchaytirish yo'lidagi urinishlari misolida ham ko'rish mumkin. Mafkuraviy ta'sir aniq belgilangan maqsadlarga erishish yo'lida har tomonlama va puxta ishlangan reja asosida amalga oshirilayotganini ham takidlash zarur. Bu jarayonda xilma-xil institutlarning izchil tarzdagi ishtiroki ham ta'minlanmoqda. Mafkuraviy ta'sir o'tkazishning yuqoridagi kabi xususiyatlari o'zida botiniy tarzda mujassam etgan yaxlit sifatiy holat ham mavjudligini qayd etish lozim. Bu masalaning kishini doimo ogoh bo'lishga undovchi tomoni shundaki, - deb yozadi Islom Karimov,- agar harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiq bo'lsa, buni sezish, ko'rish, oldini olish mumkin, ammo mafkuraviy tazyiqni, uning ta'siri va oqibatlarini tezda ilg'ab etish nihoyatda qiyin. Mafkuraviy jarayonlar rivoji muayyan jamiyat, davlatning tinchligi va barqarorligiga qarshi qaratilgan, milliy o'z-o'zini anglashni va etnomadaniy qadriyatlarni zaiflashtirish va barbod qilishga yo'naltirilgan g'oyaviy-nazariy qarashlar va unga asoslangan amaliyot sifatida chiqadigan mafkuraviy tahdidlarga ham o'ziga xoslik bag'ishlamoqda. Zamonaviy voqelik mafkuraviy tahdidlarni amalga oshirishda turli usullar, ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 08:13:38
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.74 KB
Ko'rishlar soni
148 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Mar 2024 [ 08:13 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.74 KB
Ko'rishlar soni
148 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:09 ]
Arxiv ichida: docx