Milliy g'oya targ'ibotining vositalari

Milliy g'oya targ'ibotining vositalari

O'quvchilarga / Falsafa
Milliy g'oya targ'ibotining vositalari - rasmi

Material tavsifi

Milliy g'oya targ'ibotining vositalari. O'zbekiston davlati tomonidan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar bu kurash strategiyasining asosiy mazmunini tashkil etadi. Bu strategiyada ma'naviy-mafkuraviy tarbiya alohida o'rin tutadi. Ekstremizmning paydo bo'lishi va rivojlanishiga sabab bo'lgan omillar ichida mafkuraviy bo'shliqning ta'siri kattadir. Mafkuraviy bo'shliq kishilarda jamiyatdagi mavjud holatni, ijtimoiy voqelikni noto'g'ri idrok etishga, irodasini bo'ysundirish va agressivlikni shakllantirishga xizmat qiladigan nosog'lom g'oyalar bilan to'ldirilishiga zamin yaratadi. «Zombilashtirish» deb ataladigan bu texnologiya kuchsiz ma'naviyat, bo'sh iroda va nosog'lom intilishlar muhitidagina ta'sir kuchiga ega bo'ladi. Shuning uchun g'oyaviy tarbiya, yoshlarda yuksak ma'naviyatni shakllantirish masalalariga alohida etibor berilmoqda. Yoshlar orasida ekstremistik g'oyalarning tarqalish sabablari Yoshlarning turli oqimlarga kirib qolish sabablari qatorida ularning dunyoqarashi torligi, diniy ilmlarni egallashga bo'lgan qiziqishi hamda ishonuvchanligi, birdaniga va hamma narsaga (boylik, shon-shuhrat, martaba va h.k.) ega bo'lishga intilishi, umuman aytganda maksimalizm kabi ma'naviy-ruhiy omillarni alohida ajratib ko'rsatish lozim. Sen bu tashkilotga kirish yoki mana bu vazifani bajarish bilan alohida, har kimga ham nasib qilavermaydigan sharafli ishga qo'l urgan bo'lasan, kerak bo'lsa, sen millat, din, insoniyatning xaloskoriga aylanasan! - degan qarashlarni singdirish jarayoni aynan mana shu kabi xususiyatlarga alohida etibor berilayotganini ko'rsatadi. Yoshlarga xos bo'lgan ruhiy xususiyatlarni yaxshi biladigan va o'zlarining g'arazli maqsadlari yo'lida ustalik bilan foydalanayotgan, xalifalik tuzsak barcha muammolarimiz hal bo'ladi deb yurgan ekstremistlarning safsatalariga aldanib, jaholatga berilayotgan yoshlarning borligi bunga misol. Sog'lom e'tiqodning shaxs dunyoqarashida egallagan o'rni Birinchidan, shaxs dunyoqarashidagi barqarorlikni belgilovchi halqa sifatida chiqadi; ikkinchidan, mavjud yoki yuzaga kelishi mumkin bo'lgan qiyinchiliklardan cho'chimaslikka, ularga qarshi tura olish va bartaraf etishning oqilona yo'llarini izlashga undaydi; uchinchidan, xulqidagi sobitlik, izchillik va amaliyotdagi faollikni ta'minlashga xizmat qiladi; to'rtinchidan, kishilarni jipslashtiruvchi xususiyatga ega. Jaholatga qarshi kurash Bu kurashning mohiyati, Prezidentimizning Hozirgi vaqtda ko'z o'ngimizda dunyoning geopolitik, iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasida chuqur o'zgarishlar ro'y berayotgan, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g'oyaga qarshi g'oya, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish har qachongidan ko'ra muhim ahamiyat kasb etmoqda, - degan fikrlarida o'zining yorqin ifodasini topgan. Jaholat - bilmaslik manosini anglatadi. Bugun jaholat turli ko'rinishlarda o'zini namoyon qilmoqda. Shulardan biri, diniy bilimsizlikdir. Diniy savodi past bo'lgan kishilar o'zlarini islom dinining jonkuyarlari qilib ko'rsatuvchi, aslida esa, hokimiyatni egallashni maqsad qilib qo'ygan turli oqim vakillarining quruq vadalariga aldanib qolmoqdalar. Bunday bilimsizlikning oldini olishga davlatimiz katta etibor qaratmoqda. Haqiqiy diniy bilim olaman deganlarga keng imkoniyatlar yaratilgani ham jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish borasida aniq amaliy ishlar qilinayotganining yorqin ifodasidir. Johillik mutaassib oqimlarning g'arazli niyatlarini amalga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.75 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.75 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga