Milliy g'oyani singdirishda oilaning roli

Milliy g'oyani singdirishda oilaning roli

O'quvchilarga / Falsafa
Milliy g'oyani singdirishda oilaning roli - rasmi

Material tavsifi

Milliy g'oyani singdirishda oilaning roli. O'zbekiston qonunlari va prezident asarlarida oila va uning jamiyatdagi roli haqida. O'zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 1-8 moddalari oila mavzusiga bag'ishlangan: 1-modda. Oila to'g'risidagi qonun hujjatlari hamda ularning vazifalari Oila to'g'risidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeksdan hamda unga muvofiq qabul qilinadigan boshqa qonun hujjatlaridan iborat. Oila to'g'risidagi, qonun hujjatlarining vazifalari oilani mustahkamlashdan, oilaviy munosabatlarni o'zaro muhabbat, ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish hamda oila oldida uning barcha a'zolarining masulligi hissi asosida qurishdan, biron-bir shaxsning oila masalalariga o'zboshimchalik bilan aralashishiga yo'l qo'ymaslikdan, oila a'zolari o'z huquqlarini to'sqinliksiz amalga oshirishini hamda bu huquqlarning himoya qilinishini ta'minlashdan iboratdir. 2-modda. Oilaviy munosabatlarda ayol va erkakning teng huquqliligi Oilaviy munosabatlarni tartibga solish erkak va ayolning ixtiyoriy ravishda nikohlanib tuzgan ittifoqi, yer va xotinning shaxsiy hamda mulkiy huquqlari tengligi, ichki oilaviy masalalarning o'zaro kelishuv yo'li bilan xal qilinishi, oilada bolalar tarbiyasi, ularning farovon hayot kechirishi va kamoloti haqida g'amxurlik qilish, voyaga yetmagan va mehnatga layoqatsiz oila a'zolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish ustuvorligi tamoyillari asosida amalga oshiriladi. 3-modda. Oilaviy munosabatlarda fuqarolarning teng huquqliligi Barcha fuqarolar oilaviy munosabatlarda teng huquqlarga egadirlar. Nikoh tuzish chog'ida jinsi, irqi, millati, tili, dini, ij-timoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei hamda boshqa holatlarga qarab, huquqlarni muayyan tarzda bevosita yoki bilvosita cheklashga, bevosita yoki bilvosita afzalliklar belgilashga hamda oilaviy munosabatlarga aralashishga yo'l qo'yilmaydi. Oilaviy munosabatlarda fuqarolarning huquqlari faqat qonunga asosan va faqat oiladagi boshqa a'zolarning hamda o'zga fuqarolarning axloqi, shani, qadr-qimmati, sog'ligi, huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida zarur me'yordagina cheklanishi mumkin. 4-modda. Oilaning, onalik, otalik va bolalikning muhofaza qilinishi O'zbekiston Respublikasida oila, onalik, otalik va bolalik davlat himoyasidadir. O'zbekiston Respublikasida onalik va otalik izzat-ikromga hamda hurmatga sazovordir. Ona va bola manfaatlarini muhofaza qilish ayollarning mehnati va sog'lig'ini saqlashga doir maxsus tadbirlar ko'rish, mehnatni onalik bilan bog'lab qo'shib olib borish uchun ayollarga sharoit yaratish, onalik va bolalikni huquqiy himoya qilish, moddiy va ma'naviy jihatdan qo'llab-quvvatlash yo'li bilan ta'minlanadi. 5-modda. Oila to'g'risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlar Oila to'g'risidagi qonun hujjatlari nikoh tuzish, nikohning tugatilishi (tugashi)1 va uni haqiqiy emas deb topish shartlari va tartibini belgilaydi, oila a'zolari: yer-xotin, ota-ona va bolalar (farzandlikka oluvchilar va farzandlikka olinganlar) o'rtasidagi, oila to'g'risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xollarda va doirada esa qarindoshlar hamda o'zga shaxslar o'rtasidagi shaxsiy nomul-kiy va mulkiy munosabatlarni tartibga soladi, shuningdek ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni oilaga olish shakl va qoidalarini, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tartibini belgilaydi. 6-modda. Oilaviy munosabatlarga nisbatan fuqarolik qonun ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.19 KB
Ko'rishlar soni 135 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.19 KB
Ko'rishlar soni 135 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga