Milliy g'oyaning jamiyat ijtimoiy-siyosiy tizimida namoyon bo'lish xususiyatlari Mustaqillik tufayli O'zbekiston ijtimoiy hayoti rivojlanishi mafkuralar va fikrlar xilma xilligiga asoslana boshladi. Bu rivojlanish va taraqqiyot uchun g'oyaviy jihatdan cheksiz imkoniyatlarni yuzaga chiqarish, insonlar salohiyatidan foydalanish, u yoki bu muammoni «bir xil», «belgilab qo'yilgan» standart, reja, andozalar asosida emas, uning turli xil yo'llarini, shart-sharoitlarini, omillarini hisobga olgan holda yondashib hal etish imkoniyatini berdi. Buni iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy hayotni izchillik bilan modernizatsiyalash jarayonlarida ko'rish mumkin. Masalan, mulkning xilma-xilligi g'oyasini etirof etilishi va unga o'tilganligi, iqtisod sohasining erkin rivojlanishi uchun milliy g'oya va mafkurani hayotga tadbiq etish imkoniyatini beradi. Ijtimoiy-siyosiy hayotda turli xil siyosiy va ijtimoiy institutlar faoliyat yurita boshlaganligi ularga o'z g'oyasi va mafkurasi bilan bog'liq hayot muammolarining yechimiga qarashga, turli xil yo'llarini izlashga sharoit yaratilmoqda!? Plyuralizm asosida shakllanayotgan siyosiy muhit turli xil fikrlarni, g'oyalarning yuzaga chiqishiga, jamiyatni mafkuralar xilma-xilligi asosida rivojlanishiga muhim omil bo'lib xizmat qilmokda. Eng muhimi, demokratik ijtimoiy ideal, g'oya va jamiyat o'rtasidagi bog'liqlik yangicha kontseptual asosda, munosabatda o'zining yechimini topa boshladi. Inson ongi va tafakkurining jamiyat hayotiga faol ta'siri bilan bog'liq yangi g'oyalar, qarashlarning ustuvor ahamiyatiga etibor berila boshlandi. Bunga nazariy-metodologik jihatdan yondashganda uni I.A.Karimovning «ong va tafakkur o'zgarmasa hayot o'zgarmaydi» degan g'oyaviy konseptual fikrida aniq ko'rish mumkin. Bu g'oya va jamiyat munosabatida shakllangan an'anaviy qarashlarni xam yangicha idrok etilishiga undaydi, g'oya va mafkuraviy qarashlarning jamiyat hayotiga ta'siriga alohida ahamiyat berishga olib keladi. Jamiyat hayotida ayrim g'oyalarni aqidaga aylantirish qanchalik nosog'lom muhitni, qarashlarning shakllanishiga sabab bo'lsa, bunyodkor, ezgu g'oyalarning jamiyat taraqqiyotiga yo'naltiruvchilik kuchini anglamaslik demokratik g'oyalarning manosiga zid holatdir. Bu oddiy haqiqatni anglamayotgan, bizni tanlagan yo'limizdan qaytarishga urinayotgan nosog'lom, jangari guruhlar faoliyati bilan bog'liq g'oyalar hamon uchrab turibdi. Ular demokratik tafakkur, mafkuralar xilma-xilligini etirof etishdan yiroq, aqidaparast kuchlardir. «Aqidaparastlik» g'oyasi milliy g'oyaga ham, mafkuralar xilma-xilligi g'oyasiga ham mutlaqo to'g'ri kelmaydi. Chunki, ularning ongida va tafakkurida ayrim aqidani oxirgi haqiqat deb qabul qilish orqali, undan bilib yoki bilmasdan tajovuzkorlik maqsadida foydalanishga urinish mavjud!? Shuning uchun ham har bir inson o'zida demokratik ong va tafakkurni, g'oyani shakllantirishi muhimdir. Yurtboshimiz aytganlaridek, «Demokratik tafakkur jamiyatni har qanday diniy aqidaparastlik og'usi ta'siridan forig' etishga kodir». Demokratik tafakkur esa ochiq jamiyat tamoyillariga, mafkuralar, g'oyalar xilmaxilligiga asoslanadi. Unga amal qilish ijtimoiy hayotning muhim asosidir. Uning milliy negizlariga alohida ahamiyat berish lozim. Jamiyatda fuqarolarimizning mustaqil va erkin fikrlash, bahsmunozara yuritish ko'nikmalarini oshirishga etiborni qaratish, demokratik tamoyillar bilan ijtimoiy o'zgarishlarni uzviylikda ko'rish va drok etish madaniyatini, mas'uliyatini shakllantirish muhimdir. Hozir O'zbekistonda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 08:13:38
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
36.89 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Mar 2024 [ 08:13 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
36.89 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:09 ]
Arxiv ichida: docx