Mustaqil O'zbekiston rivojining ijtimoiy-falsafiy jihatlari

Mustaqil O'zbekiston rivojining ijtimoiy-falsafiy jihatlari

O'quvchilarga / Falsafa
Mustaqil O'zbekiston rivojining ijtimoiy-falsafiy jihatlari - rasmi

Material tavsifi

Mustaqil O'zbekiston rivojining ijtimoiy-falsafiy jihatlari 1991 yilning 31 avgustidan etiboran, ona Vatanimiz ko'hna tarixi solnomasida yangi sahifa - O'zbekistonning milliy davlat mustaqilligi davri boshlandi. Diyorimizda qariyb bir yarim asr davomida hukm surgan mustamlaka-chilik, mustabidchilik tuzumlari barham topdi. Xalqimizning azaliy orzu-umidlariga erishishi, armonlarini ushalishining debochasi bo'lmish ushbu taq-dirilomon vaziyatda jamiyatimiz oldida qator murakkab masalalar, muammolar kundalang bo'ldi. Mustaqillik nima o'zi, biz, endilikda, qaysi yo'ldan va qayoqqa qarab yuramiz, kechagi kunning uzoq hamda yaqin o'tmishidan nimalarni o'zimiz bilan kelajak uchun olamiz va ularning nimalaridan voz kechamiz kabi savollar butun ijtimoiy ongimizni qamrab oldi. Iqtisodiyotdan siyosatgacha, moddiylikdan ma'naviyatgacha, ijtimoiylikdan inson shaxsigacha, davlatchilikdan fuqarolikkacha, uzoq tariximizdan hozirgi kunimiz va ertangi taqdirimizgacha taalluqli bo'lgan barcha jabhalar, voqea, hodisa hamda narsalarni aql-zakovatning xolis tarozisiga qo'yish zarurati tug'ildi. Mazkur holatni chuqur anglagan mamlakatimiz yo'lboshchisi - O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimov, istiqlolimizning ilk bosqichidayoq butun jamiyat ahliga qarata: ma'naviyatsiz hech qanday taraqqiyot yo'q va uning bo'lishi ham mumkin emas! - deb xitob qildi. Ushbu purhikmat xitob yosh o'zbek milliy davlati pasmiy siyosatining o'ziga xos darakchisi sifatida namoyon bo'ldi. Mustaqillik mustabid sho'rolar mamlakatining, uning tanho hukmron mafkurasi tomonidan chizib berilgan «temir yo'llari» bo'ylab harakat qiluv-chi «poezdidan» o'z «vagonimizni» ajratib olishdangina iborat jarayon emasdi. U, avvalambor, mazkur «vagon» ichida o'rnatilgan g'ayriinsoniy tartibotlarga barham berishga hamda unga erkinlik negizidagi o'ziyurarlik tabiatini ato etishga qaratilgan edi. Buning uchun sho'rolar tuzumidan meros bo'lib o'tgan ma'naviy inqirozdan xalos bo'lish choralarini ko'rmoq kerak bo'ldi. Siyosiy jihatdan elon qilingan mustaqilligimizni hayotiy voqelikka aylantirishning tubida yotgan muammolarning jiddiyligiga mamlakatimiz fuqarolarining diqqat-etiborini qaratib, davlatimiz rahbari quyidagi fikrni alohida takidladi: «Markazlashtirilgan tartibda rejalashtirish va boshqaruvning ma'muriy buyruqbozlik uslubidan bozor iqtisodiyotiga o'tish - bu mavjud xo'jalik yuritish usulini yangilash yoki takomillashtirish emas, balki tamoman yangicha xo'jalik yuritish tizimini joriy etishdir. Bu bir sifat holatidan ikkinchisiga o'tishdir. Bu odamlar uchun mutlaqo yangi hayot falsafasidir». Mustaqillik, uni mustahkamlash, yurtimizda ijtimoiy adolatga asoslangan insoniy jamiyat qurish vazifasi bilan bog'liq tarzda oldimizda ko'ndalang bo'lgan muammolarni tahlil etar ekanmiz, dastlabki davrda, hayotimizdagi salbiy illatlarning sabablarini, ko'proq ikkinchi darajali, hosilaviy tusdagi, o'tkinchi, juziy hodisalardan axtarish bilan mashg'ul bo'ldik, qariyb chorakam bir asr davomida ildiz otgan nomaqulchiliklarni bir zumda hal etishni xohish-istak qildik. Bunday xatti-harakatlar zamirida, boshqa sabablar bilan bir qatorda, jamiyatimizdagi umumiy falsafiy madaniyat darajasining pastligi ham yotardi. Zero, sho'rolar istibdodiy tuzumi falsafani asosan o'z rasmiy siyosatining «dastyoriga», maddohiga aylantirgan, undagi ilmiylik, xolislik, ijodiy tafakkurning timsolilik xislatlarini siqib chiqargan edi. Biron-bir sog'lom jamiyatni sog'lom ma'naviyatsiz, uning muhim, o'zagiy tusdagi tarkibiy qismi - cog'lom falsafasiz tasavvur etish aslo mumkin ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.81 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.81 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga