Mustaqillik va islom axloqiy qadriyatlari. Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so'ng xalqimizning azaliy axloqiy qadriyatlari qayta tiklandi, yangidan ko'z ochdi va taraqqiy eta boshladi. O'tgan asrning oxirida jahon ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotida yuz bergan tub o'zgarishlar ikki qutbli dunyoning barham topishi, nisbiy muvozanatni buzib, jahonning mafkuraviy manzarasini tubdan o'zgartirib yubordi. Tarix olis yo'lni bosib o'tgan bo'lsa-da, so'nggi XX asr o'zining o'zgarishlarga boyligi, kashfiyotlari va tahdidlari bilan o'tgan asrlardan ancha o'zib ketdi. Bulardan sotsializmning inqirozi va mustaqil davlatlar, jumladan O'zbekistonning tashkil topishi ham katta ahamiyatli voqealar sirasiga kiradi. O'zbekiston mustaqil davlat sifatida etirof etilgach, sobiq siyosiy, iqtisodiy va mafkuraviy tizimlardan voz kechildi. Tarix eski tizim umrini yashab bo'lganligini ko'rsatdi. Jamiyat hayotining barcha sohalarida izchillik asosida islohotlar o'tkazila boshladi. O'zbekiston boshqaruvning demokratik yo'lini tanladi, iqtisodiyotda bozor munosabatlari shakllana boshladi, islom axloqiy qadriyatlar bilan bir qatorda umuinsoniy axloqiy qadriyatlarning tiklanishiga va jamiyatda amal qilinishiga asos yaratildi. Bu jarayonlar dunyoga «taraqqiyotning o'zbek modeli» nomi bilan tanildi. Uzoq vaqt dunyodan ayri, uzilgan holatda yashagan xalq dunyoga erkin chiqish, erkin munosabatlarda bo'lish, zo'ravonlikdan holi muhitga moslashish imkoniyatlariga ega bo'ldi. Xalqimiz iqtisodiy va ma'naviy o'zgarishlarni boshdan kechirib, asta-sekin ijtimoiy munosabatlarning jiddiy qonunlarini o'rganib borayapti. Dunyoning ilg'or mamlakatlari bozor munosabatlariga ancha ilgari qadam qo'ygan va katta tajriba to'plagan. Xalqimiz ular tajribasidan juda ko'p narsa o'rganish imkoniyatiga ega. Bizdan oldin bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat yo'liga ko'plar o'tgan va ulardan nimalarnidir o'rganishimiz mumkin. O'zbekistonning so'nggi o'n yildagi o'zgarishlari ko'lami o'zining asrlarga tengligi bilan ham kishini o'ziga tortadi. Bozor munosabatlari asosida shakllangan iqtisodiyot hozirgi davr talabi, taraqqiyotning mezoni. Iqtisodiyotimizda yangi bozorga xos munosabatlar shakllanib borayapti. Biz chet dunyo bilan faol aloqaga kirishdik. Bular islom axloqiy ma'naviyatimiz, islom axloqiy qadriyatlarimiz tizimiga aks ta'sirini ko'rsatmasligi yo'lida ham bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Chunki bozor sharoitida islom axloqiy munosabatlar, islom axloqiy qadriyatlar va umuman millat ma'naviyatiga tahdid soladigan kuchlar, o'zgarishlar mavjudligi kishini o'ylashga majbur qiladi. Insonlarning juda oz qismi o'z aql-idroki bilan yashaydi, qolgan aksariyat qismi, o'zlashtirib olishga moyilligi bilan ajralib turadi. Bu ayniqsa keyingi paytlarda g'arbcha qiyinish, fikrlash, o'zaro munosabatlarda yoshlar o'rtasida keng yoyilayotganligi bilan yaqqol ko'zga tashlanayapti. Bugungi bizni oldimizda turgan muhim vazifalardan biri yoshlar tarbiyasi bo'lib, ularda islom axloqiy ong, islom axloqiy g'ururni shakllantirish, islom axloqiy qadriyatlardan muhofaza quroli sifatida foydalanish lozimdir. Xalqimiz juda boy ma'naviy meros yaratgan, ajdoddan avlodga etib kelgan bu axloqiy qadriyatlar, adolatli hakam vaqtning sinovidan o'tgan. Agar ulardan qisqa o'n-o'n besh yilda voz kechilsa juda katta ma'naviy yo'qotish yuz bergan bo'lar edi. Insonni jisman yo'qotadigan atom va issiqlik quvvatidan tashqari ichdan ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 08:13:38
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.85 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Mar 2024 [ 08:13 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.85 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:09 ]
Arxiv ichida: docx