Mustaqillik va islom ta'limoti

Mustaqillik va islom ta'limoti

O'quvchilarga / Falsafa
Mustaqillik va islom ta'limoti - rasmi

Material tavsifi

Mustaqillik va islom ta'limoti. Har qanday ko'p millatli mamlakatda millatlararo totuvlik muhitini yaratish katta ijtimoiy-siyosiy jarayondir. O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimov takidlaganidek «O'zbekistondek ko'p millatli davlatda etnoslar hamda millatlar o'rtasidagi munosabatlar milliy xavfsizlik tushunchasini shakillantiruvchi ta'sirchan omillardan biridir». Shu bois sho'ralardan keyingi makonda yangi mustaqil davlatlar shakillanishida etnoslararo va millatlararo munosabatlarning uyg'unlashtirishning dolzarbligining ahamiyati yanada ortadi. Nazokat va extiyotkorlik bilan yondashish lozim bo'lgan bu masala ko'p millatli davlatlar sirasiga kiruvchi O'zbekiston Respublikasi uchun alohida dolzarbdir. «O'zbekiston - deydi I.A.Karimov,- insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e'tiqodlaridan qatiy nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta'minlab beradigan davlatdir». Mamlakatda demokratik siyosiy islohatlarni amalga oshirishga alohida yondashilmoqda. O'zbekistonda davlat qurilishi modeli uning hududida tarixan tarkib topgan jamiyatning ko'p millatli tarkibini saqlab qolish va mustahkamlash hamda ushbu omildan demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishdek pirovard maqsad vazifalarni bajarish g'oyasiga asoslanadi. Millatlararo va dinlararo totuvlik jamiyatning o'z-o'zida yuzaga keluvchi holat bo'lmay, O'zbekiston davlatining milliy siyosati natijasidir. Bu siyosatni ro'yobga chiqarishda davlat idoralari, jamoat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalarining faoliyati muxum rol o'ynaydi. Respublikaning rivojlanishi davlat nafaqat iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalarda, balki turli millatlar va dinlar o'rtasida do'stona munosabatlarni ta'minlashda ham yetakchi islohotchi bo'lib qolayotganini ko'rsatmoqda. O'zbekiston ko'p millatlik va ko'p dinlik sharoitida millitlararo hurmat va totuvlik ruhi bilan doim ajralib turgan. Mamlakat oqilona evolyutsion, bosqichma-bosqich iqtisodiy, davlat-siyosiy va ijtimoiy islohotlar yo'lini tutgani bugun kunday ravshan. O'zbek zaminida istiqomat qiluvchi barcha millat va elat vakillari bir-birini o'zaro tushunishiga va totuvlikka intilayotgan Respublikadagi barqarorlikni o'ziga xos alomatidir. Shu bois «o'tish davri» deb ataladigan eng qiyin davr osoyishta buzilishlarsiz shok jazavaga berilmay, katta-katta tashqi qarzlarsiz davom etmoqda. I.A.Karimov o'zining «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» degan kitobida dinga munosabatini etarli darajada aniq ifodalab berdi: «Biz din bundan buyon ham axloqni eng oliy ruhiy, axloqiy va ma'naviy qadriyatlardan, tarixiy va madaniy merosdan bahramand qilishi tarafdorimiz. Lekin biz hech qachon diniy davatlar hokimiyat uchun kurashga, siyosat, iqtisodiyot va qonunshunoslikka aralashish uchun, bayroq bo'lishiga yo'l qo'ymaymiz. Chunki bu holatni davlatimizning barqarorligi uchun jiddiy xavf xatar deb hisoblaymiz». Prezidentimiz o'z intervyularidan birida: «Bu masalani hal qilishdagi bizning nuqtai nazarimiz ravshan va qatiy: din diniy ishlar bilan, davlat esa -davlat ishlari bilan mashg'ul bo'lishi kerak». Holbuki, I.A. Karimovning dinga ancha vazmin yondashuvi diniy ekstremistlarga so'zsiz xush kelmaydi. Ular yurtboshimiz tomonidan O'zbekistonni ma'naviy qayta tiklash uchun qilayotgan sayi harakatlarini yo'qqa chiqarishga harakat qilishdan ham qaytmadilar. Mufti Abdurashid qori Bahromov aytgandek: «Mustaqillik dinimizni va islom diniimizni qayta tiklash ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.86 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.86 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga