Mustaqillik va milliy munosabatlar Mustaqillik O'zbekiston hayotida yangi sahifani ochdi. O'zbek xalqi o'zining ko'p ming yillik tarixida birinchi marta o'z mustaqil milliy davlatini yuzaga keltirdi. Mustaqillikning ahamiyati shundan iboratki, u millat oldidv yangi imkoniyatlar ochadi, uning rivojlanishini tezlashtiradi. Ana shu sababli har bir halq, har bir millat mustaqillikni orzu qiladi. O'zbek xalqi ana shu orzusiga erishdi. «Endigi dolzarb vazifamiz, - deydi Prezidentimiz I.A.Karimov, bu jarayonlarning ilmiy-nazariy asoslarini, ularning yangi-yangi qirralarini mukammal ochib berish o'qituvchilarimiz, talabalarimizga, keng jamoatchilikka sodda, lo'nda qilib tushuntirib berish va ularni yangi hayot, zamontalablariga javob beradigan jamiyat qurilishining faol va jo'shqin ishtirokchilariga aylantirishdan iborat». Bu vazifami bajarish esa o'z-o'zidan bo'lmaydi. Mustaqillik - imkoniyat beradi, yo'l ochadi, ammo bu imkoniyatdan foydalanib, mamlakat taraqqiyotini yangi darajaga ko'tarish bizga, bizning mehnatimiz, uyushqoqligimiz, tashabbuskorligimizga bog'liq. Binobarin, gap bizning, yani O'zbekiston aholisining, uyushqoqligida, birga harakati va mehnatining samaradorligidadir. Bu borada yuksak ko'rsatkichlarga erishmoq uchun mamlakatimizning barcha aholisi o'z mehnatining zoe ketmasligiga. Lekin, bu natijalarga erishishda qator qiyinchiliklarga duch kelamiz. Ulardan biri O'zbekiston aholisining ko'p millat va elatlardan tashkil topganligidir. Ularning har biri o'z tili, milliy urf-odatlari, milliy madaniyati, ma'naviyati, qoida va an'analariga ega. Bu narsalarni hech bir vaqt inkor etib bo'lmaydi. Ular bilan hisoblashmoq zarur va mukarrar. Har bir millat va elatning tili, madaniyati, urf-odatlari va an'analarini hurmat qilibgina biz ularning ezoziga sazovop bo'lamiz. Yuqorida aytilgan mulohazalardan malum bo'lib turibdiki, O'zbekiston aholisini jipslashtirish, birlashtirish mamlakatimiz oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir. Bu maqsadga erishmoq uchun millat nima, nima uchun har bir millat o'ziga xos til, madaniyat, urf-odatlar va an'analarga ega, ularni qanday qilib inobatga olmoq mumkin va darkor, millatlarning o'zaro munosabatlarida birinchi navbatda qanday jihatlar bilan hisoblashmoq zarur, - bularning hammasi mamlakatimizning har bir fuqarosiga malum bo'lishi kerak. O'shandagina O'zbekistondagi barcha millat va elatlar orasida nizo, norozilik, g'animlik, yotsi- rash, xudbinlik kabi nuqsonlarga yo'l qo'yilmaydi, mamlakatimiz aholisining totuvliti, hamjihatliligi, hamkorligi, o'zaro bir- biriga bo'lgan hurmati o'sib, mustahkamlab boradi. Yangi, mustaqil O'zbekistonni ma'naviy yangilanishsiz qurib bo'lmaydi. Jamiyatni ma'naviy yangilashdan ko'zlangan bosh maqsad, - deydi Prezident I.A.Karimov, - yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq erkinligi va farovonligiga erishish, komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik va millatlararo totuvlik, diniy bag'rikenglik kabi ko'p-ko'p muhim masalalar- dan iborat. Prezidentimiz I.A.Karimovning bu fikridan shu narsa muqqarrar bo'ladiki, millatlararo totuvlik mustaqillik sharoitida yangi siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy asosga tayanib shakllanadi. Ko'p millatli davlatda millatlararo totuvlik ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va taraqqiyotni ta'minlashning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Uning qaror topishida jamiyat rivojlanishining ustuvor yo'nalishlari, turli ijtimoiy guruhlar va siyosiy kuchlarning pironard maqsadlarini ifodalaydigan g'oyaviy jarayonlar ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 08:13:38
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
26.76 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Mar 2024 [ 08:13 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
26.76 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:09 ]
Arxiv ichida: docx