Mustaqillikning nazariy va falsafiy asoslari. Mustaqillik - jamiyat taraqqiyotining muhim omili Mustaqillik ijtimoiy, siyosiy, falsafiy, huquqiy, iqtisodiy sohalar uchun umumiy tushuncha bo'lib, davlatning, xalqning boshqalarga qaram bo'lmagan holda o'z ichki va tashqi muammolari va munosabatlarini hal qila olish huquqi va imkoniyatiga ega bo'lishini bildiradi. Milliy mustaqillik va davlat mustaqilligi tushunchalari bir-biri bilan uzviy bog'liq bo'ladi. Lekin, davlat mustaqilligi tushunchasi mazmun va mohiyati jihatidan kengroqdir. Biz bu o'rinda muammoning milliy mustaqillik bilan bog'liq tomonlarini ko'rib chiqamiz. Mustaqil davlat o'z taqdirini o'zi belgilash huquqiga ega. U boshqa davlatlar huquqlarini, xalqaro ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy manfaatlar nuqtai nazaridan qabul qilingan normalarni buzmagan holda ish ko'radi. Mustaqil milliy davlatlar o'rtasidagi munosabatlar teng huquqlilik, bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik, boshqa davlatlarga hujum qilmaslik, ularning hududiy daxlsizligini hurmat qilish, siyosiy, iqtisodiy va milliy manfaatlariga putur etkazmaslik bilan bog'liqdir. Mustaqillikning asosiy mezonlari mavjud bo'lib, ular har bir davlat o'z Konstitutsiyasiga ega bo'lishi, hududi barqarorligini, daxlsizligini, hududiy-ma'muriy tizimini belgilay olishi, fuqarolarni qabul qilish huquqiga ega bo'lishi, o'z taraqqiyot yo'lini tanlay olishi, hokimiyat va boshqarish organlarini belgilashi, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlari mavjudligi, davlat tili va o'z harbiy tuzilmalariga egaligi, milliy, xavfsizligining tashkil bo'lganligi, xorijiy davlatlar bilan teng huquqli aloqalar o'rnatishi, o'z byudjetiga egaligi, gerbi, bayrog'i, madhiyasi, poytaxti borligi, mustaqil qonunlar va farmon chiqara olishi va shu kabilar bilan belgilanadi. Mustaqil davlat xalq, mamlakat barqaror rivojlanishi, o'z imkoniyatlaridan to'la foydalanishining asosiy omilidir. Milliy mustaqillikka erishish har qanday davrlarda ham og'ir, ziddiyatli sharoitlarda amalga oshgan. Bu murakkab vaziyatlarda mustaqillikka erishgan davlat mustamlakachilik davridan qolgan og'ir merosni tezda bartaraf etishi, ulkan istiqbol rejalarini o'z oldiga qo'yishi, ommani asta-sekin tarbiyalab, ijtimoiy, siyosiy faolligi va milliy ongini oshirib borishi, yangi ulkan rejalarni bajarishga safarbar etishi kerak. Milliy mustaqillik ulkan siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy o'zgarishlarni amalga oshirishning asosiy shartlaridan biri bo'lgan milliy uyg'onishni ham o'z ichiga oladi. Mustaqil davlat o'z taraqqiyoti yo'lini belgilashi uch muhim omilni hisobga olish bilan bog'liqdir. Bular quyidagilar: 1. Mamlakatning mustaqil taraqqiyotiga asos bo'ladigan, unga sharoit yaratib beradigan siyosiy, iqtisodiy imkoniyatlar, tabiiy boyliklarning mavjudligi, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi. 2. Xalqning milliy ongi, birdamligi, hamjihatligi, milliy g'ururi, vatanparvarlik tuyg'ulari kuchli bo'lishi, o'z tirixi, an'analari qadriyatlari-ni chuqur bilishi, davlatning, mamlakatdagi ijtimoiy, siyosiy kuchlarning asoslangan, uzoqqa mo'ljallangan, mustaqil taraqqiyot manfaatlari bilan belgilangan rejalarning bo'lishi. 3. xalqaro vaziyat mo'tadilligi, qo'shni davlatlar, ulardagi ijtimoiy, siyosiy kuchlarning mustaqil taraqqiyot qo'liga o'tayotgan davlatga nisbatan bo'lgan adolatli munosabati. Mustaqil taraqqiyot yo'lining bu omillari bir-biri bilan uzviy bog'liqdir. Mustaqillikka erishgan davlatning etarli ijtimoiy, ma'naviy, iqtisodiy imkoniyatlari bo'lmasa, ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 08:13:38
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.64 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Mar 2024 [ 08:13 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.64 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:09 ]
Arxiv ichida: docx