Nodavlat-notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarini rivojlanish jarayonlari Nodavlat-notijorat tashkilotlar dastlab jamiyatni o'zini-o'zi boshqarishi asosida, yani fuqarolik jamiyatining mustaqil ijtimoiy birlik sifatida yashashini ta'minlash ehtiyojlari va manfaatlari asosida paydo bo'ldi. XX asrga kelib nodavlat-notijorat tashkilotlar fuqarolik jamiyatining muhim va asosiy institutlaridan biriga aylandi. Fuqarolik jamiyatining ilk shakllanish davri nodavlat tashkilotlarning paydo bo'lishi bilan bog'liqdir. Siyosiy tizimda demokratik qadriyatlar keng o'ringa ega bo'lib borgani sari muhim ijtimoiy muammolarni hal etishda uchinchi sektor deb ataluvchi nodavlat-notijorat tashkilotlar muhim o'rin tuta boshladi. Hozirgi davrda uchinchi sektor tushunchasi dunyodagi barcha mamlakatlarda hayriya maqsadlarida tashabbus kursatayotgan va keng faoliyat yuritayotgan nodavlat tashkilotlarga (NNT) nisbatan qo'llanishi keng tus oldi (birinchi sektor - davlat, ikkinchi sektor - tijorat sektori yoki shaxsiy sektor deyiladi). Hozirgi davrda fuqarolik jamiyatini shakllantirish, huquqiy davlat qurish vazifalari nodavlat-notijorat tashkilotlarni yanada rivojlantirishni taqozo etmoqda. Fuqarolik jamiyati sharoitlarida fuqarolarning turli-tuman o'zaro munosabatlari va hamkorligi, ularning ixtiyoriy ravishda jamiyat boshqaruvida ishtirok etishi jarayonlari asosan nodavlat-notijorat tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Davlat bilan jamiyatning bir-birlaridan begonalashmasligi ham nodavlat-notijorat tashkilotlar faoliyatining rivojlanishi bilan bog'liqdir. Hozirgi davrda rivojlangan mamlakatlarda nodavlat-notijorat tashkilotlarni xar tomonlama takomillashtirish natijasida kuchli fuqarolik jamiyati qurishga erishildi. O'z o'rnida, bu jamiyat fuqarolar huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda aholi ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish va ularning siyosiy qarorlar qabul qilishda faol ishtirok etishini ta'minlashda muhim omil bo'lmoqda. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 34-moddasidagi O'zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar kabi fuqarolarning jamiyat institutlarida ishtirok etishini ta'minlab beradigan huquqiy asoslarning etirof etilishi Respublikada jamiyat taraqqiyoti insoniyat hayotining bir necha asrlar mobaynidagi tajribalari va sinovlaridan muvaffaqiyatli o'tgan erkinlik jamiyati - fuqarolik jamiyati sari intilayotganligini anglatadi. Hozirgi davrda O'zbekistondagi nodavlat-notijorat tashkilotlar va siyosiy partiyalar faoliyati 1991 yil 14 fevralda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining Jamoat birlashmalari to'g'risidagi Qonuni (1997 y. aprelda qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritilgan), O'zbekiston Respublikasining Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to'g'risidagi Qonuni (1992 y. iyul), O'zbekiston Respublikasining Siyosiy partiyalar to'g'risidagi Qonuni (1996 y. dekabr), O'zbekiston Respublikasining Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida yangi tahrirdagi Qonuni (1998 y. may), O'zbekiston Respublikasining Fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari to'g'risida yangi tahrirdagi Qonuni (199 y. aprel), O'zbekiston Respublikasining Nodavlat-notijorat tashkilotlari to'g'risidagi Qonuni (199 yil aprel) kabi qonunlar vositasida muvofiqlashadi. O'zbekistonda nodavlat tashkilotlarga doir qonunchilik rivojlangan mamlakatlar tajribasi, xalqaro huquqiy me'yorlar va milliy an'analar asosida shakllantirilgan bo'lib, u o'zida demokratik prinsiplar va qadriyatlarni mujassamlashtiradi. Mamlakatda davlat bosh islohotchi sifatida nodavlat tashkilotlarning qonunchilik asoslarini har tomonlama rivojlantirishga muhim ahamiyat bermokda. Parlamentda nodavlat-notijorat tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishga ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 08:13:38
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
43.97 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Mar 2024 [ 08:13 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
43.97 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:09 ]
Arxiv ichida: docx