Oila g'oyaviy ta'sir ko'rsatishning ijtimoiy instituti sifatida. Milliy g'oya - millat tafakkurining mahsuli, ijtimoiy ongning yuqori darajadagi shakli, xalq falsafasining o'zagidir. Turli xalqlarning milliy g'oyasi ularning maqsad-muddaolarini, orzu-umidi va ishonch-e'tiqodini ifodalaydi, ayni paytda, muayyan tamoyil va negizlarga asoslanib rivojlanadi. Tarix saboqlari guvohlik berishicha, o'tkinchi manfaat va g'aliz niyatlarga tayangan, o'zga xalqlar va yurtlarga tajovuz qilishni, bosqinchilikni ko'zlagan yovuz g'oya va mafkuralar millat va davlatlarni tanazzulga duchor etgan. Faqat ezgu g'oyalar va yuksak qadriyatlar negizida shakllangan milliy g'oyalar xalqlarni taraqqiyotga eltgan. O'zbekiston xalqining milliy istiqlol g'oyasi umuminsoniy va milliy qadriyatlarga tayanadi. Bularning biri ikkinchisini inkor etmaydi. «Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida quyidagi milliy xususiyatlar qayd etilgan: -xalqimiz hayotida qadim-qadimdan jamoa bo'lib yashash ruhining ustunligi; -jamoa timsoli bo'lgan oila, mahalla, el-yurt tushunchalarining muqaddasligi; -ota-ona, mahalla-ko'y, umuman, jamoatga yuksak hurmat-etibor; -millatning o'lmas ruhi bo'lgan ona tiliga muhabbat; -kattaga - hurmat, kichikka - izzat; -mehr-muhabbat, go'zallik va nafosat, hayot abadiyligining ramzi - ayol zotiga ehtirom; -sabr-bardosh va mehnatsevarlik; -halollik, mehr-oqibat va hokazo». O'zbek milliy qadriyatlari inson va millat hayotining barcha jabhalarida namoyon bo'ladi. Milliy tabiatimizga xos bo'lgay mehr-oqibat, muruvvat, andisha, or-nomus, sharmu-hayo, ibo-iffat kabi betakror fazilatlar, xalqimizni ko'p jihatdan ajratib turadigan bag'rikenglik, mehmondo'stlik, oqko'ngillilik xususiyatlarini tavsiflash orqali ularni butun qadriyat dara-jasida o'ringa ega ekanligini takidlash lozim. Insoniyatning ko'p ming yillik tarixi mobaynida oila, oilaviy munosabatlar juda kat-ta taraqqiyot yo'lini bosib o'tdi. Turli davrlar bularga o'z ta'sirini o'tkazdi. Mohiyati bir bo'lsa-da, turli xalqlarda oilaviy munosabatlar turli xil shakllarda namoyon bo'ldi. O'zbek oilalarida uch-to'rt, hatto besh avlod vakillari (yani, bobo-buvilar, ota-onalar, farzandlar, nevaralar va chevaralar) o'zaro ahillikda, bahamjihat umr kechiradilar. Har bir bo'g'inning o'z burchi va mas'uliyati, o'z erki va mavqei bor. Oila - muqaddas. Oila qurish - o'ta mas'uliyatli ishdir. «Oila - eskilik unsuri emas». U muqaddas, oilada millat kelajagi mujassam. Yoshlarni tarbiyalash, kamolotga yetkazish, ilm-hunar berish, uyli-joyli qilish - aksa-riyat oilalarning eng oliy maqsadidir. O'zbekning hayotdan ko'zlagan asl muddaosi - bola-chaqali bo'lish, bularning to'yini, orzu-havasini ko'rish. Yosh avlodni hayotga yo'llantirish, bular uchun muayyan boshlang'ich nuqta - start pozitsiyasi yaratib berishga nisbatan munosabat turli millatlar-da turlichadir. Ayrim xalqlar mentalitetida farzandlar voyaga etgach, oilasi, ota-onasini tashlab, faqat o'z kuchi bilan mustaqil oyoqqa turish uchun o'yini tark etadi. O'zi ham oila qurib, farzand ko'rib, uni katta qilganda- u ham avlodlar vorisligiga chek qo'yib, oilasini tark etadi. O'zbeklarda yoshlar uchun juda yuqori start pozitsiyasi yaratib, hayotga yo'llanadi. Uylana-yotgan yigitga kamida 1-2 xonali uy, turmushga chiqayotgan qizga mebel jihozlari va uy anjomlari taqdim etiladi. Ikki yosh ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 08:13:38
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.27 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Mar 2024 [ 08:13 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.27 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:09 ]
Arxiv ichida: docx