O'zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi

O'zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi

O'quvchilarga / Falsafa
O'zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirishni metodologik asoslari. Fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi Fuqarolik jamiyati institutlari - deyilganda, jamiyatning qaror topgan fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlaydigan muassasa, tashkilot jamoa, uyushma va ijtimoiy harakatlar hamda undagi lavozimlar tarkibi tushuniladi. Ular muayyan siyosiy va ijtimoiy faoliyatni amalga oshiradilar. Bu tushuncha mustaqillikdan oldingi davrda siyosiy institutlar deb yuritilgan. Ushbu davrda siyosiy institutlar jamiyatning siyosiy tizimi (sistemasi), deb yuritilib, uning tarkibiga kommunistik partiya, davlat, mehnat jamoalari, kasaba uyushmalari, komsomol va boshqa tashkilotlar kiritilgan. Sho'rolar Ittifoqi barbod bo'lgach, uning siyosiy tizimi ham barham topdi. O'zbekistonning o'z mustaqilligini qo'lga kiritishi o'z mohiyati, yo'nalishi va vazifalari jihatidan butunlay yangi fuqarolik jamiyati institutlarini maydonga keltirdi. Bular O'zbekistonning 1992 yilda qabul qilingan Konstitutsiyasida qonuniy mustahkamlangan. Yangi siyosiy institutlar faoliyatidagi maqsad va maslaklar mushtarakligi mustaqil O'zbekistonning ichki va tashqi siyosati muvaffaqiyatini ta'minlashga xizmat qiladi. Siyosat - bu davlatni, jamiyatni boshqarish san'ati va mahorati, turli tabaqa va guruhlarning o'zaro munosabatlari bilan bog'liq faoliyat doirasidir. O'zbekiston Konstitutsiyasining 10-moddasida takidlanadiki, jamiyatning biron-bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat va alohida shaxs O'zbekiston xalqi nomidan ish olib borishga haqli emas. O'zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti - davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig'i ish olib borishi mumkin. Fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlarining bu vazifalarni bajarish borasidagi ta'sirchan ishtiroki ham muhim omillardandir. Davlat o'z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko'zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik tamoyillari asosida amalga oshiradi. Davlat jamoat birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta'minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida majburan o'rnatilmaydi. O'zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari etirof etiladi. Jumladan, hozir faoliyat ko'rsatayotgan O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi, Adolat partiyasi, Milliy tiklanish partiyasi, O'zbekiston liberal-demokratik partiyasi va ijtimoiy harakatlar, siyosiy institutlar mafkuralarning va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Ular o'z nizom va dasturlariga egadir, Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko'radi. Ozchilikni tashkil etuvchi muholifatchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi mumkin emas. Diniy tashkilotlar va birlashmalar ham bo'lib, ular davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdir. Ularning faoliyat doirasini qonunlar bilan belgilanganga nisbatan cheklash yoki taqiqlab qo'yish faqat sud qarori asosidagana amalga oshirilishi mumkin. Inson huquqlari bo'yicha Vakil (Ombudsman) instituti, Oliy Majlis (parlament) huzuridagi amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Inson huquqlari bo'yicha Respublika milliy markazining tashkil etilishi va faoliyati inson huquqlariga rioya etishni umummillat darajasida rivojlantirishga qaratilgandir. Mazkur ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.41 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.41 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga