O'zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanish jarayonlar. O'zini- o'zi boshqarish organlari faoliyatini erkinlashtirishga doir islohotlar O'zbekiston taraqqiyotining bosh yo'li jamiyatni demokratlashtirish, adolatli, ochiq fuqarolik jamiyati qurishdan iboratdir. Demokratik jamiyat qurish bobida hamma davlat uchun tayyor qolip va andozalar yo'q. Islom Karimov dunyoda bir-biriga o'xshagan ikkita inson bo'lmaganidek, bir-biriga aynan o'xshagan ikki davlat ham yo'q deganida haqlidir. To'g'ri, demokratik jamiyatning xalqaro miqyosda etirof etilgan tamoyillari bor: insonning o'z xohish-irodasini erkin bildirishi va uni amalga oshirishi; ozchilikning ko'pchilikka bo'ysunishi; davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi; davlat hokimiyat organlarining saylab qo'yilishi va ularning saylovchilar oldida hisob berishi va boshqalar. O'zbekiston demokratik jamiyat qurishda ana shu tamoyillarga, umumjahon sivilizatsiyasiga asoslandi. Shuningdek, xalqimizning necha ming yillik tarixiy va ma'naviy taraqqiyotining hosilini, milliy davlatchiligimiz negizlarini, buyuk madaniyatimiz tomirlarini, ma'naviy merosimiz ildizlarini, milliy xususiyatlarimiz va boy an'analarimizni yangi jamiyat qurilishiga tatbiq etish yo'lidan bormoqda. Demokratik jarayonning individualizm falsafasiga tayanuvchi, inqilobiy o'zgarishlarga moyil g'arb namunasi O'zbekistonga unchalik to'g'ri kelavermaydi. Sharq falsafasi va islom dini ta'limotlarini aks ettiruvchi hamjihatlik g'oyasi va jamoatchilik fikrining ustuvorligiga tayanuvchi sharqona demokratik qadriyatlar O'zbekiston uchun asos qilib olindi. O'zbekistonda shoshma-shosharlikka yo'l qo'yilmasdan, odamlarning tafakkuri va ijtimoiy saviyasi bilan demokratik o'zgarishlar darajasi va suratlari bir-biriga qanchalik mutanosib ekanligi hisobga olinmoqda. O'zbekiston yangi jamiyat qurishda adolat va haqiqat g'oyasiga asoslanmoqda. Respublikamizda odamlar o'z qobiliyati va ehtiyojlarini to'la namoyon qilish va amalga oshirishlari uchun zarur bo'lgan dastlabki teng imkoniyatlarni, shu jarayonni vujudga keltiradigan huquqiy mexanizmni yaratishga katta etibor berildi. Negaki, busiz adolatli jamiyat qurib bo'lmaydi. Ana shunday imkoniyatlar yaratilgandan keyingina, har bir insonning taqdiri, turmushi, jamiyatdagi o'rni uning o'ziga, salohiyatiga, mehnat qilish istagi, oqil-u uddaburonligiga bog'liq bo'ladi. Fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish masalalari fuqarolik jamiyatini shakllantirishning ajralmas qismidir. Vatanimiz tarixi guvohlik beradiki, O'zbek jamiyatida jamoa bo'lib yashashning sinalgan shakli mahalladir. Mahalla so'zi arabcha Mahallun so'zidan kelib chiqqan bo'lib, aholi yashaydigan joy, guzar, uy-joy mavzelari degan manoni anglatadi. Mahalla shaharlar ichidagi kichik hududiy birlik bo'lib, o'tmishdan meros bo'lib kelmoqda. Malum bir mahallada istiqomat qiluvchi odamlar faqat qo'ni-qo'shnichilik rishtalari bilangina emas, balki ichki tartib-qoida, ma'naviy-axloqiy normalar, urf-odatlar, an'analar, umumiy manfaatlar va majburiyatlar bilan ham bog'liqdir. Agar Yevropamamlakatlaridagi shaharlarda odamlar ijtimoiy kelib chiqishiga qarab aslzodalar kvartali, kambag'allar kvartali va hoka'zolarga bo'linib yashasa, bizning Vatanimizdagi mahallalarda aholining turli ijtimoiy tabaqalari yonma-yon yashab kelmoqda. Mahalla hayotining jamoa bo'lib yashash tarzi jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan o'zini o'zi boshqarish tizimini keltirib chiqardi. Mahallaga uning hududida yashaydigan aholi tomonidan saylab qo'yiladigan oqsoqol boshchilik qilgan. El ishonchiga sazovor bo'lgan oqsoqol katta-yu kichikning boshini qovushtirib, mahalladoshlarning og'irini engillashtirish ishlari ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 08:13:38
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
31.59 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Mar 2024 [ 08:13 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
31.59 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:09 ]
Arxiv ichida: docx