O'zbekistonda g'oyaviy-mafkuraviy xavfsizlikni ta'minlash vazifalari. Globallashuv sharotida O'zbekistonda mafkuraviy xavfsizlikni ta'minlashning usullari va vositalari Bugungi globallashuv va modernizatsiya jarayonlarida hech bir jamiyat, davlat o'zicha yashay olmaydi. Shunday ekan, ularning ijobiy va salbiy ta'sirlari ijtimoiy hayotda, ayniqsa mamlakatning istiqbolini belgilashda o'z ta'sir kuchini ko'rsatmoqda. Ayniqsa, turli yo'llar bilan yoshlarimizni o'z ta'sir doirasiga olishga uriniyotgan oqimlar, ommaviy madaniyatlar yoshlarimizda milliy o'zlikdan begonalashish, vatansizlik, loqaydlik va shu kabi illatlarni keltirib chiqarishga qaratilmoqda. Bunday zamonaviy taqdidlarga qarshi tura olish mamlakatning strategik maqsad va vazifalarini amalga oshirishda milliy g'oya va uning asosiy tamoyillaridan hisoblangan milliy ma'naviy meros va islom madaniyatidan baholi qudrat oqilona foydalanish zamon talabidir. Zero, « tarbiyaviy - axloqiy masalalarda, ma'naviy hayotda, kerak bo'lsa, milliy manfaatlarimizga mos keladigan siyosatni izchil olib borishda o'z yo'limizni yo'qotmasligimiz uchun hech qanday g'oyaviy bo'shliqqa yo'l qo'ymasligimiz darkor». Mustaqillik ona-Vatanimizga va xalqimizga inson sifatida hayotdan bahra olib yashashi uchun katta imkoniyatlar eshigini ochib, el-yurt bo'lib, jahonda o'z o'rnini topishiga zarur bo'lgan shart-sharoitlarni yaratib berdi. Bularning bari imkoniyatlar darajasida qolib ketmasligi uchun har birimiz farzandlarimizni har tomonlama barkamol, irodasi baquvvat, iymoni butun bo'lib voyaga etishishi uchun ota-bobolarimizdan bizga meros bo'lib qolgan tarixiy, diniy va milliy qadriyatlarimizni o'zimiz avvalo har tomonlama o'rganishimiz hamda boshqalarga targ'ib va tashviq qilishda doimo oldingi safda bo'lishimiz lozim. Shu bois Yurtboshimiz takidlaganidek, avvalo, milliy mafkuramiz xalqimizning azaliy an'analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga, bir so'z bilan aytganda, o'z milliy qadriyatlarimiz, xalqimizning dunyoqarashi va tafakkuriga asoslanib, shu bilan birga, zamonaviy, umumbashariy, umuminsoniy yutuqlardan oziqlangan, ularni o'ziga qamrab olgan holda, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq manfaati, uning farovonligi yo'lida xizmat qilmog'i darkor. Takidlash joizki, hozirgi kunda erishgan mustaqillik va erkinligimizga tahdid solayotgan ma'naviy-mafkuraviy tahdidlarga qarshi turish uchun millatni millat, xalqni xalq qiladigan tarix sinovlaridan bir necha bora o'tgan madaniyatimiz va dinimizga asoslanishimiz lozim. Globallashuv insoniyat taraqqiyoti va jamiyat hayotining jahon miqyosida integratsiyalashishi natijasida sodir bo'layotgan jarayonlarning olamshumul ahamiyat kasb etishidir. Globalizatsiyaning hozirgi davrda uch manbai mavjud: kommunikatsiya vositalaridagi tub o'zgarishlar; investitsiyalardagi yangi jarayon; dunyoga yangicha qarashning vujudga kelishini ta'minlashi, globalizatsiyaga to'g'ri yondashuv taraqqiyotni tezlashtiradi, tinch-totuvlikni ta'minlaydi, davr zarbalaridan omon qolib yashash darajasini yuksaltiradi, ijtimoiy barqarorlikni, siyosiy mavqega egalikni ta'minlaydi, hamda qo'shni davlatlar nisbatan muloqot vositasi hisoblanadi. Shu manoda, yurtboshimiz Islom Karimov Globallashuv jarayonining yana bir o'ziga xos jihati shundan iboratki, hozirgi sharoitda u mafkuraviy ta'sir o'tkazishning nihoyatda o'tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy kuchlar va markazlarning manfaatlariga xizmat qilayotganini sog'lom fikrlaydigan har qanday odam, albatta, kuzatishi muqarrar deb yozadi. Globalizatsiyaning takomillashib borishi, birinchi navbatda, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tezlashtiradi. ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 08:13:38
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
38.48 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Mar 2024 [ 08:13 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
38.48 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:09 ]
Arxiv ichida: docx