O'zbekistonda g'oyaviy-mafkuraviy xavfsizlikni ta'minlashning istiqbolli yo'nalishlari XXI asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari o'rtasida o'zaro ta'sir shu qadar kuchayib ketdiki, hozirgi vaqtda bu jarayondan to'la ihotalanib olgan birorta ham davlat yo'q. Globallashuvning turli mamlakatlarga o'tkazayotgan ta'siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqgisodiy, axborot, ma'naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog'liq. XX asr so'ngida ro'y bergan ulkan ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar, ikki qutbli dunyoning barham topishi natijasida nisbiy muvozanatning buzilishi jahonning mafkuraviy manzarasini tubdan o'zgartirib yubordi. XX asrda dunyoda g'oyaviy qarama-qarshiliklar keskin va murakkab tus olgan davr bo'ldi. XX asr so'ngida ikki qutbli dunyoning barham topishi, nisbiy muvozanatning buzilishi natijasida jahondagi mafkuraviy manzaralar tubdan o'zgardi. Yurtboshimiz Islom Karimov takidlaganidek, XX asr oxirida dunyoda jo'g'rofiy-siyosiy ahamiyati va ko'lami jihatidan noyob o'zgarishlar ro'y bermoqda. Bu o'zgarishlar betakror. Ular nafaqat mamlakatlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarda vujudga kelgan qarashlar va ularning mexanizmlarini chuqur o'ylab ko'rishni, balki ko'p jihatdan qayta baholashni ham talab qiladi. Sovuq urush davrida xalqaro munosabatlarga asos bo'lgan ko'p qoidalar, tamoyillar va g'oyalarni tubdan qayta ko'rib chiqish talab qilinmoqda. Butun dunyo yaxlit va bir-biriga bog'liq tizim bo'lib bormoqda, unda o'zi-o'zidan qanoatlanishga va maxdudlikka o'rin yo'q. Bu hol hozirgi xalqaro munosabatlarni shakllantirganda, xalqaro tuzilmalar bilan o'zaro aloqalarda va ularning faoliyatida ishtirok etganda mutlaqo yangicha yondashuvlarni ishlab chiqishni zarur qilib qo'ymoqda XX asr oxiri va XXI asr boshlariga kelib kommunistik va sotsialistik partiya ta'siridaga sotsializm lageri parchalandi. Dunyo mamlakatlari rivojlangan va rivojla-nayotgan mamlakatlarga bo'lindi. Ana shu rivojlangan bazi mamlakatlar o'z milliy mustaqilligini qo'lga kiritgan, rivojlanayotgan mamlakatlarni, jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan bo'lib olishga urinmoqtsa. Bular quyidagi holatlarda ko'rinadi: Dunyoni bo'lib olishga urinayotgan siyosiy markazlar: 1. Buyuk davlatchilik mafkurasi. 2. Diniy ekstremistik mafkuralar. 3. Pansovetizm mafkurasi. 4. Individualizm va egoizm g'oyalarini ifodalagan mafkuralar. 5. Turli diniy sektalarning g'oyalarni ifodalovchi mafkuralar. Bu jarayonda turli mamlakatlarni mafkuraviy zabt etish g'oyat katga iqgisodiy manfaatlar bilan qo'shilib ketmoqda. G'oyaviy-mafkuraviy tazyiq va tajovuzlarning oldini olish uchun esa har bir millat, davlat o'zining g'oyaviy-mafkuraviy daxlsizligini ta'minlaydigan chora-tadbirlarni ko'rishi zarur bo'lmoqda. Hozirgi davrda turli xil eski va yangi mafkura, g'oyalarning o'zaro kurashi har qachongidan ham shiddatli tus olmoqda. Bunga sabab sotsialistik totalitar tuzum emirilganidan keyin dunyoning ikki qarama-qarshi qutblarga bo'linishi barham topgan bo'lsa-da, turli xil maqsad-manfaatlarni ifoda etuvchi mafkuralar, g'oyalar kurashi, tortishuvi hali to'xtagani yo'q. Bu kurashlardan maqsad inson, shu jumladan, yoshlar qalbini egallash, muayyan mamlakat yoki mintaqadagi biror millat yoki xalqning ongi va tafakkuriga ta'sir o'tkazish, uni o'ziga bo'ysundirish, ma'naviy jihatdan zaif va tobe qilishdan iboratdir. Fikr qaramligi, tafakkur qulligi esa har qanday iqtisodiy va ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 08:13:38
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
43.69 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Mar 2024 [ 08:13 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
43.69 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:09 ]
Arxiv ichida: docx