O'zbekistonda jamiyat siyosiy sohasini erkinlashtirish, siyosiy partiyalar faoliyatini erkinlashtirish

O'zbekistonda jamiyat siyosiy sohasini erkinlashtirish, siyosiy partiyalar faoliyatini erkinlashtirish

O'quvchilarga / Falsafa
O'zbekistonda jamiyat siyosiy sohasini erkinlashtirish, siyosiy partiyalar faoliyatini erkinlashtirish - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda jamiyat siyosiy sohasini erkinlashtirish jarayonlari. Siyosiy partiyalar faoliyatini erkinlashtirish sohasidagi islohotlar O'zbekistonda siyosiy partiyalarning fuqarolik jamiyati instituti sifatidagi faoliyatini erkinlashtirish, ko'ppartiyaviylik tizimini takomillashtirish islohotlarini chuqurlashtirishga doir muammolarni bartaraf etishda Prezident I.A. Karimov tomonidan ilgari surilgan kuchli fuqarolik jamiyati qurish g'oyasi muhim ahamiyat kasb etdi. Unda etirof etilishicha, jamiyatda islohotlar jarayoadda Respublikada yangi demokratik siyosiy tuzumning asoslari yaratildi, deb xulosa chiqarish mumkin. Bu tuzum siyosiy tashkilotlarning, mafkura va fikrlarning turli-tumanligi asosiga qurilgan bo'lib, davlat va jamiyatni boshqarishda fuqarolarning keng ishtirokini ta'minlaydi. Shuningdek, ma'ruzada jamiyatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va ko'ppartiyaviylik tizimini takomillashtirish sohasidagi muammolar va uning yechimlariga doir mulohazalar bildirildi: Shuni etirof etish kerakki, aholining aksariyat qismi kundalik yumushlar, odatdagi turmush tashvishlari, iqtisodiy muammolar bilan yashaydi. Odamlarning yangi demokratik qadriyatlarni idrok etishi ko'ngildagidek emas Siyosiy partiyalarning shakllanish va qaror topish jarayoni g'oyat sust kechmoqda, ularning siyosiy va iqtisodiy dasturlari ham zaifdir. Mamlakatni siyosiy va iqtisodiy rivojlantirishning muqobil (amaliy) turlarini ishlab chiqish va himoya qilishda ular etarlicha faollik ko'rsatmayaptilar. Bu partiyalarning aybi emas, aniqrog'i kulfatidir. Bunday ahvol partiya yetakchilarining faolligi va shijoati talab darajasida emasligidan darak berib, biz bugun chinakam demokratik jamiyatni qaror toptirishning boshlang'ich bosqichiga endigina qadam qo'yganimizning dalolati hamdir. O'zbekistonda ko'ppartiyaviylik tizimini qaror topishida 1996 yil 25 dekabrida Oliy Majlis qabul qilgan Siyosiy partiyalar to'g'risidagi Qonun muhim o'rin tutdi. Qonun 17 ta moddadan iborat bo'lib, unda siyosiy partiyalarning demokratik qoidalar asosida faoliyat yuritishlari uchun rivojlangan mamlakatlar mezonlari talablariga xos bo'lgan huquqiy asoslar yaratildi. Qonunning 5-moddasiga binoan, davlat siyosiy partiyalar huquqlari va qonuniy manfaatlari muhofaza etilishni kafolatlaydi, ustavda belgilangan o'z maqsadlari va vazifalarini bajarishlari uchun ularga teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi. Shuningdek, siyosiy hayotda birinchi marta qonunning 12-moddasida siyosiy partiyalarning huquqlari aniq va ravshan ko'rsatib berildi: Siyosiy partiyalar quyidagi huquqlarga ega: - o'z faoliyati to'g'risidagi axborotni erkin tarqatish, o'z g'oyalari, maqsadlari va qarorlarini targ'ib qilish; - saylab qo'yiladigan davlat organlaridagi o'z vakillari orqali tegishli qarorlarni tayyorlashda ishtirok etish; - qonunda belgilab qo'yilgan tartibda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etish; - partiya faoliyati bilan bog'liq yig'ilishlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni o'tkazish; - qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vositalari tasis etish va boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalanish; - O'zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari bilan ittifoq (blok) tuzish, ular bilan va boshqa jamoat birlashmalari bilan shartnoma munosabatlari o'rnatish. Fuqarolik jamiyatining muhim belgilaridan biri, bu - siyosiy institutlarda va siyosiy jarayonlarda turli xil fikrlarning erkin ifoda qilinishiga huquqiy asoslar yaratib berish, shuningdek, huquqiy davlat fuqarolari - plyuralistik fikrlashga qobil bo'lgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 35.03 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 35.03 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga