O'zbekistonda maktab va madrasalar faoliyatining cheklanishi

O'zbekistonda maktab va madrasalar faoliyatining cheklanishi

O'quvchilarga / Falsafa
O'zbekistonda maktab va madrasalar faoliyatining cheklanishi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda maktab va madrasalar faoliyatining cheklanishi. Covet hukumatining islom dini o'choqlari-maktab va madrasalarga munosabati Fevral inqilobi musulmon ruhoniylari hayotiga ham ijobiy ta'sir qildi. Ularning ilgari mavjud bo'lgan yuqori mavqelari qayta tiklana boshlandi. Shu bilan birgalikda, Turkistondagi islom dinining o'choqlari bo'lmish maktab va madrasalar ham o'z mavqeini tiklab ola boshladilar. Imperiya davrida ko'plab siquvlarga hamda cheklashlarga qaramay, ular aholi orasida o'z obro'sini saqlab qolgan edi. Maktab va madrasalar o'quv dasturlariga dunyoviy fanlarning kiritilishiga mahalliy jadidlar yuqori tashabbus ko'rsatdilar. Ayniqsa, yirik jadidchi va mohir pedagog Munavvar Qori Abdurashidxonovning bu ishda xizmatlari katta bo'ldi. XX asr boshlarida Turkistonda keng shakllangan jadidchilik harakati mahalliy aholini ma'rifatli qilishga katta hissa qo'shdi. Jadidlar musulmon ruhoniylari, diniy maktablar muallimlari va talabalarini, o'z saflarida birlashtirdilar. Munavvar Qori Abdurashidxonov, Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Ubaydulla Xo'jaev, Polvonniyoz Hoji Yusupov, Tavallo, Cho'lpon jadidlarning eng yorqin namoyandalaridan edi. Jadid ma'rifatparvarlari 1917 yil fevralidan so'ng boshlangan bevosita demokratik jarayonlarda mahalliy xalqlar siyosiy manfaatlarini himoya qila boshladilar. Ular o'lkadagi milliy birlik va jipslikni mustahkamlashga va har qanday davlatning birinchi galdagi vazifasi bo'lgan milliy madaniyatni hamda maorif ishini rivojlantirishga, taraqqiy ettirishga astoydil bel bog'ladilar. Jadidlar tashabbusi bilan Sho'roi Islomiya, Sho'roi Ulamo, Ittihodi taraqqiy, Turon, Milliy ittixod, Milliy istiqlol kabi tashkilotlar tuzildi. Jadid namoyandalari mahalliy aholining siyosiy ongini o'stirish maqsadida Turkistonning ko'plab shaharlarida gazeta va jurnallar nashr qila boshladilar. Jumladan, Toshkentda Xurshid, Sadoi Turkiston, Turk eli, Najot, Kengash, Sho'roi islom kabi matbuot nashrlari chiqarildi. 1917 yil fevralidagi demokratik jarayonlar Turkistonni ham qamrab oldi. Turkiston o'lkasida demokratik o'zgarishlarni amalga oshirishda 1917 yil 14 iyulda Skobelev (Yangi Marg'ilon) da bo'lib o'tgan qurultoy muhim o'rin tutadi. Unda muxtoriyat loyihasi muhokama qilindi. Muxtoriyat loyihasini ishlab chiqishda jadidlardan Munavvar Qori Abdurashidxonov, Mahmudxo'ja Behbudiylar ishtirok etgan. Ushbu hujjatda diniy masalalar qatori maktab va madrasalar masalasiga ham alohida etibor qaratildi. O'lkada din ishlarini nazorat qilish maqsadida poytaxtda maxsus Mahkamai Shariya (Qonunlar palatasi), viloyatlarda uning bo'limlari, har bir shahar va qishloqda esa qozixonalar tasis etishni taklif qildilar. Bundan tashqari, dunyoviy ta'lim bilan bir qatorda diniy ta'lim muassasalarining faoliyatiga keng yo'l ochildi. 1917 yil Turkistonda milliy ta'lim tizimini tashkil etish masalasi hal qilinishi shart bo'lgan muammolardan biri bo'lib turdi. 9-14 mayda Toshkentda o'qituvchilarning I o'lka qurultoyi bo'ldi. U ta'lim tizimining ahvoli bilan bog'liq bo'lgan ko'pgina masalalarni muhokama qildi hamda Turkiston o'qituvchilar ittifoqini tashkil etdi. Shuningdek, qurultoyda eski maktab, madrasalar faoliyatiga ham alohida o'rin ajratildi. Qurultoyda chiqarilgan qarorga asosan o'lkadagi barcha madrasalar uch bosqichga: quyi (adno), o'rta (avsat), yuqori (alo) bosqichga bo'linishi lozimligi belgilandi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 32.01 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 32.01 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga