O'zbekistonda mustaqillik yillarida davlat va din o'rtasidagi munosabatlarning mustahkamlanishi

O'zbekistonda mustaqillik yillarida davlat va din o'rtasidagi munosabatlarning mustahkamlanishi

O'quvchilarga / Falsafa
O'zbekistonda mustaqillik yillarida davlat va din o'rtasidagi munosabatlarning mustahkamlanishi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda mustaqillik yillarida davlat va din o'rtasidagi munosabatlarning mustahkamlanishi. Dunyoviy jamiyat va din. Diniy e'tiqod insoniyat tarixining barcha bosqichlarida ma'naviy-madaniy hayotning muhim omili bo'lib kelgan. Modamiki, shunday ekan, din barcha mamlakatlar va jamiyatlarning ma'naviy-madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga bevosita o'z ta'sirini ko'rsatib kelgan. Alohida takidlash joizki, «Dunyoviy jamiyat» tushunchasi orqali ifoda etiladigan mamlakatlar ham ushbu umumiy qonuniyat ichidadirlar. Qolaversa, dahriylikni targ'ib etishga asoslangan kommunistik jamiyatlar taraqqiyoti ham mazkur qonuniyatdan tashqarida bo'lish mumkin emasligini yana bir karra ishonchli tarzda isbotlab berdi. Hayotiy tajriba shuni ko'rsatmoqdaki, XX asrning so'ngi davrlarida xudosizlik g'oyalari targ'ib etilgan mamlakatlar taraqqiyotida mafkuraviy bo'shliq vujudga keldi. Oqibatda bu bo'shliqdan, muayyan diniy dunyoqarashga tayangan g'oyaviy oqimlar egallashi uchun imkoniyat tug'ildi. O'zbekiston Respublikasi o'z mustaqil taraqqiyot yo'lida ushbu fikrni naqadar to'g'ri ekanligini hayot sinovida ko'rdi. Binobarin har bir madaniyat tagzaminida muayyan diniy dunyoqarash yotishi shubhasiz. Mazkur mantiqdan kelib chiqqan holda, hulosa qilish mumkinki, Markaziy Osiyoning tub xalqlari, xususan o'zbeklar madaniyati rivoji negizida, islom dini yotgani inkor etib bo'lmas haqiqatdir. Bundan chiqadiki, har qanday milliy o'zlikni anglash jarayoni, shubhasiz, tegishli madaniyat tagzaminida yotgan diniy qadriyatlarga qiziqishni oshiradi. Boshqacha qilib aytganda, diniy e'tiqodning hayotdagi tabiiy maqomining tiklanishiga olib keladi. Shuni takidlab o'tish zarurki har qanday madaniyat rivojlanishida diniy konsepsiyalarning ta'siri bo'lgan va bo'ladi. Ana shu yerda milliy uzlikni anglash va diniy omilning real hayotdagi maqomi o'rtasidagi muvozanatni buzilish xavfi tug'iladi. Ushbu xavf milliy o'zlikni anglash va diniy uyg'onish jarayonlarining yonma-yon rivojlanib borishi shuning uchun ham ularning bir-biri bilan qo'shilib, chalkashib ketishi osonligi, ayrim ijtimoiy guruhlar tomonidan bazan aldash, bazan esa ongli tarzda, ularning bir jarayonining ikki qutbi deb idrok etilishi tufayli kuchayishi mumkin. Aynan shu omil O'zbekistonda ham, o'tish davrida, yani hali Istiqlol mafkurasi to'la shakllanmagan, murakkab izlanishlar jarayoni davom etayotgan paytda turli-tuman diniy, jumladan siyosiylashgan islomiy oqimlarning mazkur bo'shliqqa «suqilib» kirishini engilashtirdi, deyishga etarli asoslar bor. Sof diniy e'tiqodning ijtimoiy hayotdagi tabiiy maqomini tiklashga qaratilgan intilish, har xil ichki va tashqi omillar ta'siri ostida siyosiylashgan g'arazli guruhlar va shaxslar tomonidan suistemol qilinishiga sharoit tug'ildi. Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar, ayniqsa, Tojikiston tajribasi ushbu fikrni to'la tasdiqlaydi. Qolaversa aholisining mutlaq ko'pchiligini musulmonlar tashkil etuvchi ayrim boshqa mamlakatlar taraqqiyoti, ayniqsa. Jazoir Respublikasi tajribasi mazkur omilning, yani dinning siyosiylashuv, siyosiy maqsadlarga erishuv yo'lida uning nodemokratik zo'ravonlik uslublaridan foydalanishga kirishib ketishi mumkinligini ko'rstib turibdi. Respublikamiz taraqqiyotining hozirgi bosqichi xususiyatlarini nazarda tutgan holda tabir joiz bo'lsa, boshqalar xatosidan to'g'ri saboqlar chiqarish, ayrim mamlakatlarda yuz bergan va davom etayotgan jarayonlarni keltirib chiqarish mumkin bo'lgan xatarli omillar rivojlanishining oldini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.1 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.1 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga