O'zbekistonning siyosiy-mafkuraviy munosabatlar tizimi

O'zbekistonning siyosiy-mafkuraviy munosabatlar tizimi

O'quvchilarga / Falsafa
O'zbekistonning siyosiy-mafkuraviy munosabatlar tizimi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonning siyosiy-mafkuraviy munosabatlar tizimi G'oyalar mafkurasi biror millatning tub milliy manfaatlarini ifodalovchi falsafiy-huquqiy kategoriya, aniqrog'i malum jamiyatning bosh istiqbolli taraqqiyot yo'lini ifodalaydi. Demak, g'oyalar umumiy va mafkura konkretlashgani sayin har qanday jamiyat hayotida va uning rivojlanish bosqichlarida Yurtboshimiz aytganidek, «Mafkura bo'lmasa odam, jamiyat, davlat o'z yo'lini yo'qotishi muqarrar»dir. Va ayni paytda Islom Karimov daho fikrlarini yanada qatiy takidlaydi: «jamiyatning, jamiyat ahlining mustahkam va ravshan mafkurasi bo'lmasa, o'z oldiga qo'ygan aniq bir maqsad-muddaosi bo'lmasa, u muqarrar ravishda inqirozga yuz tutadi». Demak, maqsad-muddao hozirgi jamiyatni erkinlashtirish, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurishda asosiy omil bo'lib qolishi tabiiy. Davlatimizning, xalqimizning, el-yurtimizning maqsadi o'zining ulug'vorligi, hayotiyligi va haqqoniyligi bilan hammamizni jalb etadigan, yani xalqni - xalq, millatni - millat qila oladigan kuchga aylanishi kerak. G'oya va mafkura - milliy siyosat darajasiga ko'tarilishi, yani tafakkur rivojiga keng yo'l ochib berishi, shu asnoda odamlarning ma'naviy va bashariy o'sishi, ayniqsa, yoshlar kamolotini ta'minlashi - maqsad-muddao negizini tashkil qiladi. Buning uchun shakllangan g'oya va mafkura siyosatning insonga hamqadam bo'lishi, uni tushunishi talab etiladi. Bunday siyosat nafaqat rasmiy mahkamalar orqali yurgizilishi, balki jamoatchilik uyushmalari, tashkilotlar tarafidan tashviq etilishi lozim. Shunday sharoitda yorqin, milliy g'oya va mafkurani egallagan yoshlar vujudga keladi. Milliy g'oya va mafkura qudrati va tayanchida barcha faoliyatimiz go'zal bo'lmog'i, obod bo'lmog'i darkor. Milliy mafkuraning manosi va qimmati hamda ulardan hosil bo'ladigan ijtimoiy-siyosiy ahamiyati mana shunda, qayd qiladi Yurtboshimiz. Mafkura taraqqiyot poydevori - ta'lim-tarbiya orqali qadr-qimmatni anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo'lgan yoshlar etishadi. Mafkura o'zlikni anglash, milliy hayotbahsh qadriyatlarni e'zozlash va har qanday sharoitda aziz tutish, yana shuni ham o'zimiz qatiyat bilan uqib olmog'imiz kerakki, u harakatdagina qimmat topadi, faoliyatdagina yuzaga chiqadi. Amaliy ishlardagina o'zining nima ekanligini isbotlaydi. Demak, mafkuraning umumiy mujassami g'oya tushunchasi bo'lib, har qanday davlat rivoji muayyan aniq milliy g'oya-maqsadlar aqoidiga asoslanadi. U O'zbekiston - kelajagi buyuk davlat aqoididir. Milliy g'oya nima? Uning siyosiy, falsafiy-huquqiy va ma'naviy mohiyati qanaqa? Milliy g'oya - istiqlol mafkurasining tub mundarijasi, milliy yurtning buyuk maqsadlari sari chorlovchi, safarbar etuvchi mayoq. Mafkura ana shu mayoqlar aqoididir. Milliy g'oya - ixtiro etilmaydi. Har davrning, har bir xalqning o'z kamolot g'oyalariga ega bo'lishi - qonuniyat. Shu nuqtai nazardan milliy g'oya - millat uyg'un kamolotining, komillik va ma'naviy-ma'rifiy istiqbol sari intilishining ma'naviy-ruhiy, axloqiy asosi, bosh maqsad taktik yo'li hamda strategiyasidir. Jamiyat milliy g'oya va mafkura asosida quriladi: milliy g'oya biz qurmoqchi bo'lgan ulkan imkoniyatga ega buyuk davlat, siyosiy tuzum, iqtisodiy tuzumu ijtimoiy institutlar mohiyatlarining orzu qilib, yashamoqchi bo'lgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 29.71 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 29.71 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga