Saylovlar tizimini demokratlashtirish - fuqarolik jamiyatini shakllantirish omili

Saylovlar tizimini demokratlashtirish - fuqarolik jamiyatini shakllantirish omili

O'quvchilarga / Falsafa
Saylovlar tizimini demokratlashtirish - fuqarolik jamiyatini shakllantirish omili - rasmi

Material tavsifi

Saylovlar tizimini demokratlashtirish - fuqarolik jamiyatini shakllantirish omili Jamiyat a'zolari tomonidan davlat hokimiyatini shakllantirish maqsadida o'tkaziladigan saylovlar faqat demokratiyaning belgisi bo'lishidan tashqari, uning zaruriy yashash sharti hamdir. BMT Bosh Assambleyasining 1948 yil 10 dekabrida qabul qilingan Inson huquqlarining umumjahon Deklaratsiyasining 21-moddasida demokratik tamoyillar asosidagi saylovlarning inson huquqi sifatidagi o'rni quyidagicha ta'riflanadi: Har bir inson bevosita yoki erkin saylangan vakillari orqali o'z mamlakati boshqaruv ishida qatnashish huquqiga egadir. Xalq irodasi hukumat hokimiyatining asosi bo'lishi kerak; bu iroda yashirin ovoz berish yoki ovoz berish erkinligini taminlovchi boshqa shunga teng ahamiyatga ega bo'lgan umumiy va teng saylov huquqi asosida ifodalanishi lozim. Saylovlar tizimi - huquqiy me'yorlarda mustahkamlab qo'yilgan, davlat va jamiyat institutlari faoliyatlari tajribasida shakllangan vakillik organlari yoki ayrim rahbarlik vakilini saylashni o'tkazish va tashkil etishga doir tartibotdir. Fuqarolarning saylov huquqi ularning saylovlardagi ishtirokini, saylovchilar va saylanuvchi organlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi hamda keyinchalik saylovchilar ishonchini oqlamagan vakillarni chaqirib oluvchi tartibotlarning huquqiy me'yorlari majmuasidir. Fuqarolarning saylov huquqi tushunchasi fuqarolarning saylovlarda ishtirok etish huquqi sifatida tor manoda - saylovchi sifatida (faol saylov huquqi) yoki saylanuvchi sifatida (passiv saylov huquqi) ham qo'llaniladi. Demokratik saylovlar davlat va jamiyatni hamda ularning takomillashgan modellarini shakllantarish maqsadidagi tarixiy rivojlanishning ziddiyatli izlanishlari natijasi o'laroq paydo bo'lgan institutdir. XX asrga kelib davlat hokimiyati organlarini shakllantirish bilan bog'liq bo'lgan demokratik saylovlar jahondagi aksariyat mamlakatlar siyosiy hayotidagi tabiiy bir jarayonga aylandi. Shu bilan birga har qanday saylovlarni demokratik qadriyatlar qatoriga kiritish ham qiyin masaladir. Umumetirof etilgan xalqaro demokratik tamoyillardan biri quyidagicha ifodalanadi: Demokratik idora etish erkin va adolatli saylovlar davomida muttasil ifodalanib boradigan xalq irodasiga asoslanadi. Turli mamlakatlarda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining rivojlanish darajasini saylov huquqi tamoyillariga muvofiq ravishda, yani, ularda o'tkazilgan saylov tizimini ifoda etuvchi saylovlarni tasniflash asosida belgilash mumkin. Saylovlarga doir quyidagi bir-biriga qarama-qarshi bo'lingan juftlik asosida qabul qilingan tushunchalar u yoki bu mamlakatning demokratik rivojlanish darajasini aniqlashga yordam beradi. Unga muvofiq saylovlar quyidagicha o'tkazilishi mumkin: umumiy - chegaralangan (tsenzli); teng - noteng; to'g'ri - bilvosita; yashirin - ochiq ovoz berish. Bu saylovlar tasniflangan har bir juftlikning chap tomonidagi tushunchalarga amal qilgan mamlakatlarda demokratik qadriyatlar asosqdaga saylovlar o'tkaziladi. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish demokratik saylovlar vositasida ro'y beradi. Avtoritarizmdan demokratiyaga o'tish muddati esa bir necha o'n yilliklar, avlodlar almashinuvi va qator demokratik saylovlar o'tkazilishi bilan o'lchanadi. Shuning uchun ham har bir mamlakatda o'tkazilgan haqiqiy demokratik saylovlar huquqiy davlat qurishning mashaqqatli yo'lidagi kichik lekin shu bilan birga, eng zaruriy bo'lgan muhim qadamdir. Rivojlangan mamlakatlarda saylovlar o'zaro siyosiy muxolifatdoshlikka asoslanadi. Demokratik saylovlarni o'tkazishda hokimiyatga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 38.56 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 38.56 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga