Sharq mutafakkirlari asarlarida ijtimoiy-siyosiy, diniy ta'limotlarning ma'naviy, tarbiyaviy ahamiyati

Sharq mutafakkirlari asarlarida ijtimoiy-siyosiy, diniy ta'limotlarning ma'naviy, tarbiyaviy ahamiyati

O'quvchilarga / Falsafa
Sharq mutafakkirlari asarlarida ijtimoiy-siyosiy, diniy ta'limotlarning ma'naviy, tarbiyaviy ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Sharq mutafakkirlari asarlarida ijtimoiy-siyosiy, diniy ta'limotlarning ma'naviy, tarbiyaviy ahamiyati. Bugungi kunda, jahonning bazi bir rivojlangan mamlakatlari tomonidan neofashizm, ayrimachilik, diniy ekstremizm, demokratik ekspansiya singari terroristik g'oyalar ilgari surilmoqda. Ular o'zlarining buzg'inchi g'oyalari bilan insonlar ongi va tafakkurini chalg'itishga, ularni ezgu maqsadlaridan qaytarishga, o'z yurti, Vatani taraqqiyotiga raxna solishi uchun turli xil xiyla va nayranglarni o'ylab topmoqdalar. Bunday buzg'unchi xatti-harakatlarning insonlar ongini zaharlashini oldini olishda, avvalo O'rta asr Sharq mutafakkirlari asarlarining ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy, diniy, tarbiyaviy ahamiyatiga etiborni qaratish lozim. Zero, ota-bobolarimiz asrlar davomida o'qib amal qilib kelayotgan muqaddas dinimizdan o'zlarining razil niyatlarida foydalanishlariga yo'l qo'ymaslik kerak. Bu borada Prezident Islom Karimov o'zining Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch asarida quyidagicha ta'rif bergan: ma'naviyatning yuksalishi bilan chambarchas bog'liq bo'lgan yana bir mezon-muqaddas dinimizdir. Barchamizga yaxshi malumki, din azaldan inson ma'naviyatining tarkibiy qismi sifatida odamzotning yuksak ideallari, haq va haqiqat, insof va adolat to'g'risidagi orzu-armonlarini o'zida mujassam etgan, ularni barqaror qoidalar shaklida mustahkamlab kelinayotgan g'oya va qarashlarning yaxlit bir tizimidir. Ayniqsa, ko'p asrlar mobaynida xalqimiz qalbidan chuqur joy olib, hayot manosini anglash, milliy madaniyatimiz va turmush tarzimizni, qadriyatlarimiz, urf-odat va an'analarimizni bezavol saqlashda muqaddas dinimiz qudratli omil bo'lib kelayotganligini alohida takidlash joiz. Nega deganda, insoniylik, mehr-oqibat, halollik, oxiratni o'ylab yashash, yaxshilik, mehr shavqat singari xalqimizga mansub bo'lgan fazilatlar aynan ana shu zaminda ildiz otadi va rivojlanadi. Darhaqiqat, o'zining ko'p ming yillik davlatchilik tarixi madaniyati, urf-odat va an'anasiga ega bo'lgan ushbu diyorda ham diniy, ham dunyoviy ta'lim chuqur o'rganilgan. Binobarin, IX-XII asrlarda ham mintaqa ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy hayotida dinning o'ziga xos o'rni bo'lgan. Jumladan, buyuk mutafakkir va allomalarimizning islom madaniyatini ravnaq topishiga qo'shgan betakror hissasi to'g'risida so'z yuritilganda, eng avvalo, muhaddislar sultoni degan shuxratga ega bo'lgan Imom Buxoriy bobomizning muborak nomlarini hurmat-ehtirom bilan tilga olamiz. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al-Mug'ira al-Buxoriy al-Jubfiy xijriy 194-yil shavvol oyining 13-kuni, hozirgi hisobda 810-yil 20-iyo'lida Buxoroda tavallud topgan. O'n yoshga etmasdan ilmi hadislarni o'rganishga kirishgan Buxoriy 11 yoshida bazi ustozlarining xatolarini topa boshlagan. O'n olti yoshga etganda 825-826-yillarda onalari hamda akasi bilan haj safariga ravona bo'ladilar. Makka va Madinani ziyorat qilib, olti yil Hijozda hadis ilmini ilmini astoydil o'rganadi. Shundan so'ng imom Buxoriy Muhammad alayhissalomning hadisi shariflarini yanada chuqurroq o'rganish va ularni to'plab tartibga solmoq niyatida o'sha davrda islom fani olamining yirik markazlari bo'lmish Damashq, Qohira, Basra, Kufa, Bag'dod kabi shaharlarni kezib chiqadi. Bu erlarda u hadis ilmi bilan bir qatorda fiqhdan ham ta'lim va saboqlar oladi, yirik olimlar o'rtasidagi bahs-munozaralarda qatnashadi va ilmi toliblarga dars ham ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 30.42 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 30.42 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga