Sovetlarning dindorlar va islom ulamolariga qarshi kurashi

Sovetlarning dindorlar va islom ulamolariga qarshi kurashi

O'quvchilarga / Falsafa
Sovetlarning dindorlar va islom ulamolariga qarshi kurashi - rasmi

Material tavsifi

Sovet hokimiyatining O'zbekistondagi musulmon ruhoniylari, diniy muassasalarga nisbatan zo'ravonlik siyosati va uning oqibatlari. Sovetlarning dindorlar va islom ulamolariga qarshi shafqatsiz kurashi Islom dini o'zbek xalqi o'rtasida asrlar davomida asosiy diniy e'tiqod sifatida mavjud bo'lgan. O'zbek xalqining urf-odatlari, an'analari islom dinining odat va marosimlari bilan uzviy ravishda bog'lanib ketgan. Shariat va odat xalqimizning turmush tarzi va hayotini belgilagan. Turkiy xalqlarning, xususan, o'zbek xalqining turmush tarzi, urf-odati va an'analari 1300-1400 yil davomida islom dini, uning muqaddas kitobi - Quroni Karim va payg'ambar Muhammad (s.a.v.)ning hadislari asosida shakllandi. Musulmonlarning turmushi shariat va odat bilan chambarchas bog'liq edi. Islom dini taraqqiyotida turkistonlik Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burxoniddin Marg'inoniy, Hakim Termiziy, Abu Hafis Kabir Buxoriyning asarlari, shuningdek, tasavvufning yirik namoyondalari, Hakim Termiziy, Ahmad Yassaviy, Abdulholiq G'ijduvoniy, Bahouddin NAQSHband, Najmiddin Kubro, Xoja Ahrorning ta'limotlari muhim ahamiyat kasb etgan. Islom omili Turkistonda bo'lib o'tgan milliy ozodlik harakatlarida muhim rol o'ynagan. Shu sababli sovet hukumati ayni vaqtda dindorlar va islom ulamolariga nisbatan keskin kurash olib bordi. Biroq 1922 yilda Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo'mitasi tomonidan dekretlarning qabul qilinishi orqali vaqf mulklarining tiklanishi, qozilik va biylik sudlariga faoliyatiga ruxsat berilishi, 1921 yilning boshlarida Mahkamai Shariya diniy boshqarmasini tashkil etilishi, markaziy va viloyat diniy boshqarmalari orqali berilgan ayrim imtiyozlar ham Respublikadagi tarixiy vaziyat og'irligi tufayli sovet hukumatining bu boradagi o'z strategik yo'lidan vaqtinchalik chekinganligini ko'rsatadi. Turkiston jamiyatida XX asr boshlarida ham islom dinining ta'siri juda kuchli bo'lgan. Oktyabr to'ntarishi (1917)dan keyin mintaqada sovet rejimi o'rnatilgach, dastlabki yillarda sovet hokimiyati islom dini arboblari: ruhoniylar, ulamolar, mudarrislar, mutavallilar, imomlar, eshonlar va boshqalar bilan murosa qilishga majbur bo'lgan. Biroq XX asr 30-yillaridan boshlab O'zbekistonda ulamolar faoliyatiga chek qo'yildi. Shunday bo'lishiga qaramasdan O'zbekistonda musulmon diniy muassasalari va tashkilotlari butun sovet hokimiyati yillarida imkon darajasida faoliyat ko'rsatdi. Sovetlarning Turkiston o'lkasida diniy muassasa va tashkilotlarga nisbatan yuritgan siyosati 1917-1924 yillarda beqarorlik va ishonchsizlik tamoyillari asosida amalga oshirildi. Bu esa o'lkada diniy omilning kuchli ta'siri tufayli oshkora ateistik siyosatni olib borishni cheklagan. Biroq bu jarayon uzoqqa cho'zilmay, 1924 yilning oxiridan boshlab diniy ulamolarga, islom muassasa va tashkilotlarga qarshi ochiq kurashga o'tila boshlandi. Sobiq Turkiston ASSR, Buxoro amirligi va Xiva xonligi hududlaridan tarkib topgan yangi subyekt - O'zbekiston SSR tashkil topganidan keyin dinga qarshi tashviqot va turmush xurofatlariga qarshi kurash, partiya va komsomol yacheykalarida dinga qarshi bevosita targ'ibotni yo'lga qo'yish uchun vaqt keldi deb hisoblash bosqichiga o'tildi. 20-yillarning birinchi yarmi boshida Markazda va O'zbekistonda dinga qarshi matbuot organlari va maxsus tashkilotlarining tuzilishi, xudosizlik uchun kurash harakati ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 29.91 KB
Ko'rishlar soni 124 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 29.91 KB
Ko'rishlar soni 124 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga